Jayxun ilhomlari
Tabrik
Toğlarning bağridan asta erib qor,
Qişdagi uyqudan uyğonib bahor.
Dillarda qoldirmay zarraça ğubor,
Mana, Navröz keldi boğlab belini,
Şodlikka töldirib Amu elini.
Bugun osmon tiniq, çaraqlar quyoş,
Boyçeçak kötarib, sekin yerdan boş,
Neça asrga teng, bilmam, neça yoş,
Ana, Navröz keldi, boğlab belini,
Yayratib-yaşnatib, Amu elini.
Çor taraf kök libos kiyibdi yana,
Kök somsa, sumalak – qadim anʼana.
Bahoriy taomdan çuçvara, mana,
Gözal Navröz keldi, boğlab belini,
Nurlarga töldirib Amu elini.
Bolalar şöx-şodon, varrak qölida,
Turfa gul oçilgan, öng-u sölida.
Har bahor kutamiz közlar yölida,
Yana Navröz keldi, boğlab belini,
Quvonçlarga belab, Amu elini.
Bahorda uyğonar, tabiat asli,
Şoirlar jöş urar, navbahor fasli.
Biz buyuk avlodlar – ajdodlar nasli,
Yurtga Navröz keldi, boğlab belini,
Yaxşilar eli deb, Amu elini.
Şomurod, gözaldir uluğ bu kunlar,
Kun bilan bir bölib, tenglaşgan tunlar.
Barçaga muborak, bölsin bugunlar,
Elga Navröz keldi, boğlab belini,
Çin dildan qutlayman Amu elini!
Şomurod Xöjanov, Dörman ovuli.
Navrözoy keldi
Kelmoqda Navrözoy, tabiat alqar,
Ming yillik anʼana, taʼrifi doston.
Musulmon xalqlarning köhna bayrami,
Bahorning erkasi, botini – böston.
Bahor nafasidan oşufta kunlar,
Tutdi bedor oşiq gulğunça kaftin.
Bugun sizga yozay, gözal va körkam,
Maʼşuqa Quyoşning muhabbat taftin.
Sarrin sabo yelib, yuzlarim silab,
Dimoqni qitiqlar, yalpizlar isi.
Kurtaklar oçmoqda, muattar tuyğu –
Yurakda barq urib çeçakning sasi.
Kuyunçak boyçeçak boşin kötarib,
Peşvoz çiqib, berar Navrözga salom.
Ming noz-u karaşma, tarovat, ifor –
Asli Turon xalqdan beqiyos kalom.
Fasllar erkasi – Bahoroy qizi,
Qir-boğga zeb berib, elçi yolladi.
Tabiat köksiga soğinçin bitib,
Olamga iqboldan yorliq yölladi.
Quyoşning taftidan tölğanar zamin,
Yaşariş quvonçi, farzandin kutib.
Jangari bulutlar navbatni kutmay,
Bağridan qut yoğar, saxiylik tutib.
Döstlarim, kelinglar, kutib olaylik,
Ostona oldiga Navrözoy keldi.
El - yurtning rizqiga qöşib baraka,
Gözallik ilhomin ulaşib yeldi.
Tilimda, dilimda Navröz ayyomi,
Tilakdan taxt bitib, eltdim guldasta.
Soğinçdan hapriqib, közlar quvonsin,
Muborak Navrözga qalbim payvasta.
Zulfiya Ollayorova.
Tong
Yorişmoqda bu olam,
Yana bir tun ötkazib.
Quyoş çiqar möralab,
Böy-bastini körsatib.
Bir tomonda qaldirğoç,
Bir tomonda çuğurçuq.
Hatto xöroz jör bölib,
Aytişadi zör qöşiq.
Erta tong turib kelin,
Köçalarni supurar.
Dehqonlar boğlab belin,
Dalada ketmon çopar.
Bu dunyo mehnat bilan,
Gözal va gaştli har dam.
Ter tökib qilsa mehnat,
Körgay rohat-faroğat.
Diyorbek NURJANOV,
84-maktab öquvçisi.
Yana gullar oçildi
Ölkamizga bahor keldi,
Turli quşlar uçib keldi.
Yana gullar oçildi,
Olamga nur soçildi.
Bahor şunday nafis fasl,
Bayramlari köp asl.
Onajonlar bayrami,
Hamda Navröz ayyomi.
Vatanim şoirlari,
Hamda mard botirlari.
Bayram qilar har kunni,
Uluğlab har insonni.
Jasmina Bekimbetova.
Bodom guliga
Darak berding bizga yangi hayotdan,
Boyçeçaklar yana, yana unadi.
Mana, kelayotgan erta bahordan,
Bodom yana "oppoq bölib gulladi".
Takror kelaverar har yil şu lahza,
Takrorlanmas hayot baxşida etib.
Bodomning gullagan oppoq gullari,
Muhabbatga oşno qalblarni çertib.
Zax bosgan köngillar yayraydi körib,
Har bitta gulida bordir bir hayot.
Bodomning qondoşi örik gulini,
Zulfiya kuylaydi mangu, barhayot.
Munisa TAJIBOYeVA,
20-maktab öquvçisi.
Köklam ifori
Yana bahor keldi iforin soçib,
Köngil muzliklarin eritib bir-bir.
Toğ-u toş bezandi çiroyin oçib,
Tonglarni uyğotar şabada ğir-ğir.
Oftoboy nurlarin ayamay, qarang,
Momo yer köksiga baxş etdi huzur.
Ming yillik udumlar berganda jarang,
Kengliklarni quçdi jahoniy surur.
Ğunçalar köz oçdi dilim quvnatib,
Şunçalar yoqimli köklam ifori.
Boğ-u çamanlarni çunon yayratib,
Sepin yoyib yurar Yurtim Bahori.
Qaldirğoçlar qaytdi ayvonimizga,
Turnalar qöşiği samoni tutdi.
Köz tegmasin tinç davronimizga,
Alloh şaraflagay jonajon Yurtni.
Zuhra AHMEDOVA.
Onajon
Onajonim – tanhoim,
Yagonasiz, mehribon.
Sözlarida sehr bor,
Quyoşimsiz mehribon.
Mening sevgan quyoşim,
Eng beğubor yulduzim.
Eng fusunkor kunduzim,
Fariştasiz, onajon.
Tinç-osuda tunimsiz,
Jozibali kunimsiz.
Osmondagi oyimsiz,
Mehribonim onajon.
Doim bizni öylaysiz,
Kelajakni kuylaysiz.
Aʼlo öqigin, deysiz,
Sizga rahmat, onajon!
Hulkaroy RAJABOVA, 6-maktab öquvçisi.
Qaldirğoç
Osmonlarda uçasiz,
Dalalarni kezasiz.
Qöllarimni çözganda,
Mendan uzoq qoçasiz.
Boğlarimni kezganda,
Ayvonimga kirib öt.
Osmonlarni quçganda,
Qanotingni yozib öt.
Ayvonimdan joy olib,
Tom ustida uçasiz.
Çuğurlaşib kun-u tun
Bolangizni boqasiz.
Elyorbek Erkinov,
57-maktab öquvçisi.
Dadamga
Men dunyoga kelgan kunimda,
Quvonçidan yiğlagan dadam.
Köz yoşlari qalqib közida,
Gullab-yaşnab ketgandi olam.
Men – çaqaloq yuziga boqib,
Şirin xayol surgan dadajon.
Közmunçoqlar, tumorlar taqib,
Quçoğidan qöymagan bir on.
Yöllarimga rayhonlar soçib,
Tösiqlardan olib ötdingiz.
Orzularga imkonlar oçib,
Menga hayot jomin tutdingiz.
Oğirimga tutasiz yelka,
Qiynalganda suyangulik toğ.
Baxtiyorman, şuning-çun, erka,
Mening uçun osuda har çoğ.
Mehringizga qonib ulğaydim,
Minnatdorman sizdan toabad.
Hayotimda kamlik körmadim,
Sizga bölgum munosib farzand.
Yuragimga malham sözingiz,
Borligingiz – uluğ davlatim.
Onam bilan qöşa qaringiz,
Sizlar mening tengsiz qudratim.
Osmonimda quyoşim – dadam,
Dilda sabr-u bardoşim – dadam.
Siz uçun men bitaman aşʼor,
Asqar toğim, davlatim – dadam!
Munira Karimova,
42-sonli maktab öquvçisi.
Varrak
Varrak uçirib ukam,
Köklarga köz tikadi.
Baland uçgan varragin,
Ortidan yuguradi.
Varrak uçar samoda,
Burgut misol balandlab.
Ukajonim dilida
Quvonçlari qatma-qat.
Varragingning, ukajon,
Ipi heç uzilmasin.
Birlaşib yer-u osmon,
Seni Alloh qöllasin.
Sevinç Töliboyeva, 2-maktab öquvçisi.
Ota-ona
Ota-ona biz uçun
Allohimning neʼmati,
Ota-ona soğligi
Har bir inson boyligi.
Ota-ona soğ bölsin,
Farzandlarin yonida.
Doim duolar qilsin,
Ona yurt iqboliga.
S.Yöldoşeva, 57-maktab öquvçisi.
Manzara
Bahor keldi, sölim sabolar ila,
Hutning ayoziga solib ğulğula.
Qaldirğoçlar keldi, jivir-jivirlab,
Çumçuqlarga yöllaşib noma.
Xuşböy hid taratdi oçilgan gullar,
Jöşqin kuyin boşlab bulbullar.
Bahor nafasidan ungan boyçeçak,
Mayin sabolarga çulğandi falak,
Öriklar gulladi oq libos kiyib,
Bahor sepin yoydi Vatanni suyib.
Quşlar uçib-qönib uya quradi,
Momolar sumalak zavqin suradi.
Mohinur ODILBOYeVA,
19-sonli maktab öquvçisi.
Bahor
Köklam kelib, oçilar gullar,
Zamin yaşil libosin kiyar.
Kulib, taʼzim qilar maysalar,
Senga salom bölsin, Gul Bahor!
Intiq kutdik yölingga qarab,
Dalalarda erib ketdi qor.
Kelar eding boğlar oralab,
Senga salom bölsin, Gul Bahor!
Keltirasan baraka va qut,
Yangilaysan olamni takror.
Köngillarni aylading xuşnud,
Senga salom bölsin, Gul Bahor!
Mahliyo Örinboyeva,
23-sonli maktab öquvçisi.
Bodom guliga
Darak berding bizga yangi hayotdan,
Boyçeçaklar yana, yana unadi.
Mana, kelayotgan erta bahordan,
Bodom yana "oppoq bölib gulladi".
Takror kelaverar har yil şu lahza,
Takrorlanmas hayot baxşida etib.
Bodomning gullagan oppoq gullari,
Muhabbatga oşno qalblarni çertib.
Zax bosgan köngillar yayraydi körib,
Har bitta gulida bordir bir hayot.
Bodomning qondoşi örik gulini,
Zulfiya kuylaydi mangu, barhayot.
Munisa TAJIBOYeVA,
20-maktab öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶