BEZGAK KASALLIGI HAQIDA NIMA BILASIZ?
Bezgak – parazitar tropik kasallik bölib, isitma xurujlari, kamqonlilik, jigar va taloqning kattalaşişi bilan keçadi. Bir hujayrali parazit plazmodiy kasallikning qözğatuvçisi bölib, u çivin va odam organizmida köpayib, bezgak çivinlari orqali tarqaladi. Odamlar orasida bezgak kasalligining 4 ta - tropik, uç kunlik, tört kunlik, ovale turlari bor.
Özbekistonda bezgak çivinining 7 xil turi mavjud. Kasallik belgilarining qanday namoyon bölişi parazitning inson organizimiga tuşgandan avvalo jigarda, söng esa qonda erotrotsitlarda rivojlanişi bilan boğliq. Jigar hujayralaridagi özgarişlar odatda belgisiz böladi. Parazitning yuqişidan to dastlabki belgilar paydo bölişigaça bölgan oraliq bezgakning turlariga qarab 7 kundan 25 kungaça davom etadi. Bezgakning uç kunlik va ovale turlari yaşirin davr uyqudagi parazitlar hisobiga 812 kungaça çözilib ketişi mumkin.
Kasallikni yuktirib olgan kişilar şifoxona şaroitida davolanadi. Keyinçallik 3-yil davomida dispanser nazoratida kuzatiladi. Çunki kasallik qaytadan rivojlanişi ham mumkin. Çivin çaqişidan himoyalaniş maqsadida yaşaş xonalarining deraza va eşiklariga tör pardalar tortiş hamda çivinlarni çöçitiş maqsadida tanaga turli surtmalar surtiş lozim. Bezgak tarqalişining oldini oliş hamda mahalliy yuqtirişni bartaraf etişga qaratilgan profilaktik tadbirlarni yanada kuçaytiriş va aholi örtasida tarğibot-taşviqot işlarni taşkil etiş kasallika qarşi kuraşişning asosiy usullardan biridir.
T.Atamuratov, tuman SEO va JSB Parazitologiya bölimi mudiri.
N.Madiyarova, entomolog.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶