BOŞLANĞIÇ SINFLARDA ”ENGLISH IS FUN” DEB NOMLANGAN TADBIR ÖTKAZILDI
Öquvçilarning yil davomida özlaştirgan bilimini baholaş, ular örtasida döstona munosabatni şakllantiriş, zukkoligini oşiriş maqsadida tumandagi 38-sonli kimyo-biologiya fanlariga ixtisoslaştirilgan maktabda 3-sinf öquvçilari örtasida ”English is Fun” deb nomlangan tadbir ötkazildi.
Tadbirni ingliz tili fani öqituvçilari oçib berişdi va boşqarişdi. Şundan söng, öquvçilar bellaşuv şartlari asosida öz bilim va iqtidorlarini namoyiş etişdi. Bellaşuvda“STARS” va “Smart kids“ jamoalari 7 ta şartni bajardilar.


Jamoalar Greeting şartiga köra özlarini taniştirib, ismi, yoşi, sevimli fani, rangi, sevimli maşğulotlari haqida maʼlumot berişdi. Ikkinçi odd the words şartiga köra berilgan sözlar qatoridan ortiqça sözni belgilab körsatdilar. Uçinçi Put in column şarti böyiça jamoalar qatorlarga tegişli sözlarni, yaʼni mevalar guruhiga mevalar turlari, oila guruhiga oila aʼzolari sözlarini qöyib çiqdilar. Törtinçi şart make up sentences deb nomlanib, bu şartda öquvçilar har bir kartoçkaga yozilgan sözlardan ketma-ketlikda, mazmunan moslikdagi gaplar tuzişdi.


Beşinçi Draw me şarti meni çiz deya nomlanib, bu şartda guruhlar sardori bir varaqda yozilgan matnni öqib, matn yuzasidan rasm çizişdi. Oltinçi The task for captain şartida sardorlar söz yasaş böyiça musobaqalaşişdi. Eng köp söz tuzgan sardorga yuqori ball qöyildi. Yettinçi ”Magic box”, yaʼni sehrli qutiça deb nomlangan şartda esa har jamoadan bir öquvçi qutiçadan qoğoz bölaklariga yozilgan şartlarni bajardi.
Hakamlar hayʼati ikki jamoaning şartlar böyiça ijrolarini, bilimlarini baholab bordilar. Tanlov yakunida ikki jamoa xam 28 ball töplab, döstlik ğalaba qozondi.


Nodira Qurbonboyeva,
38-sonli maktab öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶