SAYLOV UChASTKALARI TUZILDI
2014-yil 20-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovini oʻtkazuvchi 4-Amudaryo okrug saylov komissiyasining majlisi boʻlib oʻtdi.
Majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasiga deputatlar saylovini oʻtkazuvchi 4-Amudaryo saylov okrugi boʻyicha saylov uchastkalarini tuzish masalasi muhokama qilindi.
Majlisda Amudaryo va Beruniy tumanlari hokimlarining saylov uchastkalarini tuzish boʻyicha taqdimnomalarini muhokama qilinib, Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida”gi Qonunining 13-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovini oʻtkazuvchi saylov uchastkalarini tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
Shuningdek, shu kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga saylov oʻtkazuvchi tumandagi okrug saylov komissiyalarining hamda xalq deputatlari tuman Kengashiga saylov boʻyicha tuman saylov komissiyasining ham majlislari oʻtkazilib, ularda ham saylov uchastkalari tuzish masalasi muhokama qilindi va tegishli qarorlar qabul qilindi.
Oʻz muxbirimizdan.
(Foto - http://www.uz24.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶