28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 10:42
Jamiyat 👁 6,040

IChKILIK – ShIRIN JONDAN KEChGULIK EMAS

IChKILIK – ShIRIN JONDAN KEChGULIK EMAS

Maqolaning sarlavhasini oʻqib-oq, ichkilik ichganning bari oʻlayotgani yoʻqov, ichmaydigan odam bormi, ichganning hammasi oʻlaversa, yer yuzida odam qoladimi, deyishga shoshilmang.

Toʻgʻri, ichganning hammasi ham oʻlavermaydi. Ichmaydigan odamlar ham bor. Afsuslanarlisi shundaki, ichadiganlar ichmaydiganlardan koʻproq. Shuning uchun ham nazarimizda hamma ichadiganday boʻlib koʻrinadi.

Bir kafe xizmatchisining hikoyasi:

Kollejni bitirib, oliygohga kira olmadim. Bilimim sal kamlik qildi. Buni eshitib, xususiy kafesi bor qoʻshnimiz menga "istasang, yanagi yilgacha kafemda ishlab tur, men uchun oʻgʻil bolalarni ishga olganim yaxshi, qiz bolalar bemahal yursa gap-soʻz chiqadimi, deb qoʻrqaman. Ham oʻqishga tayyorlanasan, ham pul topasan”, dedi. Ota-onam bilan maslahatlashib, ishga kirdim.

Yaqinda kafeda ellik yoshlar chamasidagi bir basavlat odam tugʻilgan kunini nishonladi. Buyurtmasiga koʻra dasturxon tuzadik, taom tortdik. Erkagu-ayol aralash oʻn besh nafarcha mehmonlar goh tugʻilgan kun egasini tabriklab, goh sogʻlik, goh umr tilab qadah koʻtarishardi. Shunda tugʻilgan kunini nishonlayotgan kishi oʻzidan ikki stul narida oʻtirgan bir mehmonining ichmayotganini ogʻir oldi:

- Ich, joʻra, sen mening tuproq changitib birga oʻynab-oʻsgan joʻram boʻlsang, nega ichmaysan?

U kishi kuldi-da:

- Shu vaqtgacha nega ichmagan boʻlsam, shuning uchun-da, -dedi.

Joʻrasining kayfi oshgan, soʻzi sinishini istamasdi.

- Shu vaqtgacha ichmagan boʻlsang ham, endi ich-da. Qachongacha soʻfi boʻlib oʻtirasan qatorimizda.

- Avval sen ich, yomon boʻlsang meni soʻk - gʻing demayman, - endi uning qistovlariga boshqa davradoshlar ham qoʻshilishdi.

Biroq, u odam hech kimning gapiga qaramay, kulimsirab, boshini chayqab oʻtiraverdi.

Har kuni necha-necha xoʻrandalarga xizmat qilaman. Biroq, oʻsha kishining kulimsiragan chehrasi koʻz oʻngimda qolib ketdi.

Odatda kimningdir ichkilikka yo boshqa nomaqbul odatlarga berilib ketgani haqida gapirilsa, falonchiga qoʻshilib.., falonchi yoʻldan urdi, degan soʻzlar albatta aytiladi. Oʻsha voqeadan beri kimning qanday boʻlishi avvalo oʻziga bogʻliq, oʻz fikrida qatʼiy tura olmagan, irodasi zaif odamgina birovning yoʻrigʻiga yuradi, deb oʻylayman.

Voqea

U endigina 25 yoshni qarshilayotgandi. Belgili ishi boʻlmasada, "talab”da yurib, ancha-muncha pul yigʻdi. Oilasidagilarga koʻmakdosh boʻldi. Ota-onasining qistoviga qaramay, avval mashina olaman, deb turib oldi. Yap-yangi "Neksiya” olgan kuni "qutlugʻ boʻlsin”ga kelganlarga "halol mehnatim, halol mehnatim” degandi quvonchdan boshi koʻkka yetib. Norasida oʻgʻil halol mehnati evaziga kelgan mashina bir kun kelib umriga zomin boʻlishini qayerdan bilsin?

Oʻsha kuni u nihoyatda baxtiyor edi. Axir, sevgan qiziga uylanyapti. Ona-onasi ham oʻsha qizni kelin qilishni necha yillab kutishgandi. Shodligiga sherik boʻlib kelgan joʻralarini alohida uyda yaxshilab mehmon qildi. Ichkilikning necha turi qoʻyildi dasturxonga...

- Qani, ol, sening baxting uchun ichamiz.

- Sen hammamizdan keyin boʻlsa-da, yaxshi qizga uylanyapsan, baxtli boʻl!

- Qoʻsha qaringlar!

- Buguncha toʻyib ichib qol, ertaga kelin kelsa, senikida ham mingʻir-mingʻir boshlanadi – nega ichdingiz, koʻp ichibsiz...

Nazarida hamma unga sidqidildan baxtiqbol tilayotganday, qoʻlidagi qadahni boʻshatsa, jamiki aytilgan tilaklar ijobat boʻladiganday tuyulib, quyib berganini oxirigacha boʻshataverdi. Axir, bir umr baxtiyor boʻlishni juda-juda istardi-da.

Yarim tunda mehmonlar tarqalishgach, dasturxon yigʻishtirilayotganda toʻy taklifnomasini tarqatish esidan chiqqanini bildi. Gandiraklaganicha, qoʻyin choʻntagiga ularni solib, tashqariga chiqdi. Hech kim uning uyi oldida turgan mashinani haydab ketganini sezmay qoldi...

Ikki soatdan soʻng... uning jonsiz jasadini mashinasidan zoʻrgʻa tortib olishdi. U katta yoʻlda yuqori tezlikda borayotib, mashinani burilishda boshqara olmay qolgan edi. Ne-ne yaxshi niyatlar bilan boshlangan toʻy oq aroqning kasofatidan azaga aylandi.

Halol non-u osh-ovqatdan "aziz” neʼmat sanaluvchi, toʻylar, yaxshi kunda dasturxonga qoʻyiladigan ichkilik tufayli necha-necha avtohalokatlar sodir boʻlayotganiga, yosh umrlarga bevaqt nuqta qoʻyilayotganiga hammamiz ham guvohmiz. Biroq, bundan xulosa chiqarishga kelganda esa... afsuski...

Ichkilik - yaxshilikka kafolat emas

Ichkilik ichishni keyingi vaqtlarda koʻpam ayb sanayvermaydigan boʻlib qoldik. Chunki, toʻy-tomoshalarda, turli oilaviy tantanalarda erkagu ayollarga tuzaladigan dasturxonlarga ichimlikning bir necha turlari qoʻyiladi. Hech boʻlmasa bir-ikki qadahdan ichiladi. Yaxshi niyatlar aytib qadah koʻtarayotgan odam qoʻlidagi shu zormanda yaxshilikka kafolat emasligini, aksincha, yomonliklarning onasi ekanini oʻylab ham koʻrmaydi.

Toʻy-tantanalarni-ku qoʻyaturaylik, hech sababsiz yigʻilishib ichishlar, ichimlik ichish uchun yigʻilishlar koʻpayib borayapti. Deyarli har qadamda uchraydigan xususiy yemakxonalar, doʻkonlar egalariga, qoʻlbola aroq ishlab chiqarayotganlarga bu juda qoʻl kelayotir.

Ichgisi kelgan ichar-da, senga nima, deyishga haqlisiz. Biroq, buning oqibati nimalarga olib kelishi haqida ham oʻylab koʻrish lozim. Avval oz-ozdan, keyinchalik toʻyguncha, bora-bora muttasil ichish oilani parokanda qiladi, jamiyat uchun xavfli koʻpgina ijtimoiy muammolarni keltirib chiqaradi. Xususan, insonning oʻrtacha umri qisqaradi, tugʻilish, sogʻlom bola tugʻilishi kamayadi, oilalarda ajrimlar koʻpayadi. Muttasil ichimlik isteʼmol qilgan odamda zaharlanish, Gayevernike sindromi, miyaga qon quyilishi, steatogepatit, jigar tsirrozi, pankreatit, qiziloʻngach saratoni, oshqozon saratoni, ichak saratoni, gemolitik anemiya, aritmiya, kardiomiopatiya, nefropatiya, polineyropatiya kabi kasalliklar yuzaga keladi. Ichuvchilardan ruhiy xasta, jismoniy nuqsonli, nogiron farzandlar dunyoga kelishini tibbiyot allaqachon tasdiqlagan.

Mastlik– ixtiyoriy telbalik

Mast odam oʻzini ongli tarzda boshqara olmaydi. Qotillik, bezorilik, zoʻravonlik kabi jinoyatlar tahlil qilinganida, bularning koʻpchiligi aybdor-larning mastligida, mastlikdan keyingi karaxtlik holatida sodir etilayotgani aniqlanmoqda.

Ichkilikning insoniyatga keltirayotgan koʻrgiliklari bulargina emas, kishining mehnat unumdorligining pasayib ketishi, mehnatga layoqatsizlik, organizmdagi hayotiy muhim organlar kasallikka chalinishi, nogironlar, yetim bolalarni boqish kabi iqtisodiy zararlari ham mavjud.

Dunyoda har yili ichkilikbozlik oqibatidagi kasalliklar tufayli 2.5 million kishi hayotdan koʻz yumadi. Bir yilda dunyoda vafot etgan erkaklarning 6.2 foizi, ayollarning 1.1 foizi alkagol qurbonlaridir. Ularning 320 ming nafari 15-29 yoshdagilar ekani esa dahshat! Dunyoda har 13-soniyada 1 kishi ichkilik balosidan vafot etmoqda.

Azizlar! Endi qadahdagi oq aroqqa qarab bir chuqurroq mulohaza qilib koʻring: ichkilik shirin jondan kechishingizga arziydimi?

Albatta, yoʻq! Siz ham shunday xulosaga kelasiz, deb oʻylayman.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026