14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 08:04
Adabiyot 👁 204

Jayxun ilhomlari

Jayxun  ilhomlari

Bayram muborak
Jajji  qoʻlchalarga tutqazib qalam,
Qiynalib harflarni oʻrgatar arang.
Kasbi orqasidan boʻlgan muhtaram,
Bayramingiz qutlugʻ, aziz ustozlar!

Mehrini shogirddan darigʻ tutmagan,
Muloyim soʻzlardan nari oʻtmagan.
Oʻzi qiynalsa ham minnat etmagan,
Bayramingiz qutlugʻ, aziz ustozlar!

Bir paytlar kasbining boʻlmagan qadri,
Hech kimga aytolmay ichida dardi.
Hozir eʼzozlanar ustozning qadri,
Bayramingiz qutlugʻ, aziz ustozlar!

Shogirdlar quvonchi sigʻmay ichiga,
Oliygohga kirar bilim kuchi-la.
Bularning hammasi ustoz kuchi-da,
Bayramingiz qutlugʻ, aziz ustozlar!

Gina-kuduratdan boʻlmadi asar,
Bayram shodligidan ayirma, agar.
Farhodning tilagi boʻldi muxtasar,
Bayramingiz qutlugʻ, aziz ustozlar!
Farhod Avaz.

 

Ota-onamizday aziz
Farzandim, deb ardoqlaguvchi,
Sal kechiksam, soʻroqlaguvchi.
Onamizday bagʻriga bosib,
Buyuklarga qiyoslaguvchi.

Yutuqlardan koʻnglimiz toshsa,
Havolanib, kibrimiz oshsa.
Qanotiga olgisi kelar,
Tergab, yoʻlga solgisi kelar.

Otamizday moʻʼtabardir u,
Bari ishdan xabardordir u.
Hayotimiz osmoni aro,
Eng jonfido, yalovbardor u.
Mashhura Rajabova,
 82-maktab oʻquvchisi.

 

Birinchi ustozim
Menga harf oʻrgatgan
Va aqlimni oshirgan.
Xato qilsam jilmayib,
Eng birinchi kechirgan –
Aziz Ustozim!
Qoʻlimga berib qalam,
Oʻrgatgan hayot ilmin.
Mening ikkinchi onam,
Onajon oʻqituvchim –
Aziz Ustozim!
Iroda Egamberganova,
55-sonli maktab oʻquvchisi.

 

Tabrik
Bizga bilim oʻrgatgan,
Qoʻlga qalam tutqazgan.
Odob-axloq sirlarin,
Yurakka jo aylagan.
Ziyo nurin taratib,
Koʻnglimni shod aylagan.
Dunyolarni tanitib,
Va hayotga yoʻllagan.
Quvvatlagan parvozim,
Omon boʻling Ustozim!
Lobaroy Olimbeova,
57-maktab oʻquvchisi.

 

Muallim
Oftobdayin yoʻlimiz yorituvchi,
Har qadamda mehr nurin sochuvchi.
Matonat-u shijoatda tanhoyim,
Oq yoʻl tilab kuzatuvchi muallim.

Poyingizga bosh egaman taʼzimda,
Siz panoh boʻldingiz qish-u yozimda.
Mehr-muhabbati misoli oftob,
Koʻzlari choʻlponim, yuzlari mohtob.

Siz yurgan yoʻllardan yurgim keladi,
Har bitta soʻzingiz jahoniy taʼlim.
Dunyo yoshlaridan oʻzgim keladi,
Ilm-u irfoningiz uqib, Muallim!
Dilnura Rahimboyeva.

 

Ustozlarimga
Muloyimdir soʻzingiz,
Kulib turar koʻzingiz.
Siz-la baland parvozim,
Qalbi daryo ustozim!
Onamdayin suyuksiz,
Otamdayin buyuksiz.
Siz-la barcha yutugʻim -
Vatandayin ulugʻim!
Mehr berib bizlarga,
Sehr qoʻshib soʻzlarga.
Dunyolarga ovozim,
Taratguvchi ustozim!

Nilufar TOJIMURODOVA,
21-maktab oʻquvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019