29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 18:34
Siyosat 👁 3,510

QOMUSIMIZ — BAXTIMIZ POYDEVORI

QOMUSIMIZ — BAXTIMIZ POYDEVORI

Bundan 22-yil oldin, 1992-yil 8-dekabr kuni ahamiyatini hech bir narsa bilan tenglab boʻlmas tarixiy hujjat – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Oʻn ikkinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining oʻn birinchi sessiyasi davlatimizning Konstitutsiyasini qabul qilib, 8-dekabr umumxalq bayrami, deb eʼlon qilindi.

Ushbu bayramni xalqimiz mamlakatimizda adolat, qonun ustuvorligini taʼminlash, erkin demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etish yoʻlida ishonchli qadam tashlangan kun tariqasida har yili tantanali ravishda nishonlab kelmoqda.

Mazkur Konstitutsiya inson, uning hayoti, ozodligi, qadr-qimmati va boshqa huquqlarini oliy qadriyat sifatida tan oluvchi suveren demokratik davlat barpo etishning huquqiy asosi boʻlib xizmat qilib kelmoqda.

Asosiy Qonunimiz – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi rivojlangan davlatlarning tarixi va jahon tajribalariga asoslanib, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti hujjatlariga, Inson huquqlarining Umumjahon Deklaratsiyasiga, xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan normalariga moslashtirilib yaratilib, ijtimoiy va siyosiy hayotda oʻz oʻrnini egallayotgan oʻzgarishlarga koʻra takomillashtirilib borilmoqda.

Konstitutsiyamizning asosiy siyosiy ahamiyati shundan iboratki, u jahon arenasida mustaqil Oʻzbekiston Respublikasining paydo boʻlishini qonun yoʻli bilan tasdiqlab berdi. Uning eng ahamiyatli tomoni har bir fuqaroning huquqiy statusini belgilash bilan bir qatorda, ijtimoiy va davlat tuzumini, oliy va mahalliy hokimiyat organlarining oʻzaro munosabatini tashkillashtirishdan, shuningdek davlat boshqaruv organlarini qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlariga boʻlishidan iborat.

Konstitutsiyamiz jahon hamjamiyati tomonidan tan olingan inson huquqlari va erkinliklarini, davlat suvereniteti printsiplarini, hozirgi va kelajak avlodlar oldida masʼuliyatni, demokratiya va ijtimoiy adolat gʻoyalariga sodiqlikni, xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan qoidalarining ustuvorligini, fuqarolarga farovon hayotni yaratish, fuqarolik jamiyatini barpo etish va millatlararo totuvlikni taʼminlashga qaratilgan maqsadlarni koʻzlaydi.

Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Bu borada Oʻzbekiston Respublikasida bir qancha ishlar amalga oshirildi. Yaʼni oʻlim jazosi bekor qilinib, uning oʻrniga jinoyat protsessual qonunchiligiga uzoq muddatli va umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi kiritildi.

Konstitutsiyamizga koʻra, har bir inson erkinlik va shaxsiy dahlsizlik huquqiga ega. Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas. Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora koʻrib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga oʻzini himoya qilish uchun barcha sharoitlar taʼminlab beriladi. Hech kim qiynoqqa solinishi, zoʻravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas.

Xulosa qilib aytganda, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqimizning orzu-umidlari, irodasini oʻzida mujassamlashtirgan qomusiy hujjat boʻlib, yurtimizda kelajagi buyuk demokratik davlat barpo etilishining muhim huquqiy poydevori boʻlib xizmat qiladi.

Fursatdan foydalanib, yurtdoshlarimizni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yigirma ikki yillik bayrami bilan tabriklab, ularga sihat-salomatlik, tinchlik va xotirjamlik tilab qolaman.

Farhod Allambergenov,

tuman prokurori, adliya maslahatchisi.

Foto - http://static.norma.uz

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026