TUMANDAGI NAŞRIYoTDA TAYYoRLANGAN “UMMONDAN TERILGAN MARJONLAR” TÖPLAMINING TAQDIMOTI ÖTKAZILDI
“Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati ijodiy jamoasi taşabbusi bilan taşkil etilgan “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti tumanimizdagi ijodkor yoşlarni qöllab-quvvatlab, ularning qobiliyatlarini rivojlantirişga xizmat qilib kelmoqda.
Taşkilot 2021-yilning sentyabrida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat taşkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi taʼsis etgan grant tanlovlarida “Yoşlar – Yangi Özbekiston bunyodkorlari” loyihasi bilan qatnaşib, ğolib böldi va loyiha 2022-yilning 31-avgustigaça muvaffaqiyatli amalga oşirildi.
Loyiha doirasida taʼlim muassasasalarida, ovul, mahallalarda uçraşuv, davra suhbatlari ötkazilib, yoşlarni giyohvandlik, axloqsizlik va yot ğoyalardan himoya qilişga alohida eʼtibor qaratildi, öquvçi yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş maqsadida inşolar tanlovlari ötkazilib, ğoliblar rağbatlantirildi. Eng mazmunli va ravon yozilgan inşolar tuman matbuotida yoritildi. Amudaryo televideniyesida mavzuga doir köpgina körsatuvlar efirga berildi.
Loyiha iş rejasiga muvofiq tumanimizning isteʼdodli yoş qalamkaşlarini elga tanitiş, ularga ijodiy ruh, rağbat bağişlaş maqsadida tumanimiz maktablarida taʼlim-tarbiya olayotgan 84 nafar öquvçilarning ijod namunalari joy olgan “Ummondan berilgan marjonlar” töplami naşr etildi.
10-oktyabr kuni 55-sonli maktabda ijodiy-madaniy işlar böyiça maktab tarğibotçisi, Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori Xonimjon Rajabova, “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti raisi Örozali Reyimovlar taşabbusi bilan uşbu kitob taqdimoti ötkazildi.
Tadbirda maktab öqituvçilari, öquvçilari iştirok etdilar. Kitob taqdimoti aynan şu maktabda ötkazilgani bejiz emas. Sababi, mazkur maktab öquvçilari Jasmina Bekimbetova, Marjona Dehqonovalarning şeʼrlari ham töplamdan joy olgan.
Tadbirda bu haqda batafsil söz yuritildi. Marjona Dehqonova, Jasmina Bekimbetovalarni ustozlari, döstlari qizğin tabriklab, yangidan-yangi ijodiy muvaffaqiyatlar tiladilar. Jasmina va Marjona samimiy tilaklardan, tengdoşlarining havas bilan boqişlaridan köngillari quvonçga töldi.
- Bu sizlarning ijod yölidagi ilk muvaffaqiyatingiz. Hali öqib, örganib, salohiyatli qizlar bölib kamolga yetişingizga, maşaqqatlaridan çöçimay sermahsul ijod qilişingizga işonaman, - dedi ularga Xonimjon Rajabova.
Mamlakatimizda yoşlarning çuqur ilm olişlariga, qobiliyatlarini namoyon etişlariga şaroit yaratilayotganligi ularning olğa intilişlariga rağbat bölmoqda.
“Ummondan terilgan marjonlar” töplamida ijod namunalari yoritilgan tumanimizning yoş ijodkorlari kelajagida ham buning isbotini körişimizga şubha yöq. Töplamga köpsonli adabiyot ixlosmandlarining maşqlari saralab olingani ramzi sifatida “Ummondan terilgan marjonlar” deya nomlangani ham bejiz emas.
Töplam taqdimoti tadbir iştirokçilarida ulkan taassurotlar qoldirdi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶