29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 14:15
Qishloq xoʻjaligi 👁 385

Joriy yilda tumandagi 348 ta fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi subʼektlari tomonidan jami 13 ming gektar maydonga chigit ekiladi

Joriy yilda tumandagi 348 ta fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi subʼektlari tomonidan jami 13 ming gektar maydonga chigit ekiladi

Qishloq xoʻjaligi sohasida yuqori samaradorlikka erishish, yerdan unumli foydalanish hamda aholi farovonligini taʼminlash bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri sanaladi. Ayniqsa, mamlakatimizda paxtachilik yoʻnalishida amalga oshirilayotgan islohotlar, ilgʻor agrotexnologiyalarni joriy etish va klaster tizimi asosida faoliyat yuritish ushbu sohaning yangi bosqichga koʻtarilishiga zamin yaratmoqda.

Bugungi kunda qishloq xoʻjaligida, jumladan, paxtachilikda ilm-fan yutuqlariga tayanish, zamonaviy agrotexnologiyalardan foydalanish, xarajatlarni kamaytirish hamda daromadni oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Yurtimizda bahor nafasi kezayotgan ayni aprel oyining iliq kunlarida Amudaryo tumanidagi fermer xoʻjaliklarida 2025-yilgi paxta hosili uchun chigit ekish ishlari jadal surʼatlarda olib borilmoqda. Xususan, Choykoʻl ovulidagi “Choykoʻl Doʻstlik” hamda Qangli ovulidagi “Diyorbek Qanjigʻali” fermer xoʻjaliklarida ham ishlar qizgʻin pallaga kirgan.

Amudaryo tumani Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasi maʼlumotlariga koʻra, joriy yilda tumandagi 348 ta fermer xoʻjaligi va boshqa qishloq xoʻjaligi subʼektlari tomonidan jami 13 000 gektar maydonda chigit ekilishi rejalashtirilgan.

Eʼtiborga molik jihati shundaki, joriy yilda 5 ming gektar maydonda Xitoy texnologiyasi asosida chigit ekish ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu maydonlarning 2 400 gektarida xorijiy, 2 600 gektarida esa mahalliy navli chigit ekish moʻljallangan. Bunday yondashuv hosil sifati va hajmini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, Xitoy texnologiyasi asosida amalga oshirilayotgan usul fermerlarga vaqt va mablagʻni tejash imkonini beradi. Bundan tashqari, chigitlar 5-6 kun ichida unib chiqishi va anʼanaviy usulga nisbatan taxminan 5 kun oldin hosil berishini taʼminlaydi. Hosildorlik esa 50 tsentnerdan ortiq boʻlishi mumkin.

Chigit ekish ishlari Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasi tomonidan qatʼiy nazoratga olingan. Barcha agrotexnik tadbirlar belgilangan talab va meʼyorlarga toʻliq rioya etilgan holda, yuqori sifatda amalga oshirilmoqda.

Ushbu ishlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi “Paxtachilikda yuqori samarali intensiv agrotexnologiyalarni qoʻllash va xorijiy gʻoʻza navlari maydonlarini kengaytirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.

Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joizki, qishloq xoʻjaligi texnikalari va agregatlari mavsum oldidan toʻliq tayyor holatga keltirilgan. Yer tayyorlash va ekish ishlariga 71 ta xaydov traktori, 71 ta plug, 136 ta chizel, 15 ta diskli borana, 1700 ta tishli borana, 293 ta mola, 53 ta mineral oʻgʻit sepgich, 47 ta purkagich, 150 ta chigit ekish seyalkalari, shuningdek, 23 ta maxsus seyalka jalb etilgan. Hozirda barcha texnika va agregatlar soz holatda ishga tayyor va mavsumda ulardan faol foydalanilmoqda.

Fursatdan foydalanib, barcha fermer xoʻjaliklari va agrar sohada mehnat qilayotgan fidoyi yurtdoshlarimizga joriy yilgi mavsumda muvaffaqiyat va barakali hosil tilaymiz!

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026