SPORT FAXRIYSIGA YuBILEYI MUNOSABATI BILAN SOVĞALAR TOPŞIRILDI
Keyingi yillarda keksalarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş, ularga ijtimoiy xizmatlar körsatiş tizimini yaxşilaş borasida qator çroa-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Şuningdek, mahallalarda faxriy sifatida eʼtiborli, katta hayotiy tajribaga ega nuroniylarga ijtimoiy hayotda faol iştirok etişlariga, yoşlar orasida urf-odatlarimizni, anʼanalarimizni asrab-avaylaş, milliy qadriyatlarimizni özbekona odob-axloqni keng tarğib etişlariga şaroit yaratilmoqda. Bu nuroniy yoşga yetib, ulkan hayotiy tajribaga ega bölgan otaxon-onaxonlarning jamiyatga özlarini kerakli ekanliklarini his qilişlariga, faol bölişga undaydi.
Xalq taʼlimi faxriysi Baxtiyor Rajabov ayni kunda nafaqada, Boyovul mahallasida istiqomat qiladi. Farzandlari uyli-joyli bölib, hayotda öz örinlarini togan. Nevaralari ham kamolga yetdi. Biroq bir umr maktabda, sport maktabida jismoniy tarbiya fani öqituvçisi sifatida faoliyat yuritgan, sportni tarğib qilişga ulkan hissa qöşgan faxriy ustoz tinib-tinçib ötirişni öziga ep körmaydi, mahalla hayotida faol iştirok etadi, qayerda sport musobaqalari ötkazilsa, şu yerda hozir böladi, yoşlar yutuqlaridan özida yöq quvonadi.
Baxtiyor Rajabov, ayniqsa, tumanimizda sportning voleybol turi ommalaşişida, mahoratli voleybolçilar yetişib çiqişiga ulkan hissa qöşdi. Şogirdlari nufuzli musobaqalarda ğolib va sovrindor böldi. Uning mehnatlari munosib eʼtirof etilib, tuman sporti fidoyisi sifatida tilga olinadi.
Joriy yilda sport faxriysi Baxtiyor Rajapbov tabarruk 70 yoşni qarşilamoqda. Şu munosabat bilan joriy yilning 2-noyabrida Qoraqalpoğiston Respublikasi sportini rivojlantiriş vazirligi xodimlari Azamat Xolboyev, Pölat Boltaboyev, tuman sportni rivojlantiriş bölimi boşliği Ğulomjon Qurbonboyevlar uning xonadoniga borib, yubilyarni qutlab, sovğalar topşirdilar. Sobiq sporçiga sport kiyimlari jamlanmasi topşirilib, milliy çopon va döppi kiydirişdi.
Nufuzli mehmonlar taşrifi Baxtiyor Rajabov xonadonida ulkan tantanaga aylanib ketdi. Baxtiyor Rajabovning tumanda sportni ommalaştiriş, rivojlantiriş borasidagi ulkan xizmatlari tilga olindi va kelgusida ham sport holatida bölib, yöl-yöriq körsatib, uzoq yaşaşini tiladilar.
“Yangi Özbekistonda el aziz – inson aziz!” hayot tarzimizdan teran joy olayotgan bu tamoyil neça-neça köngillar şod, obod bölişiga xizmat qilayotir.
Baxtiyor Rajabov ham buni öz hayotida çuqur his etib, nufuzli mehmonlarga minnatdorçilik bildirdi.
Çindan-da, uzoq yillar samarali mehnat qilib, keksalik davriga kirganingda ham yöqlaşsa mehnatlaringni eʼtirof etişsa, bu baxt.
Şuningdek, tuman Xalq taʼlimi bölimining Maʼnaviy-maʼrifiy işlarni muvofiqlaştiriş şöʼbasi rahbari Zafarbek Abdullayev, Yangiobod mahallasi yoşlar yetakçisi Roza Kamolova, 40-sonli maktab masʼullari sovğa-salom bilan ikki karra Özbekiston, bir neça marotaba Qoraqalpoğiston va Osiyo çempioni Qunduzoy Qöşnazarova xonadoniga taşrif buyurdilar.
Qunduzoy Qöşnazarova 40-sonli maktabning 6-sinfida öqiydi. 2019-yildan beri sportning karate turi bilan şuğullanadi. Yoşligidan sportga bölgan qiziqişini payqagan otasi Karim aka Qöşnazarov qizini qöllab-quvvatlab kelayotgan edi. Oddiy özbek xonadonining sevimli qizi bölgan Qunduzoy ham qisqa muddat içida köplab yutuqlarga erişdi. Yoş sportçi qizning şijoatini körgan sport murabbiysi uni dastlab tuman miqyosidagi musobaqalarga, keyinçalik Respublika miqyosidagi çempionatlarga yönaltirdi. Qunduzoy şu yil 1-2-3-may kunlari Qirğiziston Respublikasida bölib ötgan Osiyo çempionatida qatnaşib, faxrli 2-örinni egalladi. Şu sababli Qunduzoyning ota-onasiga Özbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Mahalla va Nuroniylarni qöllab-quvvatlaş vazirligi tomonidan taşakkurnoma taqdim qilindi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶