28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 10:54
Sport 👁 383

FAXRIY OʻQITUVChINING 80 YILLIGI MUNOSABATI BILAN VOLEYBOL MUSOBAQASI OʻTKAZILDI

FAXRIY OʻQITUVChINING 80 YILLIGI MUNOSABATI BILAN VOLEYBOL MUSOBAQASI OʻTKAZILDI

Oʻqituvchilik dunyodagi eng eʼzozli, sharafli va mashaqqatli kasbdir. Insonni murgʻakligidan ilm dunyosi sari yetaklab, komillik sari yoʻnaltiruvchi kasb egalari har qancha hurmat-u ehtiromlarga loyiqdir.

Amudaryo tumanidagi 11-sonli maktabda 40-yil jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi boʻlib ishlab, koʻplab shogirdlar yetishtirgan, tumanimizda sportning voleybol turi rivojiga munosib hissa qoʻshgan Gulmirza Sobirov ana shunday, el eʼzozidagi insonlarning biri.

Yaqinda Qipchoqdagi 1-sonli kasb-hunar maktabida faxriy oʻqituvchi Gulmirza Sobirovning 80 yilligiga bagʻishlab voleybol boʻyicha musobaqa tashkil etildi.

Daryoboʻyi mahallasi yoshlar yetakchisi Shahlo Oʻrozboyeva tashabbusi bilan tashkil etilgan musobaqada Daryoboʻyi, Uyshin mahallalari, Qipchoq, Choykoʻl, Qangli ovullari yoshlarining 5 ta voleybol jamoalari oʻzaro kuch sinashish uchun yigʻildilar.

Tadbirda Gulmirza Sobirovning 80 yilligi munosabati bilan Daryoboʻyi mahallasi yoshlar yetakchisi Shahlo Oʻrozboyeva, 22-sonli maktabning jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi Shavkat Nurekeyev, 65-sonli maktab oʻqituvchisi Sanjar Oʻrozboyev, Beshtom mahalla fuqarolar yigʻini raisi Ozod Siytimov, Qipchoq shaharcha fuqarolar yigʻini raisi Nuraddin Xolboyevlar ustoz oʻqituvchi haqida yigʻilganlarga iliq xotiralarini gapirib berdilar. Hudud aholisi orasida oʻz mehnatlari bilan ulkan eʼtibor qozongan faxriy muallimning taʼlim berishdagi fidoyiliklari, oʻziga xos uslublari tilga olindi.

Musobaqalar boshlanishiga start berilishi barcha yigʻilganlarning diqqat-eʼtiborini oʻyin maydoniga jamladi. Beshta jamoa aʼzolari ham gʻoliblik uchun astoydil intilib, hamjihatlikda murosasiz kurashdilar. Mahoratli va tajribali jismoniy tarbiya oʻqituvchilari musobaqani odillik bilan boshqarib bordilar.

Musobaqa yakunlangach, tashkilochilar – Gulmirza Sobirovning bir guruh shogirdlari uni tabarruk yoshi bilan qutlash uchun xonadoniga tashrif buyurishdi. Nuroniy ustozga xalqimizning milliy kiyimi – chopon kiydirib, sovgʻa-salomlar hadya etishdi.

Farzandlari, nevara-chevaralari ardogʻida keksalik gashtini surib yashayotgan Gulmirza Sobirov oʻzining 80 yilligi munosabati bilan musobaqa uyushtirishga bosh boʻlgan mahalla yoshlari yetakchisi Shahlo Oʻrozboyevaga, yoʻqlab kelgan barcha shogirdlariga minnatdorchilik bildirdi.

Shuni alohida eʼtirof etish kerakki, faxriy muallim 40-yil mobaynida maktabda oʻquvchilarning sogʻlom, jismonan baquvvat boʻlib voyaga yetishlari uchun fidoyilik qilish bilan birga, namunali oila sohibi sifatida turmush oʻrtogʻi bilan farzandlarini ham odobli, el xizmatiga kamarbasta qilib voyaga yetkazdilar. Uning barcha farzandlari ota kasbini eʼzozlab, turli maktablarda yosh avlodga taʼlim-tarbiya berishayapti.

Ustoz atrofida jam boʻlgan sobiq shogirdlar bular haqda, oʻzlarining hayotida Gulmirza Sobirovdan olgan saboqlarining nechogʻlik ahamiyatli boʻlganligi haqida suhbat qurdilar. Xotiralar tilga kirgan lahzalarda “Ustoz otangday ulugʻ” degan xalqimizning naqli yana bir bor oʻz ifodasini topganday boʻldi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026