12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 23:19
Salomatlik 👁 498

EL HURMATINI QOZONGAN ŞIFOKOR

EL HURMATINI QOZONGAN ŞIFOKOR

Şifokorlik – jasorat! Bu kasb fidoyilikni, qalb va fikr sofligini taqozo etadi. Uning mehnati eng bebaho va xayrli mehnatdir. Çunki şifokor odamlarning soğliğini saqlaşi yoki qayta tiklaşi orqali ularni jamiyatga qayta inʼom etadi.

Hayotining eng tahlikali, eng xavfli onlaridan hayotga qaytayotganlarni, dunyoga özgaça nigoh bilan boqayotganlarni tuman Tibbiyot birlaşmasiga qaraşli şoşilinç tibbiy yordam şifoxonasi jonlantiriş bölimida har kuni uçratiş mumkin. Bölim 6-öringa möljallangan bölsa-da, bu yerda  şaroit taqozosiga köra, baʼzan 10 nafargaça bemorlarga şoşilinç yordam beriladi. Turli baxtsiz hodisalar, avtohalokatlar, surunkali kasalliklar xuruji, infarkt, insult röy berganda, oğir ahvolga tuşganlarga  şoşilinç yordam şifoxonasining jonlantiriş bölimida  tezkor, sifatli tibbiy yordam körsatilganligi tufayli hayotga qaytayotganlar köpçilik. Ana şunday quvonarli natijalar qölga kiritilişida  bölim reanimatolog-anesteziolog şifokori, öz kasbining fidoyisi I.Sariboyevning ham munosib hissasi bor.

U örta maktabni tugatganidan söng Toşkent Tibbiyot institutining Nukus filialiga öqişga kirdi va muvaffaqiyatli bitirib çiqdi. 1997-1998-yillarda Nukus şahridagi respublika şifoxonasida internatura ötadi va oliy toifali, malakali şifokorlardan yöl-yöriq, maslahatlar olib, tajribasi oşdi. Keyinçalik tuman Tibbiyot  birlaşmasining “Salomatlik markazi” şifokori böldi. 2011-yildan şu kungaça şoşilinç tibbiy yordam şifoxonasining jonlantiriş bölimida reanimatolog-anesteziolog bölib işlayapti. 2015-yildan tez tibbiy yordam bölimi reanimobil brigadasida ham navbatçi şifokor. Uşbu brigada eng oğir ahvoldagi bemorlar çaqiruviga yönaltiriladi. Şunday damlarda murojaat qilingandan tibbiy brigada yetib borgunça bölgan vaqt oraliğini şifokorlar “oltin vaqt” deyişadi. Hayoti qil ustida turgan insonga tez yetib boriş, tezkor, sifatli tibbiy yordam beriş  – qança-qança insonlarning hayoti saqlab qolinişiga sabab böladi. Bunda, albatta, şifokorning kasbiy mahorati ham muhim.

I.Sariboyev çaqiruvga kelgan xonadonidan tibbiy yordami tufayli doimo olqiş olib kelayotganlardan biri.

– Koronavirusga çalinganimda yoşim saksonga yetib qolganiga yaşaşdan umidimni uzişimga sal qolgan. Dard iskanjaga olgan vaqtida Ikromjon kelib, ham muolajasi, ham şirin sözi bilan meni hayotga qaytardi. Öz xohişim bilan uy şaroitimda davolandim. Endi keksalikning ham öziga yaraşa muammolari böladi. I.Sariboyev buni töğri anglab, uyda davolaniş qarorimni maʼqulladi. Tavsiyasiga köra muolaja olib, kasallikdan foriğ böldim. Tez-tez kelib xabar olib, ahvolimni nazorat qilib turdi. Bu mening özimga işonçimni oşirdi, Ikromjondan juda minnatdorman. Iloyim xalqimizning baxtiga soğ bölsin, kasbidan kamol topgay, – deydi u haqda matbuot faxriysi Saʼdulla Xöjaniyozov.

Aslida bu şifokordan minnatdor insonlar juda köp.

– Har kuni işda eng oğir ahvoldagi bemorlarga qaraş, jarrohlik amaliyotlari, tunlari navbatçiliklardagi bedorliklardan heç bezor ham bölasizmi? – qiziqib söradim undan.

– Kimdir yordamingga muhtoj ekanligi, unga yordam beriş burçing ekanligi şifokorga doim kuç berib turadi. Biroq baʼzan oğir şikastlanişlar bilan, insult, infarktga çalinib keltirilgan bemorlarning hammasining ham hayotini saqlab qolişning iloji bölmaydi. Şunday damlarda bundan juda ökinaman.

Aytişiça, u hayotida tanlagan kasbidan faqat bir marta afsuslangan ekan. Öşa kuni er-xotin, ikki şifokor – Ikrom Sariboyev va Nigora Erimbetovalarning turmuş qurganlariga 20-yil tölgan kun ekan. Şu munosabat bilan farzandlari “syurpriz” tayyorlaşgan: dasturxon tuzab, ota-onasining suratlarini qöydirib, nikoh uzugi ramzi, "20-yil" degan yozuvi bilan tort buyurtma qilişgan. Tantanaga yaqinlar ham taklif etilibdi. Hamma tantana sababçilari işdan qaytişini kutib ötirsa, faqat ulardan biri – ona kirib kelibdi. Ota esa navbatçilikda qolgan. Şunda qizi unga yiğlab qönğiroq qilganida uyiga kasbi taqozosiga köra borolmaganidan afsuslangan ekan.

Ikrom Sariboyev va Nigora Erimbetovalarning farzandlari ham voyaga yetib, hayotda öz yönalişlarini tanlab olişgan. Şahzod bölğusi arxitektor, bu yil oxirgi bosqiç talaba, Islombek veterinar bölib işlayapti, Şoira NDPI talabasi, Ilhom – 11-sinf öquvçisi.

Ularning oilasi turmuş tarziga nazar solgan odam havas qilişi tayin. Çindan-da, öz qörğoning, oilang, hayotingni davom ettiruvçilaring bölsa, kimlargadir kerakligingni his qilib yaşasang, xizmatingdan odamlar minnatdor bölsa, bu ulkan baxt!

I.Sariboyev ana şunday martabaga erişgan şifokor. Uni kasb bayrami bilan qutlab, kelgusi işlarida ham muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026