28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 17:13
Siyosat 👁 344

Prezidentning tumandagi Xalq qabulxonasi tomonidan hokim yordamchilari faoliyati samaradorligi oʻrganib borilmoqda

Prezidentning tumandagi Xalq qabulxonasi tomonidan hokim yordamchilari faoliyati samaradorligi oʻrganib borilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning uyma-uy yurish, murojaatlar bilan ishlash, ijtimoiy va boshqa obʼektlarda aniqlangan muammolarni hal qilish borasidagi faoliyatini oʻrganish, koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish, shuningdek, sektorlar faoliyatini baholashda ishtirok etish boʻyicha 2022-yilning oʻtgan davri mobaynida tizimli ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasida 2022-yil 30-sentyabr sanasiga qadar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 1970 ta masala boʻyicha murojaatlar roʻyxatga olingan boʻlib, koʻrib chiqilgan murojaatlarning 31,6 foizi ijobiy hal etilgan va 48,3 foizi huquqiy maʼlumot berish orqali hal qilingan. 0,8 foiz murojaat esa uzoq muddatli nazoratga olinib, zarur tushuntirishlar berilgan, 1 tasi koʻrmasdan qoldirilgan, 9 tasi rad etilgan, 11 tasi tugatilgan. Qolgan 46 tasini esa koʻrib chiqish jarayoni davom etmoqda.

Tuman aholisi tomonidan turli xil mazmundagi murojaatlar kelib tushmoqda. Har bir murojaat atroflicha oʻrganilib, oʻz vaqtida javob berilmoqda. Bundan tashqari, tumandagi davlat organlari va tashkilotlar tomonidan murojaatlarni koʻrib chiqish muddatlariga amal qilinishi ham nazoratga olingan. Bu borada baʼzi kamchiliklar ham uchramoqda. Jumladan,  tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi va elektr taʼminoti korxonasi tomonidan murojaatlarni koʻrib chiqish davomida Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 27 va 28-moddalarida keltirilgan talablar buzilganligi uchun Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan tegishli davlat organlariga taqdimnomalar chiqarilib, natijada masʼul xodimlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181-moddasi 1-qismiga asosan hayfsan intizomiy jazo chorasi qoʻllanildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallakni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarorida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalariga mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha kelib tushayotgan murojaatlarni tahlil qilgan xolda, hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligini oʻrganish, oʻrganish natijalarini xalq deputatlari tuman Kengashlarida muhokama qilib borish amaliyotini yoʻlga qoʻyish vazifasi yuklatilgan.

Ushbu qaror asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan tumandagi hokim yordamchilari faoliyati oʻrganilib, natijalar xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi sessiyalarida muhokama qilib borilmoqda.

Oʻrganish natijalari shuni koʻrsatmoqdaki, hokim yordamchilari tomonidan joriy yil boshidan tumanda mavjud barcha, yaʼni 36 ming 65 ta xonadonlar xatlovdan oʻtkazilgan hamda toifalarga ajratilgan. Xatlov oʻtkazilgan xonadonlarda 8 ming 579 nafar mehnatga layoqatli ishsizlar aniqlangan. Ularning bandligini taʼminlash va aholining daromad manbaini shakllantirish maqsadida hokim yordamchilari koʻmagi bilan jami 3090 nafar fuqarolarga imtiyozli kredit olish uchun tavsiyanomalar berilib, shu kungacha 2 700 nafarga yaqin fuqarolarning loyihalari bank krediti bilan moliyalashtirilgan. Aholining tomorqada bandligini taʼminlash maqsadida 266 nafar fuqarolarga jami 885,4 mln.soʻm subsidiya mablagʻlari ajratilgan. 4 ta kooperatsiyalar tashkil qilinib, ularning ish boshlashi uchun 144 nafar fuqarolarga jami 432,1 mln. soʻm mablagʻ ajratilgan.

Tumandagi umumiy maydoni 901,2 gektar boʻlgan qishloq xoʻjaligi yerlari zaxiraga olingan. Bugungi kunda "E-AUKSION" elektron savdo platformasi orqali 773,7 gektar yer maydonlari 2 866 nafar fuqarolarga ajratilgan. Natijada shu kungacha 7 ming 417 nafar fuqarolarning bandligi taʼminlangan. Ulardan 2818 nafari doimiy ish joylariga joylashgan boʻlsa, 1105 nafar fuqarolar haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb chilingan.   3494 nafar fuqarolar esa oʻzini-oʻzi band qilgan shaxslar sifatida roʻyxatdan oʻtgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi bundan keyin ham xalq va davlat oʻrtasida ishonchli koʻprik boʻlib, odamlarning dardini tinglash va muammolarini yechish borasidagi faoliyatini samarali tarzda davom ettiradi.

E.Rajabov, Xalq qabulxonasi mudiri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026