Jayxun ilhomlari
Qorli lahzalar
Yoritadi tunni falak uzra oy,
Sukunat hukmron bölgan köçada.
Suvlar ham muzlagan hattoki soyda,
Qiş...
Bu közlarimning göyo içida.
Yalanğoç ahvolda turar daraxtlar,
Manzara özgaça, kumuş libosda.
Men seni uçratgan öşa vaqtlarda,
Ming xayol surgandim nöxatday boşda.
Qiş...
Eslatar menga şirin ötmişni,
Qorli lahzalarim öçmas yodimdan.
Hammadan qattiqroq sevganman qişni,
Muhrlanib qolgan qiş hayotimda.
Qiş eslatar menga şirin ötmişni...
Sunnatulla Ahmadjon.
Ustozim
Qulluq, deyman doimo,
Mening aziz ustozim.
Örgatar öqiş, yoziş,
Mehribonim ustozim.
Yuzlaridan göyoki,
Nur soçilar oftobdek.
Har öquvçi köngliga,
Yöl topadi ustozim.
M.YöldOşeva,
83-maktab öquvçisi.
Uka
Uka, desam keladi,
Men ne desam qiladi.
Meni yaxşi köradi,
Ukajonim mening.
Yiqilsang-da, tur uka,
Qoqilsang-da, yur uka.
Aslo emassan yakka,
Ukajonim mening.
Doimo ğolib bölgin,
Har kun oldinga yurgin.
Köp kitoblar öqigin,
Ukajonim mening.
Sardorbek Kenjaboyev.
Omonat
Jar ustida turibdi dunyo,
Quçoğida ne bir sinoat.
Qaytib kelmas moziylar aro,
Baxt – omonat, qayğu – omonat.
Oilaning buyuk davlati,
Qadri baland ota – omonat.
Jannatlarning yagona guli,
Bir farişta ona – omonat.
Quvonçingga bölğuçi dildoş,
Yaqinlaring senga omonat.
Yöllaringda eng yaxşi yöldoş,
Döst atalgan boylik – omonat.
Oqqan daryo umringga qiyos,
Ardoqlasang bölar salomat.
Gözal kunlar, taʼriflarga mos,
Yoşlik degan neʼmat omonat.
Şoira GULMONOVA,
87-maktab öquvçisi.
Ziyokorim
Bizga bilim örgatgan ,
Qalam tutqazib qölga.
Sözlab odob-axloqdan,
Boşlagan yoruğ yölga.
Ziyo nurin taratgan,
Könglimiz şod aylagan.
Tilab eng baland parvoz.
Dunyoni anglatgan Ustoz!
Lobaroy Olimboyeva,
57-maktab öquvçisi.
QIŞ
Qiş bağrida öynaymiz,
Öynab, sira töymaymiz.
Yangi yilning zavqini,
Yuraklarga joylaymiz.
Oppoq qor oğuşida,
Yurtning qorli qişida.
Betakror sinoat bor,
Oq körpa – kumuşida.
Maşhura Rajabova,
82-maktab öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶