29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 18:36
Siyosat 👁 7,833

2015-YIL - KEKSALARNI EʼZOZLASh YILI

2015-YIL - KEKSALARNI EʼZOZLASh YILI

Inson kamolotida oilaning oʻrni gʻoyat katta. Chunki biz ana shu moʻʼjaz makon, Vatanimiz ichra kichik Vatan - oilada tugʻilib, voyaga yetamiz. Jamiyat taraqqiyotiga hissa qoʻshishga qodir shaxs sifatida shakllanamiz. Shu aziz makon sari har lahzada talpinib turamiz.Chunki bu makonning bagʻri issiq, mehrigiyosi, odamni oʻziga tortib turuvchi ohanrabosi, qalblarimizni ravshan qilguvchi nurafshon ziyosi bor. Bundan ham muhimrogʻi esa, bizning har bir qadamimizni jiddiy nazorat qilib, xulq-atvorimizni odamiylik tarozisi ila oʻlchab, yaxshiliklarga yoʻllab turguvchi ota-onamiz, bobo va buvilarimizning mehr-muhabbati hokim unda. Asrlar davomida shakllangan oila qadriyati millatimiz uchun tom maʼnodagi intellektual maʼnaviy meroski, bu maʼnaviy merosni hech qanday moddiyat bilan qiyoslab boʻlmaydi. Oilamiz farishtasi, xonadonimiz koʻrki boʻlgan bobo va momolarimiz, aziz buvijonlarimiz qanotlari ostida bizning farzandlarimiz, hatto nevaralarimizning ulgʻayib, kamol topishida, bitta oila negizida shakllangan ibratga loyiq shajaraning yaralishida juda katta hikmatlar mujassam. Bu hikmatlar ana shu maʼnaviy-axloqiy tarbiya makoni – oiladagi toʻkislikni bir xil mezonda ushlab turuvchi ulugʻ yoshdagi keksalarimizning oʻziga xos oʻzbekona tutumlarida, oila aʼzolarining xulq-atvoridagi goʻzal sifat va fazilatlarda namoyon boʻladi. Shuning uchun ham keksalar bor joyda fayz bor, baraka bor. Va muhtaram Prezidentimiz taʼkidlaganlariday: "Qarisi bor uyning parisi bor,” "Qariyalar – xonadonlarimizning fayzi va farishtasi”dir.

Darvoqe, qaysiki xonadonda keksa bobo va momolarimiz boʻlsa, oʻsha xonadonning havosi boshqacha. Oʻgʻil-qiz, nevara-chevara, hatto evaralar jamligidagi bu katta xonadonda birdamlik, jipslik, oʻzaro mehr-oqibat oʻzgacha, goʻzal. Topish-tutishining barakasidan nainki xonadonga, balki el-yurtga fayz yogʻiladi. Chunki ikki-uch, hatto toʻrt avlod jipsligidagi ahillik, oʻzaro mehr-oqibat mezonlaridan kuch olgan, qalblari ziynatlangan xonadon aʼzolari keksalar duosini olib, yumushga, tijorat, tadbirkorlik ishlariga qoʻl uradilar, el-yurt manfaati uchun fidoyilik qiladilar. Xonadonlari ostonasidan tashlagan ezgu qadamlari el-yurt farovonligi yoʻlidagi niyatlari ulugʻ. Bu bobo va momolardan farzandlarga oʻtgan bebaho qadriyat.

Shuning uchun ham bizning mamlakatimizda yoshi ulugʻ keksalarga eʼtibor, gʻamxoʻrlik davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan. Chunki turli sohalarda erishilayotgan yutuqlar, olib borilayotgan izchil islohotlar zamirida keksa avlod vakillarining betimsol fidoyiliklari mujassam. Sobiq tuzum davridagi qoliplashtirilgan siyosat tufayli xalqimiz hayotida yuz bergan katta yoʻqotishlar, qatagʻon va surgunlar, ikkinchi jahon urushi janggohlari hamda front orqasidagi mashaqqatli va azobli mehnat, yetar-yetmaslik, ocharchilik azoblariga sabr - toqat bilan chidab yashagan, har qanday murakkab vaziyatlarda ham oʻzligini yoʻqotmagan nuroniy yoshdagi otaxon va onaxonlarimizga eʼzoz va eʼtibor koʻrsatish bugun har birimizning zimmamizdagi farzandlik burchimizdir.

Mamlakatimizda yoshi ulugʻ insonlar hamisha eʼtiborda, eʼzozda. Keksalarimizning yaxshi dam olishlari, nuroniylik davrlarini huzur-halovatda oʻtkazishlari uchun davlatimiz tomonidan beqiyos gʻamxoʻrliklar qilinmoqda. Xususan, 2014-yil 13-oktyabrda qabul qilingan "1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoniga muvofiq endilikda ular yiliga bir marta oʻzlari uchun eng maʼqul boʻlgan muddatlarda sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalari-da davlat xisobidan davolanib, sogʻliklarini mustahkamlashlari uchun keng imkoniyatlar yaratildi.

"Keksalarni eʼzolash yili” munosabati bilan oʻtgan yillarga berilgan nomlarga monand ishlab chiqiladigan Dasturda nuroniy keksalarimizga koʻrsatiladigan eʼtibor, eʼzoz, beqiyos gʻamxoʻrlik tadarruklari ila hayotimizga yanada fayz va baraka olib kiradi. Zero, ulugʻlari eʼzoz topgan yurt ahlining koʻngillari xotirjam, hayoti tinch, osoyishta, turmushi esa obod va farovon boʻladi. Xalqimiz hayotini ana shu mazmun, fayziyob onlar aslo tark etmasin. Xonadonlarimizning pir-u badavlat sohiblari, farishtalari omon boʻlsinlar!

Tahririyat.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026