28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 20:07
Fan va taʼlim 👁 376

“BUYuK ShOH VA ShOIR” MAVZUSIDAGI ADABIY-MUSIQIY TADBIR BARChAGA MAʼNAVIY RUH BAGʻIShLADI

“BUYuK ShOH VA ShOIR” MAVZUSIDAGI ADABIY-MUSIQIY TADBIR BARChAGA MAʼNAVIY RUH BAGʻIShLADI

Buyuk shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kuni har yili nafaqat Bobur vatani – Oʻzbekistonda, balki dunyoning juda koʻp mamlakatlarida shoh va shoir zakosiga cheksiz ehtirom sifatida keng nishonlanadi. Mamlakatimizda esa fevral oyining ilk haftasidanoq boshlangan Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bagʻishlangan adabiy-musiqiy, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar butun fevral oyi davomida koʻtarinki ruhda davom ettiriladi.

Joriy yilning 13-fevral sanasida shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan Prezident taʼlim muassasalari Agentligi tizimidagi Amudaryo Ixtisoslashtirilgan maktabining tantanalar zalida mazkur maktab oʻqituvchi va oʻquvchilar jamoasi bilan Amudaryo tumani madaniyat va turizm boʻlimi hamkorligida maʼnaviy-maʼrifiy, adabiy-musiqiy tadbir boʻlib oʻtdi. “Buyuk shoh va shoir” mavzusida oʻtkazilgan tadbirda Amudaryo tumani turizm va madaniyat boʻlimi xodimlari boʻlim tarkibidagi madaniyat markazlarida faoliyat olib boruvchi toʻgaraklar aʼzolari, Amudaryo Ixtisoslashtirilgan maktabining adabiyotga qiziquvchi oʻquvchi-yoshlari ishtirok etishdi.

Tadbirni maktabning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Muyassar Rahmatullayeva ochdi va Bobur ijodiy faoliyati, dunyo xalqlari tomonidan yuksak eʼtirof etilgan, hamon sevib oʻqilayotgan asarlari, bu asarlarning maʼnaviy-maʼrifiy, tarbiyaviy ahamiyati haqida qisqacha maʼlumot berdi.

Betakror shoir, yirik davlat va madaniyat arbobi, zakovatli olim, tarjimon, donishmand tarixchi, mohir sarkarda, yuksak maʼnaviyatli, oilaparvar, elparvar inson Z.M.Bobur juda qisqa, 47-yil umr koʻrdi. U oʻzining 47 yillik hayoti davomida asrlar osha dunyo xalqlarini hayratga solib kelayotgan ijodi bilan hamon millatlar, elatlar, maʼnaviyatga, sheʼriyatga, gʻazaliyotga oshna xalqlar tomonidan yuksak eʼtirofga, eʼtibor va hurmatga sazovor boʻlaoldi.

Shoh va shoir, betakror adib ijodining sarchashmasi hisoblangan memuar asar – “Boburnoma” nafaqat milliy adabiyotimizning noyob durdonalaridan, balki jahon adabiyotining nodir namunalaridan sanaladi. “Boburnoma” oʻsha davr oʻzbek adabiyotining nasr janrida yaratilgan yirik asarlardan biri sifatida muhim oʻrin tutadi. Mazkur qomusiy asar dunyoning 30 dan ortiq tillariga tarjima qilingan va asarning tarjima nusxalari Bobur va boburiylar sulolasiga oid manbalar sifatida jahonning 70 dan ziyod muzeylarida saqlanmoqda.

Tadbirda Ixtisoslashtirilgan maktabning yosh adabiyot ixlosmandlari faqatgina Frantsiyaning Parij shahridagi kutubxonasida saqlanayotgani Bobur qalamiga mansub “Risolayi aruz” asarida aruzning 537 ta vazni haqida soʻz yuritilgan va Bobur bobomiz oʻz fikrini isbotlash niyatida 70 dan ortiq ijodkorlarning asarlaridan misollar keltirganini, shuningdek shoirning yuksak salohiyatli tarjimonligini isbotlovchi “Risolayi volidiya” kitobi haqida faxrlanib soʻz yuritdilar. Shuningdek, oʻquvchilar shoir hayotining muayyan yillari bilan bogʻliq boʻlgan va bizgacha yetib kelgan 400 dan ortiq lirik asarlari, shundan 119 ta gʻazal, 231 ta ruboiy, tuyuq, masnaviy va qitʼalari xususida maʼlumotlar berdilar.

Tadbirning adabiy-musiqiy qismida oʻquvchi-yoshlar Zahiriddin Muhammad Bobur ijodidan namunalar oʻqidilar, shoir gʻazallari, ruboiy va tuyuqlarini yoddan aytishib, ularning maʼnolari, maʼnaviy-maʼrifiy ahamiyati haqida oʻz fikrlarini bildirdilar. Ayniqsa, maktab oʻquvchilari talqinidagi Bobur hayoti va ijodi haqidagi sahna koʻrinishlari tadbir ishtirokchilariga maʼnaviy ruh bagʻishladi.

Shuningdek, tadbirda Amudaryo tumani turizm va madaniyat boʻlimi sanʼatkorlari tomonidan Bobur gʻazallari asosida tayyorlangan. “Mumtoz navolar” kontsert dasturi ham namoyish etildi. Soʻz va navo uygʻunligida oʻtkazilgan “Buyuk shoh va shoir” mavzusidagi tadbir barchaga maʼnaviy ruh bagʻishladi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026