DEPUTAT TAŞABBUSI BILAN “JAHOLATGA QARŞI - MAʼRIFAT” MAVZUSIDA TADBIR ÖTKAZILDI
Ötgan asrning 79-89-yillarini hali-hanuz xalqimiz dard-alam bilan eslaydilar. Azobli xotiralar tilga kirganida maşʼum ön yilga “qora kunlar”, deya taʼrif berişadi. Çunki aynan şu yillarda qardoş Afğoniston zaminida sobiq SSSRning çeklangan harbiy qismlari kontingenti öşa paytdagi Afğoniston Demokratik Respublikasi (keyinçalik Afğoniston islom respublikasi) qurolli kuçlari bilan birgalikda xalqaro terrorçilik tödalariga qarşi uruş olib borar, Markaziy Osiyo Respublikalari hududidan köplab navqiron yigitlar ham özga yurtda jon olib-jon berişardi, Amudaryo tumanidan 13 nafar 18-20 yoşli navqiron yigitlar ana şu Afğoniston zaminidagi qaqşatqiç janglarda qurbon böldilar.
Joriy yilning 15-fevral sanasida Afğonistonda sobiq sovet qöşinlarining harbiy harakatlari tugatilganiga 34-yil tölişi munosabati bilan Amudaryo tumanidagi köplab idora va jamoat taşkilotlarida Afğon uruşi iştirokçilari bilan uçraşuvlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar bölib ötdi.
Ana şunday tadbirlardan biri Manğit şahridagi 16-sonli Ixtisoslaştirilgan davlat umumtaʼlim maktabida ham ötkazildi. “Jaholatga qarşi - maʼrifat” mavzusida ötkazilgan mazkur tadbirni xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi deputati Oybek Begimov taşkillaştirdi va olib bordi.
Uçraşuv tadbirida Afğoniston zaminida xalqaro terrorçilik tödalariga qarşi kuraşda iştirok etgan Mambatsoliy Abdullayev, Bahodir Jumaniyozov, Ozodboy Xöjaniyozovlar taşabbusi bilan tumanning turli hududlarida istiqomat qiluvçi sobiq afğonçi faxriy-jangçilar taklif etilib, öquvçi-yoşlar bilan dildan muloqot qiliş muhiti yaratildi.
Uçraşuv davomida faxriy jangçilar öquvçilarga Afğoniston zaminida özlari boşlaridan keçirgan qonli voqealar, bemavrid xazon bölgan quroldoş döstlari haqidagi xotiralaridan sözlab berdilar. Ayniqsa, Mambatsoliy Abdullayev va Ozodboy Xöjaniyozovlar mamlakatimizda yoşlarning qobiliyat va iqtidorlarini namoyon etişlari uçun barça sohalarda zarur şart-şaroitlar yaratilganini, bugungi yoşlarning öqib-izlanişdan boşqa taşvişlari yöqligini, mamlakatimizdagi tinçlik-osoyiştalikning qadriga yetiş zarurligini aytişib, tumanimizdan mazkur uruşga ketib, bemavrid şahid bölgan 13 nafar yigitning nomlarini, ularning qahramonliklarini birma-bir yodga olişdi. Ana şu fidoyi jangçilar xotirasi oldida har birimiz qarzdorlik hissi bilan yaşaşimiz, ona Vatanga munosib xizmat qilişimiz, tinçligimizni köz qoraçiğidek asraş burçimiz ekanligini yoşlarga qayta-qayta taʼkidladilar.
Öz navbatida öquvçi-yoşlar faxriy jangçilarga özlarini qiziqtirgan savollarni berişdi va dildan, samimiy muloqotda bölişdi. Ayniqsa, öquvçi-yoşlar faxriy-jangçilarning janggohlardagi xotiralaridan nihoyatda taʼsirlandilar, har qanday vaziyatda ham ona Vatanga sodiqlik tuyğusi bilan yaşaş, jaholatga qarşi kuçli maʼrifat bilan javob berişga har lahzada tayyor turiş zarurligini qalban his etdilar.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶