TIBBIYoT BIRLAŞMASI HAMŞIRALARIGA PATRONAJ SUMKALARI TOPŞIRILDI
Bugungi kunda yurtimizda reproduktiv yoşdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga körsatiladigan tibbiy yordam sifatini oşiriş, kölamini yanada kengaytiriş, tibbiy xizmatni samarali yölga qöyiş kabi maqsadlarda muhim çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Ayniqsa, bu borada katta ahamiyat kasb etayotgan patronaj xizmati takomillaştirilib, qamrovni yanada yaxşilaş, hamşiralik yordamini körsatiş, tibbiy madaniyatni yuksaltiriş kabi işlarning yangiça mezon va taʼsirçan usullari joriy etilmoqda.
22-fevral kuni tuman Tibbiyot birlaşmasi majlislar zalida tibbiy xizmat sifatini yaxşilaş borasida olib borilayotgan işlar xususida yiğiliş ötkazildi. Tibbiyot birlaşmasi rahbari Faxriddin Abdullayev tomonidan ötkazilgan mazkur yiğilişda tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev ham iştirok etdi.
Yiğilişda tuman hokimi tibbiyot xodimlari, soha mutaxassislari bilan muloqotda bölib, soğliqni saqlaş tizimida olib borilayotgan islohotlar, tumanimiz aholisiga körsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, moddiy-texnik bazani yaxşilaş borasida amalga oşirilayotgan işlar xususida sözlaşdi. Şuningdek, tibbiy patronaj xizmati inson salomatligini asraş, kasalliklarning oldini oliş va xalqimiz salomatligini muhofazalaşda muhim örin tutişini alohida taʼkidlab ötdi.
Yiğiliş davomida sözga çiqqan soha masʼullari ham uşbu yönalişdagi işlar talab darajasida yölga qöyilayotgani natijasida köplab tibbiy-ijtimoiy muammolarning oldi olinayotgani, kasalliklarni keskin kamaytiriş, jamiyatda soğlom turmuş tarzini qaror toptirişda muhim ahamiyat kasb etayotgani töğrisida keng töxtalib ötişdi.
Taʼkidlanganidek, bugungi kunda tibbiyot xodimlari tomonidan hudud aholisi har olti oyda xatlovdan ötkazilmoqda. Unda aholi orasida patronaj kömagiga ehtiyojmand qatlam aniqlab olinib, patronaj hamşira, umumiy amaliyot şifokori va tor mutaxassislar iştirokida xonadonlarda maqsadli patronaj tadbirlari taşkil etilmoqda. Unda patronaj parvarişga muhtoj yolğiz qariyalar, nogironlar va özgalar parvarişiga muhtoj şaxslar, 1 yoşgaça va nogiron bolalar, homiladorlar, yangi tuqqan onalar patronaj bilan qamrab olinmoqda. Aniqlangan bemorlarni esa kasalligiga qarab, ambulator yoki statsionar şaroitda tumandagi tibbiyot muassasasida davolaş çoralari körilmoqda.
Yiğilişda şu kabi maʼlumotlar berilganidan söng, Prezidentimizning “Birlamçi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlaştiriş va tibbiy xizmatlar samaradorligini oşiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Qarori hamda aholiga körsatilayotgan birlamçi tibbiy-sanitariya yordamining, tibbiyot xodimlarini qöllab-quvvatlaş va faoliyat samaradorligini oşiriş böyiça çora-tadbirlar Dasturiga asosan mahalliy byudjet hisobidan 50 nafar patronaj hamşiralarga tibbiyot sumkalari topşirildi. Tibbiyot sumkalarini qabul qilib olgan patronaj hamşiralar Prezidentimiz va tuman hokimiga soğliqni saqlaş sohasiga qaratayotgan eʼtiborlari uçun minnatdorçilik bildirdilar. Özlariga topişirilgan vazifalarni sidqidildan bajarişga va patronaj tibbiy xizmati sifatini yanada yaxşilaşga, bemorlarning tibbiyot xodimlaridan roziligiga erişişga bor kuç va bilimlarini sarf etişga tayyor ekanliklarini aytdilar.
Taʼkidlaş joizki, tibbiy madaniyat darajasining yuqori bölişida patronaj hamşiralarning örni beqiyos. Bugungi kunda örta tibbiyot xodimlarini iş qurollari bilan taʼminlaş, mehnatini yengillaştiriş borasida amalga oşirilayotgan bu kabi işlar hamşiralarning iştiyoqini oşirib, tibbiy xizmat sifatini yanada yaxşilaşga xizmat qiladi.
J.Yavkaşev, tuman TTB taşkiliy-uslubiy bölimi mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶