ILGʻOR OʻQUVChILARIMIZ BILAN FAXRLANAMIZ
Maktablarimizda ertangi kunimizning vorislari taʼlim-tarbiya olmoqdalar. Ularni yuksak maʼnaviyatli, chuqur bilimli, vatanparvar, keng mushohadali, kelajagi buyuk davlatni barpo etish yoʻlida ijodkor va faol qilib tarbiyalash bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridandir.
Bizning 73-sonli maktabimizda ham oʻquvchilarning nutqiy, aqliy savodxonliklarini oshirish maqsadida insholar tanlovi, kitobxonlar tanlovi kabi ijodiy, mustaqil ishlar oʻtkazilib kelinmoqda. Maktabimizning 11-sinf oʻquvchisi K.Gulimmatova, 10-sinf oʻquvchisi S.Sobirova, 9-sinf oʻquvchisi S.Iskandarova, M.Oʻrozmetova kabi ijodkor qizlarimiz turli insholar tanlovlarida qatnashib, munosib oʻrinlarni egalladilar.
Tumanimizda faoliyat yuritayotgan “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan eʼlon qilinayotgan insholar tanlovlarida ham oʻquvchilarimiz faol ishtirok etib, sovrindor boʻlishdi.
Yaqinda tuman Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan eʼlon qilingan “Mening qishlogʻim” mavzusidagi insholar tanlovida qatnashgan maktabimiz oʻquvchisi K.Gulimmatova faxrli 1-oʻrinni egalladi.
Men maktabda uch yildan buyon ijodkor oʻquvchilar bilan birgalikda ishlab kelmoqdaman. Ular bilan suhbatlashaman, fikrdosh boʻlaman. Oʻquvchilarga mustaqil ishlash jarayonida amaliy koʻmak berish hamda taʼlim samaradorligini oshirish maqsadida ularning ijodiy ishlaridan namunalar toʻplab boraman.
Oʻquvchi qanchalik koʻp oʻqisa, imlo qoidalaridan shunchalik koʻp xabardor boʻladi, chunki soʻzlarning, jumlalarning qay tartibda yozilishi xotirasida saqlanib qoladi. Bu saʼy-harakatlarning barchasi inshoni bexato yozishda yordam beradi. Bugina emas, ijodiy fikrlash jarayonida ham oʻquvchiga eng yaxshi maktab, albatta, uning oʻqigan badiiy asarlari boʻladi.
Maktabimiz jamoasi haqli ravishda bunday faol oʻquvchilari bilan faxrlanadi.
Shahida TOJIBOYeVA,
73-sonli maktabning ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶