QORAQALPOQ ADABIYoTINING YIRIK NOMAYoNDALARI XOTIRASIGA HURMAT-EHTIROM KÖRSATILDI
Umumtaʼlim maktablarida öquvçilarning bilimi, odobi va axloqiy sifatlarini baholab boriş orqali ularning faolligini oşirişga alohida eʼtibor qaratiladi. Çunki sinfdoşlari va maktabdoşlari davrasida özi erişayotgan yutuqlari haqida alohida eʼtirof etilib, maʼnaviy rağbatlantirilgan öquvçi öz ustida yanada samaraliroq işlaşga, yangi yutuqlarga erişişga intiladi.
Amudaryo tumanidagi 1-sonli umumtaʼlim maktabi pedagogika jamoasi tomonidan öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşirişning öziga xos va samarali uslubidan foydalaniladi. Maktabda har duşanba va juma kunlari ertalabki saflaniş ötkaziladi. Bu saflaniş vaqtida öquvçilarning hafta davomida olgan bilimlari, yutuq va kamçiliklari tahlil qilinadi. Alohida muvaffaqiyatga erişgan öquvçi-yoşlar maktabdoşlariga namuna qilib körsatiladi hamda ularning yutuqlarini maktab miqyosida ommalaştirişga qaratilgan tarğibot tadbirlari ham ötkaziladi. Duşanba kunlari esa yangi öquv haftasi uçun rejalar belgilab olinadi.
Joriy yilning 5-may sanasidagi saflaniş hafta yakuniga bağişlandi. Unda anʼanaga köra, aʼloçi, jamoatçi va izlanuvçan öquvçilar boşqalarga ibrat qilib körsatildi. Saflaniş tadbiri davomida Özbekiston Qahramonlari, Özbekiston va Qoraqalpoğiston xalq şoiri Ibroyim Yusupov hamda Özbekiston va Qoraqalpoğiston xalq yozuvçisi Tölepbergen Qaipberganov tavalludining 94 yilligiga bağişlangan adabiy xotira keçasi, şuningdek, faol öquvçi-yoşlarni taqdirlaş marosimi ötkazildi.
Qoraqalpoq va özbek adabiyotining zabardast namoyondalari, xalqimizning aziz farzandlari Ibroyim Yusupov qalamiga mansub şeʼrlarni öquvçilar mahorat bilan yoddan öqib berdilar. Şuningdek, Qoraqalpoq va özbek adabiyotiga özining betakror ijodiy faoliyati, biri-biridan qiziqarli nodir asarlari bilan munosib hissa qöşgan Tölerbergen Qaipberganov asarlari haqida tölqinlanib söz yuritdilar.
Tadbir davomida “Yoş gvardiyaçilar” musobaqasining Amudaryo tumani bosqiçida faxrli 3-örinni egallagan “Qalqon” jamoasi tomonidan Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan jangovor maşqlar namoyiş etildi.
Şundan söng, “Yoş gvardiyaçilar” musobaqasining tuman bosqiçida faxrli 3-örinni egallagan “Qalqon” jamoasi aʼzolari, sport musobaqalari hamda fanlar olimpiadasi, turli xil körik-tanlovlarda iştirok etib, ğolib va sovrindor bölgan öquvçilar maktab maʼmuriyati tomonidan munosib taqdirlandilar.
Saflaniş tadbiridan söng, maktabning qoraqalpoq tili öqituvçisi Aptabida Abdumuratova tomonidan qoraqapoq adabiyoti yirik namoyondalari Ibroyim Yusupov hamda Tölerbergen Qaipbergenovlar ijodiga bağişlangan davra suhbati ham taşkil etilib, unda qoraqalpoq tili fani uslubbirlaşmasi va “Ziyvar” tögaragi aʼzolari iştirok etişdi.
Qiziqarli savol-javoblar Ibroyim Yusupov şeʼriyati va Tölepbergen Qaipbergenov asarlarining badiiy qimmati, tili va uslubi, ular yaratgan zamonamiz qahramonlarining yoşlar taʼlim-tarbiyasida tutgan örni haqida söz yuritildi. Şu bilan birga Ibroyim Yusuopv şeʼriyati hamda Tölepbergen Qaipbergenov asarlarining bilimdonlari ham aniqlanib, alohida eʼtirof etildi. Qoraqalpoq tili öqituvçisi Aptabida Abdumuratova “Ziyvar” tögaragi aʼzolari uçun Qoraqalpoq tili va adabiyotining xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirişdagi juda katta ahamiyati xususida sermazmun maʼruza qildi hamda tögarak aʼzolarining bu boradagi bilimlarini sinovdan ötkaziş maqsadida qoraqalpoq folklor adabiyoti xazinasi durdonalaridan parçalar öqib berib, zakovat öyinlari ötkazdi. Öz navbatida tögarak aʼzolari qoraqalpoq folklor adabiyoti yuzasidan özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Barça savollarga Aptabida Abdumuratova biri-biridan qiziqarli xalq oğzaki ijodi namunalari orqali javoblar berdi.
Maktabda ötkazilgan Saflaniş tadbiri doirasidagi Xotira va qadrlaş kuniga bağişlangan adabiy keça, şuningdek “Ziyvar” tögaragi aʼzolari iştirokidagi davra suhbati qiziqarli taassurotlarga boy tarzda ötdi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶