FERMER XÖJALIKLARINING 1500 GEKTAR MAYDONIGA KARTOŞKA EKILADI
Kartoşkani xalqimiz bejizga ikkinçi non, deb atamaydi. Çunki kartoşka ham asosiy oziq-ovqat mahsulotimizdan biri, töyimli, şifobaxş bölganligi uçun ham muhim ijtimoiy ahamiyatga ega. Bozorlarda kartoşkaning arzon, tökin va sifatli bölişini taʼminlaş – xalqimizning rizq-nasibasi möl bölişini taʼminlaş demakdir.
2020-yil 6-mayda qabul qilgan Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada kartoşka yetiştirişni kengaytiriş va uruğçiligini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida kartoşka yetiştirişni köpaytiriş, isteʼmol va uruğlik kartoşkaga bölgan içki bozor talabini qondiriş, zamonaviy kartoşka plantatsiyalarini barpo etiş, isteʼmol va uruğlik kartoşkani saqlaş, saralaş, yetkazib beriş va qayta işlaşni yölga qöyiş, sohaga ilğor innovatsion texnologiyalarni joriy etiş belgilangan edi.
Qarorda şuningdek, kartoşka yetiştirişda klasterlar, kooperativlar taşkil etiş, ekinni yirik-yirik kartalarga yaxlit ekiş böyça topşiriqlar berilgan edi.
Amudaryo tumanida ham kartoşka yetiştirişga ulkan eʼtibor qaratilmoqda. Xalqimizning asosiy oziq-ovqat mahsuloti – kartoşkaçilik borasida tumanimiz dehqonlarining ham öziga xos tajriba va mahorati şakllanganki, şu tufayli bozorlarimiz tökin, narxi hamyonbop.
Quvonarlisi, endilikda isteʼmol uçun ham, uruğlik uçun ham kartoşka yetiştiriş hajmi ortadi. Endilikda bu boradagi işlar klaster usulida taşkil etiladi.
Xolimbeg ovulidagi “Zafarbek Şermetov” fermer xöjaligida uruğlik kartoşkani sifatli ekişga bağişlangan körgazmali seminar bölib ötdi.
Körgazmali seminarda tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi örinbosari Daryabay Qaypov, sektorlar rahbarlari, qişloq xöjaligi masʼullari, fermerlar, tomorqa yer egalari iştirok etdilar.
Tadbirda isteʼmol va uruğlik kartoşka navlarini sifatli ekiş va möl hosil yetiştiriş borasida fikr almaşildi hamda bu boradagi kelgusi rejalar belgilab olindi.
Seminarda joriy yilda tuman böyiça qişloq xöjaligi korxonalarining 236 gektar, aholi tomorqalarining 1200 gektar yer maydonlariga ertagi kartoşka ekilib, parvariş qilinayotganligi taʼkidlandi. Endilikda kartoşkaçilik klasteri taşkil etilişi munosabati bilan yuqori avlodli uruğlik kartoşka yetiştiriş uçun hududlarning tuproq-iqlim şaroitiga mos keladigan, suv bilan taʼminlangan 1500 gektar maydonlari tanlab olindi. Jumladan, Tölqin ovuli hududidan 700 gektar, Xolimbeg ovuli hududidan 800 gektar paxta maydonlarini qisqartiriş hisobiga mazkur dalalarga kartoşka ekiladi. Bunda hudud aholisining kartoşka yetiştirişga bölgan qiziqişi, bu boradagi tajribasi ham inobatga olinganligi tuşuntirib ötildi.
Şu kungaça Rossiyadan “Gala” navli R1 avlodga mansub kartoşka uruği olib kelinib, Xolimbeg ovulidagi 20 gektar maydonga, Tölqin ovuli hududidagi 20 gektar maydonga ekildi va möl hosil yetiştiriş çoralari körilmoqda.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶