“MEN SEVGAN BADIIY QAHRAMON” MAVZUSIDAGI VIDEOROLIKLAR TANLOVI GʻOLIBLARI ANIQLANDI
Amudaryo telekanali tahririyati tomonidan “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar – kelajak poydevori” grant loyihasi doirasida turli tadbirlar oʻtkazilib kelinmoqda. Tanlovlar, kutubxonalarga sayohatlar, chekka hududlardagi umumtaʼlim maktablarida koʻchma kutubxonalar tashriflari, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilib, yoshlar maʼnaviyati yuksaltirilmoqda. Ularning maʼnaviy-ruhiy va intellektual salohiyatini oshirish, jamiyatda ijtimoiy muhitni sogʻlomlashtirish ishlariga hissa qoʻshish maqsadida ommaviy axborot vositalarida targʻibot ishlari ham olib borilmoqda.
Yaqinda ushbu grant loyihasi doirasida “Men sevgan badiiy qahramon” mavzusida videoroliklar tanlovi oʻtkazildi. Umumtaʼlim maktablarining 6-11-sinflar oʻquvchilari ishtirok etgan mazkur tanlovda yoshlar oʻzlari sevib oʻqigan asar va undagi sevimli qahramon obrazini talqin etib tayyorlagan videoroliklarini taqdim etishdi.
Tanlov yakunida 36-sonli maktabning 10-sinf oʻquvchisi Sevinchoy Jumaboyeva 1-oʻrin, 41-maktabning 6-sinf oʻquvchisi Sevinchoy Ametova 2-oʻrin, 13-maktabning 11-sinf oʻquvchisi Shahlo Oʻrinboyeva esa 3-oʻrin gʻoliblari deb topildi. Gʻoliblarga tahririyat tomonidan faxriy yorliq va sovgʻalar topshirildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶