XALQ OGʻZAKI IJODI NAMUNALARI MILLIY BOYLIGIMIZDIR
Xalq ogʻzaki ijodi namunalari- xalqimizning azal-azaldan ogʻizdan ogʻizga oʻtib, biz avlodlarga yetib kelayotgan boy maʼnaviy meroslarimizdan hisoblanadi va yillar osha oʻqib- oʻrganilib kelinmoqda. Chunki xalq ogʻzaki ijodi namunalari boʻlmish qoʻshiqlar, laparlar, maqol va matallar, topishmoqlar va tez aytishlar insonning maʼnaviy olamini boyitishgagina xizmat qilibgina qolmay, balki zehnini charxlashga, ularning nutqiy qobiliyatlarining rivojlanishiga katta hissa qoʻshadi.
Shuni alohida eʼtirof etish joizki, oʻzbek xalq ogʻzaki ijodi namunalari mazmunan va janr xususiyati jihatidan ham rang-barang va jozibadordir. Dostonlar, qoʻshiqlar, termalarni oʻqigan yo eshitgan odamning koʻnglida taʼriflanayotgan voqea - hodisa xuddi koʻz oʻngida sodir boʻlayotganday taassurot qoldiradi. Shu boisdan ham umumiy oʻrta taʼlim maktablarida oʻquvchilarga xalq ogʻzaki ijodini chuqur oʻrgatishga alohida eʼtibor qaratiladi.
Yaqinda men oʻzim faoliyat yuritayotgan 65-sonli maktabning 7-“b”sinfi oʻquvchilari ishtirokida oʻzbek xalq ogʻzaki ijodi namunalarini oʻrganishga bagʻishlangan “Men oʻzbekman” deb nomlangan nutq sanʼatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi tadbir oʻtkazdim. Unda oʻquvchilar milliy liboslarda sahnaga chiqib, xalq ogʻzaki ijodi namunalarini ijro etdilar hamda oʻzlarining milliy merosimizga boʻlgan hurmat- ehtiromini namoyish etdilar. Men ularning koʻnglida ona tili va adabiyot fanini oʻqitish jarayonida asrlar osha sayqallanib bizgacha yetib kelgan xalq ogʻzaki ijodiga mehr uygʻota olganimga juda xursand boʻldim.
Adolat Erboyeva, 65-sonli maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶