Jayxun ilhomlari
Ustozlarga
Ahil bir jamoa, mudom oğzi bir,
Maqsadlari uluğ – tarbiya-taʼlim.
Köngillar pokiza, yöqdir aslo kir,
Ularni ataşgan – Buyuk muallim!
Ular oddiy edi, oddiylik – xislat,
Bolani boladay suyar edilar.
Ibroyim Maşarif, Şomurod Davlat,
Elning ertasi deb kuyar edilar.
Ularning sardori Ismoil ustoz,
Adolat, qatʼiyat unga yor edi.
Har bir darsi – maktab, yoşlarga parvoz,
Yöldoş Matqurbonday inson bor edi.
Aminboy oğaning örgatgan harfi,
Maʼrifati bilan dunyoni kezdim.
Mirza aka, Kenjaboy, Örozboy oğa,
Qarşisida özni eng ğarib sezdim.
Mamatsoliy aka, Egam Saidlar,
Aniq fanlar aro sulton edilar.
Moziydan söz oçsa, Tursunboy ustoz,
Buyuklar sinfda giryon edilar.
Har bir ögitida maʼno mujassam,
Sözlarim ğaribdir, taʼriflar ham oz.
Bilim ham tajriba tahlil ila jam,
Qalbimizda yaşar Nazarimbat ustoz.
Marhumlarning yodi qalbimizdadir,
Ruhlarini doim qilib turing şod.
Tiriklarga hurmat tilimizdadir,
Duolarda mudom qilib turing yod.
Ana, davradadir Rajabboy ustoz,
Adabiy dunyoga yetaklab kirgan.
Har bitta bolaga işonç va parvoz,
Qanotlar baxş etgan Maşarif ustoz.
Rajabboy, Töraboy, Saparboy oğa,
Yangiboy oğalar bir dunyo edi.
Muallima opalar darsi oldida,
Hatto ertaklar ham böş, sayoz edi.
Azizlar, Sizlardan köp erur qarzim,
Kamtarin pokiza, hokisor ustoz.
Bugun poyingizda qilaman taʼzim,
Sizgadir ehtirom, sizgadir eʼzoz.
Sanobar Xöjamurodova,
40-sonli maktab direktori.
Amudaryom
Jayxun böylarida gullab-yaşnagan,
Manzilim-makonim, jon Amudaryom.
Özga yurtga zarra havasim yöqdir,
Özing şaraf-şonim, jon Amudaryom.
Öğil-qizlaringda şijoat bugun,
Imon-u eʼtiqod, itoat bugun.
Şu sabab yurtimda halovat bugun,
Osuda osmonim, jon Amudaryom.
Qöli gul, mirişkor, dehqonlaring bor,
Har sohada bölar zafar senga yor.
Baxtiyor insonlar yurti bu diyor,
Azal boylik koni, jon Amudaryom.
Yangi Özbekiston – uying seniki,
Qadim-köhna qöşiq, kuying seniki.
Mustaqillik, Navröz töying seniki,
Mudom quvonç onim, jon Amudaryom.
Şomurod, şaʼningga ğazal bitarman,
Qölga sozim olib, kuylab ötarman.
Ellar içra noming dovruğ etarman,
Tilimda dostonim, jon Amudaryom.
Şomurod XÖJANOV, Dörman ovuli.
Yaxşilar
Yaxşilarga bu jonim fido,
Yomonlarga körsatar Xudo.
Yuz burmasin yomonlikka deb,
Yaxşilarga ayladim nido.
Yomonlardan çiqmaydi hojat,
Yaxşilardan topilar najot.
Yaxşilardan yuk yerda qolmas,
Yaxşilar bor, mazmunli hayot.
Yaxşilarda köp yaxşi sözlar,
Quvonçlardan yoş töksin közlar.
Yaxşilarga intilar borliq,
Yaxşilikdan eriydi muzlar.
Yaxşilarga jon baxşidadir,
Yaxşi bölsin doimo yöldoş.
Yaxşilar-la yaşaş yaxşidir,
Yaxşilardir har işda qöldoş.
Bekbergan Tleumuratov,
Qipçoq OFY.
Hayoting oldinda
Öğlim, keng dunyoda hayoting oldda,
Bosgan qadamingning barisi ortda.
Şöx-şodon öynagan bolalik ötib,
Öynab yurgan vaqtlar sarfin unutib.
Umid qilgan işing amalga oşir,
Umr ötguvçidir, özingni şoşir.
Yaqin yöldoşingga döst böla bilgil,
Qinğir qiliq emas, yaxşilik qilğil.
Ayyor körsang, domiga tuşma,
Şirin gapirar, deb söziga uçma.
Boğda doim gulmas, tikon ham ösar,
Çaqir tikon gulning yölini tösar.
Har joy, har köçada ortdan otib toş,
Duşmaning közingga körinsa yuvoş,
Bundan ogoh bölib omon ötgaysan,
Baxt quşini uşlab, qölda tutgaysan.
Ğamlarni kulib yeng, qayğudan çekin,
Ezgu işlaringni unutma lekin.
Yöldan adaştirib ketguvçilar bor,
Surinsang, ustingdan kulguvçilar bor.
Aytganlarim baʼzan çöpçakka öxşab,
Tuyulmasin senga, pandim ol töxtab.
Dono gaplar aytar uyning qarisi,
Bular boşdan ötgan bari-barisi.
Jumaboy HIDOYaTOV,
«Jayxun ilhomlari» NNT aʼzosi.
Yulduzim
Yulduzlar körinmas osmonimda heç,
Porlab turar edi umid baxş etib.
Xatoni önglaşga balki böldi keç?
Xavf-u xatarlarda qoldik toliqib.
Insonlar özgardi vaqt ötgan sari,
Balki şuning uçun xiradir yulduz?
Mehr-u oqibat va eʼtibor qani?
Köngillar göyoki qahraton qiş, muz.
Bölarmiş insonning baxt yulduzi,
Baxtiyor bölsa gar quyoşday porlar.
Öşa yulduz porlab keça-kunduzi,
Insonni orzular yöliga çorlar.
Hayot sinovlari yomon qiynadi,
Mening yulduzimni tösdi bulutlar.
Ammo orzularni közim qiymadi,
Ulardan keçmadim, tözdi bulutlar.
Ana, porlab ketdi yana yulduzim,
Mehr nuri tuşib yorişdi yölim.
Muhayyo Jumaboyeva,
82-maktab öquvçisi.
Yomğir
Yoğsa yomğir maydalab,
Maysalarni erkalab.
Yer yuzini siypalab,
Barakadan darakdir.
Dehqonga madadkor u,
Mehnat-la dalada u.
Yaxşilikka burkanur,
Dunyo husni oçilur.
Goh bulutning ortidan,
Möralaydi yer tomon.
Gohida şöxlik qilib,
Şovullaydi beorom.
Yuzlarimni çimçilab,
Ğuborlarim aritgin.
Dilimdagi ğamlarim,
Özing-la olib ketgin.
Murodboy Madiyarov,
51-maktab öqituvçisi.
Fanlar
Fanlar göyo bir dunyo –
Oqadi daryo bölib.
Döstim, öqi, til örgan,
Adaşmaydi til bilgan.
Matematika fanlar şohi,
Ona tili sanʼatdir.
Rus tili tamal toşi –
Til bilmoq-çun daʼvatdir.
Fizikani bilsang gar,
Kimyoga qilgung safar.
Biologiya bilan,
Yaşaging kelaverar.
Rus tili hamda ingliz,
Nemis, ispan, frantsuz.
Tillarin bilgan yutar,
Arab-u Hindga yetar.
Munisa Töremuradova,
6-maktab öquvçisi.
Orzu
Nomingni tanitiş maqsad qilganman,
Qalqon qilib oldim vijdon-iymonni.
Men hali köklarga olib çiqaman,
Boşimga kötarib Özbekistonni!
Eng katta boyligim özingsan, yurtim,
Yuksalişing uçun tikaman jonim.
Men hali dunyoga olib çiqaman,
Yelkamga opiçib Özbekistonni!
Yurtimning azamat öğlonlari bor,
Vatan uçun ayamas jon ila qonni.
Biz hali köklarga olib çiqamiz,
Boşlarga kötarib Özbekistonni!
Madina HASANBOYeVA, 2-sonli kasb-hunar maktabi öquvçisi.
OILAMIZ
Oilamizda beş kişi,
Yaşaymiz ahil-inoq.
Hamjihatmiz doimo,
Bir-birimizdan quvnoq.
Dadam, onam işlaydi,
Ukam va men öquvçi.
Juda erka singilçam,
Aytganin qildirguvçi.
Mehmon kelib qolsa gar,
Biz onamga dastyor.
Uyimiz fayzga tölar,
Bizga doim baxt yor.
Gulasal MAXSUDOVA,
76-maktab öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶