«Taraqqiyot közgusi» gazetasi maxsus muxbiri Oygul Rajabova «Mehnat faxriysi» kökrak nişoni bilan taqdirlandi
Özbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş «Nuroniy» jamğarmasi Vasiylik kengaşining 2023-yil 27-maydagi «Mehnat faxriysi» kökrak nişoni bilan taqdirlaş töğrisida”gi qaroriga muvofiq, mamlakatimizning iqtisodiyot, işlab çiqariş, ilm-fan, madaniyat, taʼlim, soğliqni saqlaş, yurisprudentsiya va boşqa sohalarida köp yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan pensiya yoşidagi bir guruh yurtdoşlarimiz «Mehnat faxriysi» kökrak nişoni bilan mukofotlandi.
Mukofotlanganlar qatorida uzoq yillardan beri tumanimiz matbuotiga öz hissasini qöşib kelayotgan tajribali jurnalist Oygul Rajabova ham bor.
U ilk jurnalistik faoliyatini 1985-yilda «Amudaryo haqiqati» (hozirgi «Taraqqiyot közgusi») gazetasi tahririyatida qişloq xöjalik bölimi muxbiri lavozimida işlaşdan boşlagan. Köp yillar davomida mazkur gazetaning bölim mudiri, masʼul kotibi vazifalarida samarali mehnat qilib, tumanimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida, yurtdoşlarimiz turmuşida röy berayotgan yangiliklarni faol yoritib keldi.
Ijodiy faoliyati davomida “Maşaqqatlarda toblangan umr” oçerki, “Tuşlarimga kirib turing” esse janridagi ijod namunalarini kitobxonlar eʼtiboriga taqdim etdi. Mohir tarjimon sifatida qoraqalpoq şoir va yozuvçilarining asarlarini özbek tiliga ögirib, millatlar va adabiyotlar döstligining mustahkamlanişiga hissa qöşdi.
Fidoyi jurnalistning mehnatlari davlatimiz tomonidan eʼtirof etilib, turli yillarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining, Özbekiston Jurnalistlari ijodiy Uyuşmasining Faxriy yorliqlari, «Özbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20-yil» kökrak nişonlari bilan taqdirlangan.
Tahririyatlarimiz nomidan Oygul Rajabovaning II Darajali «Mehnat faxriysi» kökrak nişoniga sazovor bölgani bilan tabriklab, uning kelgusidagi ijodiy işlariga zafarlar tilaymiz!
"Taraqqiyot közgusi" gazetasi va Amudaryo televideniyesi tahririyatlari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶