Jayxun ilhomlari
KUZ HAVOSI
Kuz havosi köngilli bugun,
Körki ajib körindi bugun.
Keltirgan fayz, oni boşqaça,
Körmagandim to şu yoşgaça.
Köz öngimda balqigan bu dam,
Aylay bayon boğ vasfini ham.
Quşlar quvnoq, gala bölişib,
Şoxlar uçi qadar qönişib,
Turişadi çorlab boğ tomon,
Sayroqilar sayrasin omon!
Oltin mavsum körsatib kuçin,
Unum bergan dalalar uçun.
Kuylab, kezdim qişloq oralab,
Polizlarda tarvuz saralab.
Qovunlar ham körindi köp-köp,
Yeb körgandim, bol bölibdi xöb.
Öğil-qizmi, öynab-kulişar,
Kun fayzidan mamnun bölişar.
Bizningdeklar qançadan-qança,
Çaqçaqlaşib quyoş botgança.
Gurung qurib borida fursat,
Ötirişar, dam şu, ğanimat.
Tökin kuzga şukrona ayta,
Turib bir-bir uylarga qaytar.
Kuz havosi safoli bugun,
Kuy-navosi sadoli bugun!
Jumaboy HIDOYaTOV,
"Jayxun ilhomlari "NNT aʼzosi.
Zor-u zor kutdim
(Qöşiq)
Neça tongni uxlamay kutdim,
Özni tubsiz dengizga otdim.
Söngsiz öy-u xayolga botdim,
Jonim, seni yoniblar kutdim.
Bir bora hol sörasang edi,
Dardga darmon bölolsang edi.
Keling, deya çorlasang edi,
Jonim, seni şunçalar kutdim.
Men sen, deya yutdim alamlar,
Bedor ötdi neçalab tunlar.
Boşlarimga solding ne ğamlar,
Jonim, seni zor-u zor kutdim.
Sensiz qança kunlar ötmoqda,
Bir beçora ğamlar yutmoqda.
Bilsang, bedor, bedor kutmoqda,
Bir bora kel, örtanib ketdim.
Oy nurlari tuşar xonamga,
Dadajonim debdi onamga:
“Töy qilaylik, aytgin bolangga”,
“Mayli”, degan iqroring kutdim.
Asadbek Otajonov,
QDU talabasi.
DUGONALARIM
Törtalamiz yuramiz,
Birga suhbat quramiz.
Heç qaçon ajralmaymiz,
Tört dugona bölamiz.
Biz juda sabrlimiz,
Qörqmaymiz heç narsadan.
Tugamaydi mehrimiz,
Ajralmas va hamqadam.
Irodali, gözalmiz –
Mard dugona bölamiz.
Opa-singilday dono,
Mehri jahon bölamiz.
Birimiz xafa bölsak,
Darrov könglin olamiz.
Şodlanib, tölib-toşsak,
Birga baham köramiz.
Maşhura Rajabova, 2-sonli maktab öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶