28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 21:22
Jamiyat 👁 218

OBODLIK KOʻNGILDAN BOShLANADI

OBODLIK KOʻNGILDAN BOShLANADI

Qilichboy zamini Amudaryo tumanining mehnatkash, mirishkor dehqon-u oqil farzandlari bilan taniqli goʻshasi. Bugungi kunda mamlakatimizda barcha jabhalardagi amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilanishlar, oʻzgarishlar ushbu hudud aholisi hayotida ham yaqqol namoyon boʻlmoqda. Inson qadrini yuksaltirish, uning turmush sifatini oshirish orqali hayotdan rozi boʻlib yashashiga erishish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Qilichboy ovuli hududi 1464 gektarni tashkil etadi. Tarkibidagi 82ta koʻchadagi 8ta koʻpqavatli uylarda, 1089ta yakka tartibdagi hovlilarda 1549ta oila istiqomat qiladi. Ulardagi oʻzbek, qoraqalpoq, qozoq, rus tatar, qirgʻiz va boshqa millatga mansub 5689 nafar aholi hamjihatlikda, biri birining urf-odatlari, anʼanalari va qadriyatlarini hurmat qilgan holda quda-anda, qarindosh boʻlib yashab kelishayapti.

Jami aholining 270 nafari turli korxona va tashkilotlarda mehnat qiladi, 42 nafari tadbirkorlik, 2 nafari savdo-sotiq bilan, 37 nafari chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik bilan, 73 nafari tadbirkorlikning boshqa turlari bilan shugʻullanishadi. Shuningdek, ovul aholisining 12 nafari oʻzini oʻzi band qilgan, 247 nafari mavsumiy ishlarda ishlaydi. Intiluvchan, ilmga chanqoq 110 nafar yoshlar yurtimizdagi turli oliygohlarda taʼlim olishadi.

Ovul aholisi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha sohalardagi islohotlarda, aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi saʼy-harakatlarda faol ishtirok etishib, kelgusi hayoti yanada yorqin va farovon boʻlishiga intilmoqdalar.

Yaqinda “Mahalla” xayriya jamoat fondi Amudaryo tuman boʻlinmasining “Obod mahallam” nomli davlat granti loyihasi ish rejasiga muvofiq loyiha hamkorlari – Ekologik partiya tuman Kengashi va Amudaryo televideniyesi tahririyati hamkorligida mazkur ovulda oʻrganish ishlari olib borildi. Oʻrganishlar davomida aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, aholining tibbiy va ekologik madaniyatini oshirish, hududda obodlik va farovonlikni taʼminlash, fuqarolar yigʻini tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilish, hududning sanitariya holatini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar koʻzdan kechirildi.

Shuni eʼtirof etish kerakki, obodlik, farovonlikka intilish avvalo ovul aholisining ustuvor maqsadiga aylangan. Koʻchalar boʻylari obodonlashtirilib, koʻklamzorlashtirilgan, turli daraxtlar, gullar atrofga fayz berib turibdi.

“Obodlik koʻngildan boshlanadi” deganlariday, har bir xonadon atrofidagi yashillik, tomorqadan unumli foydalanish, qoʻshimcha daromad topish borasidagi saʼy-harakatlar natijasi koʻrgan koʻzni quvontiradi.

Ovuldagi Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan qilichboylik jangchilar xotirasiga oʻrnatilgan yodgorlik yosh avlodga otalar jasoratidan saboq beradi.

Baxtiyor Matkarimov bunyod etgan bogʻ, sunʼiy qoplamali kichik futbol maydonchasi, fitnes klub chekka hududlarda ham tadbirkorlik faoliyati keng rivojlanayotganini koʻrsatib turibdi.

Bahrom Qodirov, Qoʻchqor Qoʻshimmatov xonadonlaridagi obodlik, yashillik, Qilichboy madaniyat markazi atrofidagi xushmanzara gulzorlar, 22-sonli, 27-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotlari, 7-sonli oilaviy poliklinika 15-sonli maktab fasadlari obodligi, yashilligi davlatimizning yashil hududlarni koʻpaytirishga oid siyosatining ijrosini koʻz-koʻz qilib turganday.

Yashil daraxtlar – tirikligimiz manbai. Shunday ekan, chor-atrofni koʻkalamzorlashtirish hududimizda ekologik holatni yaxshilashga munosib hissa boʻlib qoʻshilishini unutmasligimiz darkor.

Ichki koʻchalarni taʼmirlash, tosh-shagʻal yotqizish, qishloq aholisi uchun munosib turmush sharoitlari yaratish borasida tumanimizda olib borilayotgan ishlar tufayli ovulning Chigʻatoy, Avesto, Bahouddin Naqshband, Baraka, Toza yop koʻchalariga tosh yotqizilmoqda.

Xalqimizning asrlar osha yashab kelayotgan, maʼnaviy boyligimizga aylangan shunday hunarlari borki, ular bugungi kunda ham yuksak qadrlanib, davom ettirib kelinayapti. Quroq va kashta tikish hunarlari shular jumlasidandir. Qilichboylik onaxonlarning bu hunarlarni asrab-avaylab davom ettirib kelayotganliklari, yoshlarga oʻrgatib, yosh qizlarning hunarli boʻlishiga gʻamxoʻrlik qilayotganlari tahsinga sazovor.

Loyiha ijodkorlari shu kuni ovulning obroʻ-eʼtiborli ayollaridan biri Sanamjon Najmiddinova xonadonida boʻlishib, chevarlik bilan koʻrpa tikayotgan bir guruh ayollar mehnatini ham kuzatishdi.

Bir umr aholining tinch-totuv, osoyishta yashashlarini taʼminlash yoʻlida ovul fuqarolar yigʻinida samarali mehnat qilib kelayotgan Amina opa Yusupova boshchiligida Gavhar Qilicheva, Muqaddas Ollaberganova, Turgʻunoy Otaqoʻziyeva, Gulshahar Oʻrozmatova, Jumagul Tilavovalar koʻrpa tikish jarayonida laparlar, oʻlanlar aytishib, xalq ogʻzaki ijodidan yaxshi xabardor ekanliklarini ham namoyish etdilar. Birgalikda joʻrovoz boʻlib lapar aytayotgan onaxonlarning yuzlaridagi joʻshqinlikda ertagi kunga yuksak ishonch aks etadi.

“Obod mahallam” loyihasi doirasida ovulda kelgusida “Yashil makon” umummilliy dasturiga muvofiq 10 sotix yerda “Mahalla bogʻi” bunyod etish koʻzda tutilgan. Bu Qilichboy ovuli koʻrkiga koʻrk boʻlib qoʻshiladi, albatta.

Shu kuni loyiha ijrochilari atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlarini aholiga keng targʻib etishdi, aholini, ayniqsa yoshlarning tabiatga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishga daʼvat qildilar, ularning ekologiyaga oid bilimlari oshirildi, ovul fuqarolar yigʻini masʼullarining hududning sanitariya holatini yaxshilash, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini namunali tashkil etish yuzasidan masʼuliyati yanada oshdi.

Loyiha doirasida tumanning boshqa hududlarida ham shunday tadbirlar oʻtkazish rejalashtirilgan.

Oygul RAJABOVA

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026