Xotiralar uyğonganda...
HAYoTDA ERIŞGAN YuTUQLARIM – OTA-ONAM TARBIYaSI TUFAYLI
Inson keksaygani sari bosib ötgan yöliga nazar taşlab, umr daftarini varaqlayverarkan, öz-özini sarhisob qilarkan. Şunday damlarda hayotingning nurafşon bölişini taʼminlagan, ulğaytirib oyoqqa turğizgan insonlar – ota-onang köz öngingda jonlanadi.
Men hozir 83 yoşdan oşdim. 36-yildan beri maişiy xizmat körsatiş sohasida işlayman. Avval ekskavatorçi bölib, quriliş taşkilotlarida işladim. Ayni kunda ham “Manğit” masʼuliyati çeklangan jamiyatining ijroçi direktoriman. Korxonamizning muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgani bois neça önlab xodimlarimiz öz vaqtida oylik olib, doimiy daromadga ega bölişayapti.
Ötgan umrimga nazar taşlar ekanman, erişgan barça muvaffaqiyatlarim ota-onamning töğri tarbiya berib, hayotda intilib yaşaşga örgatganlari natijasi, deb bilaman.
Otam Ahmad Jumaniyozov 1907-yilda tumanimizning Xitoy ovulida tuğilgan. Maktabda öqib, keyinçalik 1937-yilda Törtköl şahridagi kadrlar tayyorlaş bir yillik kursini tamomlagan. 1938-1939-yillarda qişloğimizdagi boşlanğiç maktabda öqituvçilik qilgan. 1940-yilda sobiq Qipçoq tumaniga qaraşli Oxunboboyev nomli kolxozda çorvaçilik fermasi mudiri, keyinçalik çorvaçilik böyiça rais örinbosari bölib işlagan. Xöjalikka zarur kadr sifatida Ikkinçi jahon uruşidan bron bilan qoldirilgan. Onam bir umr fermada soğuvçilik qildilar.
Otam odamşavanda, borini el bilan baham köradigan, tadbirkor odam edi. Fermada işlaydigan odamlarning taşvişini xuddi özinikiday qabul qilar, imkoni boriça yordam berar edi. Bolaligimni eslasam, doim otamning döstlari, qöni-qöşnilar bilan gavjum böladigan hovlimiz köz oldimga keladi. Şunday damlarda otam soz çaladigan, aşula aytadigan tanişlarini ham çorlar, uyimizda tonggaça soz-u suhbatlar davom etardi. Otam ayniqsa, mumtoz aşulalarni juda sevar, sanʼatkor döstlari köp bölar edi. Rahmatlik maşhur hofiz Nazir Rahimovning ijrosiga tan berar, uyimizga tez-tez çorlab turar edi. Nazir Rahimovning har bir taşrifidan uyimiz nurga tölib ketar, qarindoşlarimiz, qöni-qöşnilar qilt etmasdan u kişining qöşiqlari ohangiga sehrlanib ötirişar edi.
Otam, onam men yolğiz farzand bölsam har ortiqça erkalatmasdan foydali mehnatga jalb etişgan, öqib, ilmli bölişimga ğamxörlik qilişgan.
Endi öylab qarasam, ular mening hayotda öz örnimni topib, elga xizmat qiladigan odam bölişimga harakat qilişgan ekan. Men ularning orzularini röyobga çiqarganimdan, 80 yoşdan oşgan vaqtimda ham elimga xizmat qilayotganimdan quvonaman, ota-onamni doim joylari jannatda bölgay, deb duo qilaman.
Ha, azizlar, hayotda kim, qanday yaşaşi ota-ona tarbiyasiga boğliq. Şunday ekan, farzandlari oldidagi burçini heç kim unutmasligi lozim.
Tursunboy AHMEDOV, “Manğit” MÇJ ijroçi direktori, Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan savdo va maişiy xizmat xodimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶