TÖĞRI OVQATLANIŞ, SOĞLOM TURMUŞ TARZIGA AMAL QILIŞNING AHAMIYaTI AHOLIGA KENG TUŞUNTIRILMOQDA
Prezidentimizning “Aholining soğlom ovqatlanişini taʼminlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlaş maqsadida tuman Sanitariya-epidemiologik osoyişgalik va jamoat salomatligi bölimi mutaxassislari tomonidan tuman Tibbiyot birlaşmasi xodimlari fuqarolar yiğinlaridagi jamoatçilik xodimlari hamkorligida aholi örtasida tuşuntiriş işlari olib borilmoqda. Mazkur Qaror mazmun-mohiyati tuşuntirilib, har bir fuqaroda soğlom ovqatlaniş va jismoniy faollik madaniyati şakllantirilmoqda.
Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining maʼlumotiga köra, jismoniy faollik va ovqatlaniş meʼyor va qoidalariga amal qilmaslik, tarkibida tuz, qand, yoğ miqdori köp bölgan taom va şirinliklarni meʼyordan ortiq isteʼmol qiliş, şuningdek, yetarli darajada vitamin va minerallar isteʼmol qilmaslik oqibatida yoşlarda ratsional ösiş va aqliy rivojlanişdan ortda qoliş kelib çiqadi. Kattalarda esa yurak qon-tomir, endokrin, xavfli ösma kabi insonning erta ölimiga olib keluvçi qator kasalliklarning rivojlanişiga sabab böladi.
Tarğibot tadbirlari davomida fuqarolarga soğlom turmuş tarziga amal qiliş, töğri ovqatlanişni yölga qöyiş, hovli atroflarini toza tutiş, öz yaşaş uylarida xonalarini muntazam ravişda şamollatiş, badantarbiya maşğulotlarini kanda qilmaslik, yuqumli kasalliklar tarqalişining oldini olişga xizmat qiluvçi gigiyena qoidalariga rioya etiş yuzasidan tavsiyalar berildi.
M.Kaşkarova, tuman SEO va JS bölimi sanitariya şifokori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶