28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:58
Sport 👁 4,656

SPORTChILAR OILASI

SPORTChILAR OILASI

Sportni salomatlik kaliti, deyishadi. Shu sababdan ham unga oshno boʻlgan insonlar doimo harakatda boʻlishga, mashaqqatli boʻlsayam sportning mashqlarini doimo bajarishga intiladilar.

Shunday insonlarning biri, hamyurtimiz Allayor Yoʻldoshev kichkinaligidanoq sportga havas qoʻydi. Sport bilan betinim shugʻullanishi natijasida u oʻquvchilik davrlaridayoq koʻpgina musobaqalarda ishtirok etardi. Musobaqalarning hammasida emas, ayrimlaridagina erishgan gʻalaba Allayorning shu sohaga boʻlgan qiziqishini tobora oshirib borardi.

Sportga boʻlgan qiziqish, oʻz maqsadi sari intilish Allayorning Oʻzbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutiga oʻqishga kirishiga sababchi boʻldi. Oliygohni muvaffaqiyatli tugatgan Allayor oʻqituvchi sifatida dastlabki ish faoliyatini 1978 yilda oʻrta maktabda jismoniy tarbiya oʻqituvchisi boʻlib ishlashdan boshladi. U maktabda jismoniy tarbiya muallimi boʻlib ishlagan paytida oʻquvchilarning jismoniy tarbiya va sportga boʻlgan qiziqishlarini oshirishga harakat qildi.

Keyinchalik, 40-sonli hunar-texnika bilim yurtida oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, 1-sonli Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi murabbiyi, uslubchi mutaxassis, shu sport maktabi direktori lavozimlarida faoliyat yuritganida ham yosh avlodning jismonan va aqlan sogʻlom boʻlib voyaga yetishlariga doimo eʼtibor berib keldi.

A.Yoʻldoshev 2012-yildan buyon 1-sonli Bolalar va oʻsmirlar sport maktabida murabbiy vazifasida faoliyat koʻrsatmoqda. U turmush oʻrtogʻi Darmon Jumamurodova bilan birgalikda 3 nafar oʻgʻilni yaʼni, 3 nafar sportchini voyaga yetkazishdi. Allayorning rafiqasi Darmon Jumamurodova Amudaryo agrobiznes kasb-hunar kollejida oʻqituvchilik qiladi. Shu bilan birga u kollej xotin-qizlar qoʻmitasining raisi, kollejda ayollar oʻrtasida voleybol boʻyicha oʻtkazilgan musobaqalarning bir necha bor gʻolibi hisoblanadi.

Oilaning katta farzandi Behzod Yoʻldoshev 2012-yilda Nukus Davlat pedagogika institutining jismoniy tarbiya fakultetiga oʻqishga kirdi. U oʻtgan yili Samarqand shahrida voleybol boʻyicha oʻzbekistonlik talabalar oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqalarda faxrli 2-oʻrinni va Toʻrtkoʻl shahrida voleybol boʻyicha oʻtkazilgan musobaqada 1-oʻrinni egallashga muvaffaq boʻldi. Ayni kunda Behzodga tajribali murabbiy Allayor Kazakov ustozlik qilmoqda. Oʻrtancha farzand Bunyod Yoʻldoshev oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlgan sportchi. U Amudaryo agrobiznes kasb-hunar kollejini jismoniy tarbiya yoʻnalishi boʻyicha tugatgan. Bunyod hozirgi kunda ham tumanimizda oʻtkazilayotgan sport musobaqalarining koʻpchiligida ishtirok etib, yaxshi natijalarga erishib kelmoqda.

– Kenja oʻgʻlingiz Jahongir ham sportga qiziqadimi? – deya savol berganimda Allayor Yoʻldoshev mening qoʻlimga "Jismoniy tarbiya va sport” jurnalini tutqazdi-da:

– Haqiqiy sportchi kenja oʻgʻlimiz Jahongir boʻladi-yov chamamda, – dedi.

Jurnalni varaqlab, uning qoʻsh sahifasida eʼlon qilingan Nukus shahrida boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha XVI Respublika musobaqalarining hududiy saralash bosqichi ishtirokchilari – Qoraqalpogʻiston futbol jamoasining kattakon suratini, ular orasida Jahongir ham borligini koʻrib ham hayratlandim, ham quvondim.

Allayorning aytganicha bor ekan, Jahongir haqidagi maʼlumotlarni koʻzdan kechirib, haqiqatan ham unda sportga boʻlgan havas va ishtiyoqning kuchli ekanligini angladim. Negaki u 5-sinfdan Nukus shahridagi futbol maktabiga oʻqishga borib, oʻqish jarayonidayoq musobaqalarda faol ishtirok etib, futbol boʻyicha 1-darajali diplomni, "Eng yosh sportchi” faxriy yorligʻini, "Mini futbol” turnirining 2-darajali diplomini va boshqada bir qancha mukofotlarni olishga erishgan ekan.

2013-yilda futbol maktabini muvaffaqiyatli tugatgan Jahongir Yoʻldoshev Olimpiya zahiralari kollejiga oʻqishga kirdi. Ayni kunda unga taniqli sport murabbiyi Nigmatulla Qutiboyev ustozlik qilmoqda.

Biz ushbu maqolamizda Qipchoq ovulida hamma havas qiladigan sportchilar oilasi – Allayor Yoʻldoshev va uning turmush oʻrtogʻi Darmon Jumamurodovalar oilasida tarbiya koʻrib, voyaga yetayotgan sportchi farzandlar haqida qisqagina hikoya qildik.

Bu ahil oilada oʻsib-ulgʻayayotgan farzandlarning baxtli kelajagi, quvonchli kunlari hali oldinda.

Biz bu yoshlarga nufuzli sport arenalarida gʻoliblik nashidasini surib, yuzi yorugʻ boʻlishini tilab qolamiz.

Allambergan JUMANIYoZOV, "Mening oilam”

gazetasi muxbiri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026