BAHOR ILHOMLARI
Tursunboy ABDULLAYeV
Muxtorbekni soğinib...
(26 yoşida, töyi arafasida baxtsiz hodisa tufayli halok bölgan öğlimni xotirlab...)
Bugun sening tuğilgan kuning,
Orzularing qoldi qayerda?
"Qirra burun, xurmo rang” öğlim,
Töngmadingmi sovuq qabrda?
Tovoningga gar tikan kirsa,
Kiprigi-la olardi onang.
Bölmasmidi töyingni körsa,
Qanday ğaflat mahv etdi, bolam?!
Singillaring qoldi-ku qaqşab,
–Voh, aka!-deb izingda giryon.
Suvsiz qolgan baliqqa öxşab
Tiqiladi böğzimga bu jon.
Turişlaring közlaring yaşnab,
Köz oldimda turadi doim.
Qaytmas joyga ketding sen taşlab,
Jannatda bölgay-da joying, iloyim.
–Muxtorbek akamiz qayga ketdi?-deb
Jajji ukanglarning yölingda közi.
–Bir paytlar ozgina zardam ötdi,-deb
Bahodir akangning böğzida sözi...
Töyingga atagan gullarimizni,
Qandayin qöyamiz qabring poyiga?
Şum ölim boyladi qöllarimizni
Xun yiğlab boramiz yotgan joyingga...
Bugun sening tuğilgan kuning,
Murodlarga yetmay ketgan Muxtorsan...
Umidim xudodan: jannatda örning,
Tirikmiz–biz bilan hamişa borsan!
Bugun sening tuğilgan kuning–
Egasiz töy kabi biz uçun olam.
Siymong yodimizdan öçmaydi bir zum
Biz sendan rozimiz. Rozi böl, bolam...
Bugun sening tuğilgan kuning...
KÖNGLIMGA
Agar har kim faqat özi uçun yaşasa: yesa, içsa, kiysa, ölim-tirikka qatnaşmasa, töy-maʼrakani bilmasa, oğa-inining yetar-yetmasidan xabari bölmasa, yana yesa-içsa, kiysa, taşlasa - qurtdan ne farqi bor, bösağasi tillo bölsa ham?!
Artdingmi singlingning közidan yoşni,
Çetga olib ötdingmi yöldagi toşni,
Baʼzida payqamay oyni, quyoşni,
Umring ötganini bilmay qolarsan!
Bir madad istabon kelganda singling,
Dardini aytolmay turganda ining.
Nega kör, kar bölding?! Nega bölding jim?!
Umring ötganini bilmay qolarsan!
Juftingga şirin söz körmabsan-ku ep,
Axir şu böldi-ku hayotingga zeb!
Kim böldi kafiling: "Fursating köp!”-deb.
Umring ötganini bilmay qolarsan!
Jismingda suv, havo, tuproq bilan öt,
Har kuni bir reja qilasan xomçöt.
Hazrati Nuh kabi ming yil yaşab öt-
Umring ötganini bilmay qolarsan!
Kimlarga pand berding, kimdan yeding pand,
Qaçon oğu sörding, qaçon sörding qand,
Köngling bölganida endi haqqa band,
Umring ötganini bilmay qolarsan!
Ahmad Nafasov
Ayol-qizlarimizga
Ayon bu, insonga aql va idrok,
Sizning qalbni anglaş uçun berilgan.
Balki şu sababli qança daholar,
Sizni tavof qilgan, sizga intilgan.
Siz - ona, başarga tökilgan mehr,
Ajdodlar davomi, avlodlar boşi.
Siz borsiz - bu dunyo diltortar sehr,
Hamroh bölganlarning baxtdir yöldoşi.
Siz opa, singilsiz - mujassam iffat,
Mujassam nafosat, hayo bilan or.
Sizga doim hurmat hamda ardoq şart,
Çunki sizlar bilan gözal hayot bor.
Siz - yorsiz, rözğorning fayzi va körki,
Siz-la daromadda bölar barakat.
Şu sabab aqlli er zoti borki,
Doim eʼzozlaşga qilar harakat.
Siz - kelin, egilib qaynoq çoy tutib,
Qaynota, qaynona könglini topgan.
Ketganda kuzatib, kelsa şod kutib
Olsangiz kuyovlar der: "Baxtim çopgan”.
Ne deylik sizlarning şarafingizga,
Qança uluğlasak, şunçalar ozdir.
Mingta söz yaralsa gar tilimizda,
Albat, töqqiz yuzi sizlarga xosdir.
Qutluğ bölsin bugun bayramlaringiz,
Siz borsiz - hayotga berilar imkon.
Bizning baxtimizga omon bölingiz,
Siz bilan yaşarib, yaşnagay jahon!
Bölmasa
Bölgaymi ravşan diling gar uyda yoring bölmasa,
Hamfikr, hamdam böluvçi ahdida boring bölmasa.
Dil-yoruğ, aqling –tiniq, boşing har ğamdan yiroq,
Bölgaymi uyda halovat ğamgusoring bölmasa.
Soğlom, basavlatsan, şukur, bu hayot qayda edi,
Jismidan jon bergan ul onaizoring bölmasa.
Gulga uçgan andalibdek talpinarsan uy tomon,
Maʼni ne, har lafzida şakkari boring bölmasa.
Doimo örnak olib farzandlaring topgay kamol,
Bu juda muşkul agar uyda hamkoring bölmasa.
Davlating köp, omading zör bölsa qança mayliga,
Bari totsizdir agar çin vafodoring bölmasa.
Ahmado, tutma qalamni nogoh dilingda agar,
Onalarni madh etay degan qaroring bölmasa.
Anvar Allambergenov
YoMĞIR
Oşno qilding hayotimni xayol bilan,
Dunyoda yöq orzudagi hilol bilan,
Gunohlarim bisyorini yuvsang edi,
Behiştda teng tursam edi Bilol bilan.
Zavq bağişlar har bir tomçing xayolimga,
Öylanaman javob topmay savolimga,
Parvo qilmam bu fanoning hiylasi köp,
Umr bergin xuş niyatim niholimga.
Yomğir, sening şavqing juda yoqib ketdi,
Sezdirmasdan bergan zavqing yoqib ketdi.
Har bahorda, har yomğirda esga tuşar,
Ul nigor ham armon ötin yoqib ketdi.
FarhodAvaz
Ota duosi
Işim bitsin desang borgan joyingda,
Rizqing hozir bölsin, desang poyingda.
Nasibang oqadi oqar soyingda,
Otang duosini olib yur, bolam.
Har kuni bir savob işni qilgaysan,
Sadaqa baloga daf, buni bilgaysan.
Payğambar qabrini tavof qilgaysan,
Otang duosini olib yur, bolam.
Odamning avvali odam Atodir,
Bandaning qilmişi doim xatodir.
Har neki iş qilsa qodir Xudodir,
Otang duosini olib yur, bolam.
Otang xatosini aytma öziga,
Amal qil hamişa aytgan söziga.
Siylamagin faqat elning köziga,
Otang duosini olib yur, bolam.
Kufrga berilib gunohga botma,
Asr, şom vaqtida töşakda yotma.
Sirtidan bölsada yomon gap aytma,
Otang duosini olib yur, bolam.
Baho qöyma otang kamu-köstiga,
Sir boy berma uning duşman-döstiga.
Çiqib bölmas otang bor uy ustiga,
Otang duosini olib yur, bolam.
Farhod eslar bugun qilgan xatosin,
Rozi qildimikan siylab otasin.
Hamroh qilay desang Muso asosin,
Otang duosini olib yur, bolam.
Alla ayting, onajonlar
Ilohiy ruh haqda qasida,
Tinglasin murğak jonlar.
Alla ayting allangizdan,
Ulğaysin toza vijdonlar.
Alla ayting –
Ğaflatlar çekinsin dunyoda,
Uyğonsin mudroq jonlar.
Tanazzul tutgan bani odamga,
Qaytsin or, ğurur va şonlar.
Alla ayting –
Zamonlar etagida kelgan,
Jaholatdan qolmasin nişona.
Buyuk millatni yelkalagan,
Ona beşik bölmasin vayrona.
Alla ayting –
Dunyo baxt bersin ayolga,
Uluğlansin qadr-qimmati.
Sevmoq, vafo bersin ayolga,
Çeklanmasin inson himmati...
Ilohiy ruhga qasida,
Alla ayting, onajonlar.
Bugun uyğonmoq haqida,
Alla ayting, onajonlar
Alla ayting, onajonlar!
Ölmasbek XÖJAYeV.
Onajonimga
Siz ona, men farzand qayga qoçarmiz,
Nurli izingizdan termular közlar.
Qalam tutgan qöllar qançalar ojiz,
Ayting, siz kim özi - olovli yuzlar.
Quyoşning ketidan ergaşmoqdaman,
Isyonga aylanib bormoqda taqdir.
Dunyoni vaʼdalar etgim kelmaydi
Hayol röyo erur hayot lek xaqdir.
Bosgan izlaringiz bilmadim nedir,
Madhingiz kuylayman başariyatga.
Siz sörang, jonimni berolarmidim,
Hatto yöq jasorat kuraşmoqlikka.
Ammo ne bölsa-da, rosti, azizam,
Farzandman oqlayman uluğ nomingni.
Oldingda boş egib turgayman doim,
Gar burçim unutsam, olgay jonimni.
Şahzod QURBONBOYeV,
36-sonli maktabning
9-sinf öquvçisi.
Onamga
Onajonim, ketmay turing dunyodan,
Işonganim, siz qoldingiz yonimda.
Parvonalar köpdir asli onajon,
Soxtalikka yaqin ular aslida.
Siz ketsangiz ğaribgina bölgayman,
Nasihatni ayting, kimdan olgayman.
Boşlarimni bir bor silang munisam,
Bağringizda bir zum orom olgayman.
Peşonamdan öpmang aslo, onajon,
Öpib qöyib, labingizni qimtimang.
Oxiratga bu dunyodan ketar çoğ
Qizingizdan, angoridan kuyinmang.
Mard qiziman özbek, qoraqalpoqning,
Guloyim deb bekor qöymadingiz nom.
Farzandlarim kamolini körsam deb
Ezgulikka intilaman erta-şom.
Döstlarim köp, işim kelsa öngidan,
Senga "raxmat”,
otangga ham. Der "balli”.
Biroq sizni nogoh qöysam yöqotib,
Men şörlikka kimlar aytgay tasalli.
Onajonim, ketmang foniy dunyodan,
Suyanganim, siz qoldingiz yagona.
Guloyim BEGJANOVA.
(Foto - http://www.uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶