Deputatlar iştirokida tanqidiy va tahliliy ruhda yiğiliş bölib ötdi
2023-yil 17-noyabr kuni Amudaryo tuman hokimligining katta majlislar zalida deputatlar iştirokida tanqidiy va tahliliy ruhdagi yiğiliş bölib ötdi.
Yiğilişda Jöqorği Kengesning qömita raisi Şarapat Otemisov, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi örinbosari Maryam Ahmedova, tuman hokimi Sobir Xöjametov, sektorlar rahbarlari, Jöqorği Kenges deputatlari, tuman Kengaşi deputatlari, tumandagi maktabgaça taʼlim taşkilotlarining rahbarlari hamda tegişli taşkilot vakillari iştirok etdilar.
Yiğilişda tumandagi maktab va maktabgaça taʼlim taşkilotlarining şaroiti, kuz-qiş mavsumiga tayyorgarligi, tarbiyalanuvçi bolalarning davomadi, yonğin xavfsizligi qoidalariga rioya qilinganligi, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida köçat ekiş işlarining borişi böyiça maxsus işçi guruh tomonidan olib borilgan nazorat tadbirlari natijalari muhokama qilindi.
Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-fevral kungi “Qoraqalpoğiston Respublikasida aholi uçun munosib turmuş şaroitlarini yaratiş va mahallalar infratuzilmasini yanada yaxşilaş çora-tadbirlari töğrisida”gi 52-sonli Qaror hamda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-iyul kungi “Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi huzurida mahallalarni qöllab-quvvatlaş jamğarmasini taşkil etiş töğrisida”gi 228-sonli Qarorlarining ijrosi yuzasidan ham maxsus işçi guruhning hisoboti tinglandi.
Yiğilişda tuman hokimi Sobir Xöjametov bugungi kunning dolzarb masalalaridan kelib çiqqan holda deputatlik nazoratini örnatiş uçun deputatlardan iborat tarkibda maxsus işçi guruh taşkil qilinganini, işçi guruh bir neça kun davomida ovul va mahallalarda bölib, tumandagi maktabgaça taʼlim taşkilotlarida örganiş işlarini olib borganini qayd etib ötdi.
Yiğilişda işçi guruhlar aʼzolari özining faoliyati haqida maʼlumotlar berib, aniqlangan kamçiliklarni bartaraf qiliş böyiça fikrlar tinglandi va istiqboldagi rejalar belgilab olindi.
Aytiş joizki, davlat va jamiyat hayotiga doir keng kölamli islohotlarni amalga oşiriş, xalqimiz huquq va manfaatlarini himoya qilişda deputatlarning örni juda ham katta. Hududlarni kompleks rivojlantiriş, aholi farovonligini oşiriş, kambağallikni qisqartiriş yönalişidagi işlarga ham deputatlar katta hissa qöşmoqdalar. Iqtisodiy-ijtimoiy sohalarni qamrab olgan köplab dasturlar ijrosi ustidan samarali deputatlik nazorati örnatilib, tadbirkorlikni rivojlantiriş, aholini iş bilan taʼminlaş kabi masalalarga masʼul rahbarlarning hisobotlari sessiyalarda tinglanib, tegişli qarorlar qabul qilinmoqda. Bu borada Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi hamda xalq deputatlari tuman Kengaşi deputatlarning zimmasiga ulkan masʼuliyat yuklangan.
Yiğiliş davomida Farovon mahalla fuqarolar yiğinida tadbirkorlikni rivojlantiriş, aholi bandligini taʼminlaş va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça hokim yordamçisi, tuman Kengaşi deputati Muqaddas Beknazarova, 40-sonli maktab direktori, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati Sanobar Xöjamurodova, tuman Kengaşi deputati Muyassar Rahmatullayeva, 31-sonli maktab direktori, tuman Kengaşi deputati Nilufar Davletova, tuman prokurori Aziz Rözmetov va boşqalar sözga çiqib, mavjud kamçiliklar haqida aytib ötdilar.
Tanqidiy-tahliliy ruhda ötgan yiğiliş yakunida Jöqorği Kengesning qömita raisi Şarapat Otemisov va Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi örinbosari Maryam Ahmedovalar sözga çiqib, deputatlar va işçi guruh aʼzolari tomonidan aniqlangan kamçiliklarni bartaraf qiliş, kelgusida takrorlanişining oldini oliş yuzasidan fikr bildirdilar.
Yiğilişda qayd qilingan masalalar yuzasidan tegişli taşkilot rahbarlariga zarur körsatmalar berildi.
Tuman hokimligi Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶