28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 12:59
Siyosat 👁 314

“YuRT UZRA HILPIRAR VATAN BAYROGʻI, MUJASSAMDIR UNDA MUSTAQILLIK IQBOLI” ShIORI OSTIDA TADBIR OʻTKAZILDI

“YuRT UZRA HILPIRAR VATAN BAYROGʻI, MUJASSAMDIR UNDA MUSTAQILLIK IQBOLI” ShIORI OSTIDA TADBIR OʻTKAZILDI

Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganga bu yil 32-yil toʻldi. Yurtimizning barcha hududlarida ushbu sana munosabati bilan tantanali tadbirlar oʻtkazilib, keng nishonlandi.

17-noyabr kuni Amudaryo tumanidagi 36-sonli maktabda ham yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular qalbida davlat ramzlariga boʻlgan hurmat-ehtirom, faxru-iftixor tuygʻularini yanada mustahkamlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kunni munosib nishonlash maqsadida “Yurt uzra hilpirar Vatan bayrogʻi, mujassamdir unda mustaqillik iqboli” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda tumandagi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qismning masʼul xodimlari Otabek Madolimov, Azizbek Akramov, Sherzod Atayev hamda 36-sonli maktabning oʻqituvchi va oʻquvchilari ishtirok etishdi.

Tadbir tantanali tarzda davlat madhiyalari bilan boshlandi va dastlab maktab oldida harbiy qismga tegishli qurol-aslahalardan tashkil etilgan koʻrgazma namoyish etildi. Shuningdek, tadbirga tashrif buyurgan harbiy qism xizmatchilari barchani ushbu muhim sana bilan tabriklab, mustaqil davlatchiligimiz ramzlaridan boʻlgan bayrogʻimiz oʻzida Vatanimiz oʻtmishi va bugunining muhim qirralarini aks ettirishini, yurt bayrogʻiga nisbatan hurmat tuygʻusini yuksaltirish, uning ulugʻvorlik kasb etuvchi mohiyatini anglash barchamiz uchun muhim vazifalardan biri hisoblanishini eʼtirof etishdi.

Taʼkidlanganidek, mamlakat taraqqiyoti hamda uning barqarorligida davlat ramzlarining alohida oʻrni bor. Shu maʼnoda bayrogʻimiz davlat va jamiyatning hayoti uning jahon hamjamiyatida oʻrni va rolini koʻrsatishda muhim ahamiyatga ega boʻlib, har birimiz uchun faxr-iftihor sanaladi. Bugun yurtimizdagi turli bayram tantanalarida mamlakatimiz delegatsiyalari qatnashayotgan xalqaro tadbirlar, nufuzli sport musobaqalarida mamlakatimiz sharafi, xalqimizning gʻurur va iftixorini yorqin aks ettiradigan omillardan biri ham aynan bayrogʻimizdir.

Tadbir maktab oʻquvchi-yoshlari ishtirokidagi stol tennisi, shashka, shaxmat musobaqalari bilan davom ettirildi. Koʻtarinki ruh bilan boshlangan stol tennisi musobaqalari davomida yoshlar oʻz mahoratlarini namoyish etib, gʻoliblik uchun harakat qilishdi. Shaxmat-shashka musobaqalarida ishtirok etgan sportchilar ham oʻyinlar jarayonida biri-biridan zakovatli ekanligini koʻrsatishdi.

Tadbir ishtirokchilari maktabning boshlangʻich sinfida oʻqituvchisi Saragul Yusupova tomonidan tashkil etilgan ochiq oʻquv mashgʻulotida ham qatnashishdi va oʻquvchilar bilan davlat ramzlari xususida savol-javob oʻtkazishdi. Oʻquvchilar davlat bayrogʻi Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrdagi «Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida»gi qonuni bilan tasdiqlangani, davlat ramzlari har bir mamlakatning suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi muqaddas timsollar ekanligini, shu yurtda yashovchi fuqaro sifatida ular bilan faxrlanishini gʻurur bilan soʻzlab berishdi.

Maktabning faollar zalida davom etgan tadbirda esa tumandagi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qism masʼullari harbiy xizmatchilarning Vatan bayrogʻi poyida tiz choʻkib, muqaddas Ona tuprogʻini matonat va sadoqat bilan himoya qilishga qasamyod qilishi bejiz emasligini, chunki bayroq jasorat, gʻurur, fidoyilik, or-nomus timsoli ekanligini iftixor bilan taʼkidlashdi. Shuningdek, oʻquvchi-yoshlarni harbiylashtirilgan yoʻnalishdagi oʻquv yurtlarga qabul qilish tartibi haqidagi batafsil maʼlumotlar bilan tanishtirib oʻtishdi.

Tadbir yakunida sana munosabati bilan maktabda tashkil etilgan sport musobaqalari gʻoliblari taqdirlandi va muqaddas bayrogʻimizni jahon arenalarida, nufuzli sport musobaqalarida baland koʻtarib yurishlarini aytib, ezgu tilaklar bildirildi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026