GULLAMOQ FASLI
Gul atrin taratdi yana çamanlar,
Turnalar raqsi bor sayri samoda.
Toğlarning bağrida ajib jaranglar,
Köngillar siyrati kuyda, navoda.
Boğlar oğuşida sabolar bazmi.
Abri bahor quçgan zamin köksini.
Şox-u butoqlarda gullamoq azmi,
Dalalar içganday quyoş aksini.
Yaşarib ketganday momolar göyo,
Qayroqni "şaq-şaq”lab çalişin qarang.
Bobolar yuzidan yoğilib ziyo,
"Lazgi”dan bölsin!” deb turişin qarang.
Sumalak hididan tölğondi har dil,
Yaşil maysalarni közlarga surib.
Örikzor boğlarda marjonlandi gul,
Turnalar kuy bitdi samodan turib.
Uya ğamin çekkan quşlar jon halak,
Özlari peş urar, özlari meʼmor.
Ona zamin uzra yoygança palak,
Işçan malikaga aylandi Bahor!
Daryo tölqinlarin urdi qirğoqqa,
Musofir xayollar yuvilib ketdi.
Izğirin yulqilab turgan firoqqa,
Umid gullarining ifori yetdi.
Quvonçlar rangida uyğondi Vatan,
Varraklar töşida hurlik xatlari.
Bolajon elimda qulf urgan çaman –
Buyuk kelajakning adl qadlari.
"Navrözga!” – alyorlar yangradi tongda,
Sumalak tortildi dasturxonlarga.
"Kel, ho kel!” sadosi sirli ohangda,
Yetib bordi qarang, har bir makonga!
Kördingizmi, yurtda totuvlik hokim,
Mangu qadriyatlar baridan uluğ.
Barça millat ahil yaşarkan tokim,
Har kun Navröz ila el rizqi töluğ.
Qaldirğoç in qurdi! Qanday ajoyib!
Ayvonlar şiftida jannatiy makon.
Navröz kezayotir quloçin yoyib,
Gullamoq faslida ona Turkiston!
Robiya YÖLDOŞEVA.
(Foto - http://www.uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶