30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 07:19
Qishloq xoʻjaligi 👁 428

YaNGI MEHNAT FASLINI BOShLAGAN FERMER

YaNGI MEHNAT FASLINI BOShLAGAN FERMER

Bugun hamma dalada. Ayniqsa, dehqon ahli uchun qaynoq mehnat onlari boshlanayotir. Koʻklamning tashrifini dala bagʻrida qarshi olishga odatlangan dehqon uchun hamal kirishini kutishning ham oʻzgacha gashti bor. Yangi dehqonchilik yili uchun tuzilgan ezgu rejalarni tahlil qilish orqali imkonlari doirasida ulugʻvor marralarni koʻzlab, ish faslini boshlash esa yanada zavqli.

Boʻz yop ovulidagi “Tojiboyev Rustam” fermer xoʻjaligi rahbari Amin Tojiboyev qishloqda tugʻilib-oʻsganidan, bolaligi ham, yoshligi ham bepoyon dalalar bagʻrida oʻtganidanmi, dehqonchilik ilmini, fermer xoʻjaligini yuritishning barcha moliyaviy-iqtisodiy asoslarini puxta oʻrgandi va hayotini qishloq xoʻjaligiga bagʻishladi. Bu borada bilimini oshirish maqsadida Toshkent Irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida tahsil oldi. Yerga mehr berib, aslo kam boʻlmadi. Oʻz yaqinlarini, qolaversa, bir necha hamqishloqlarini ish bilan taʼminladi.

Tabiatan tinib-tinchimas, har bir qarich yerdan unumli foydalanishga odatlangan Amin Tojiboyevning uddaburonligi va tashabbuskorligi tufayli yil sayin fermer xoʻjaligi yerlarining meliorativ holati yaxshilanib, hosildorligi oshdi. Yetishtirilgan qishloq xoʻjalik mahsulotlaridan olingan daromad tufayli xoʻjalik dehqonlarining moddiy manfaatdorligi yaxshilangani hamjihatlik muhitini yaratdi. Har bir dehqonchilik yili uchun tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarini ortigʻi bilan ado etib kelayotgan xoʻjalik dehqonlari oʻtgan 2024 qishloq xoʻjalik yilini barcha yoʻnalishlar boʻyicha muvaffaqiyatli yakunladilar.

Umumiy 98 gektar yerda dehqonchilik qilgan fermer xoʻjaligida oʻtgan yili bugʻdoydan moʻl hosil yetishtirildi. 10 gektar maydondagi bugʻdoyzor hosildorligi har gektar hisobiga 55 tsentnerni tashkil etdi. Shartnomadagi 30 tonnadan tashqari yana 30 tonna hosilning xoʻjalik ixtiyorida qolgani ishchilarning rizqi ziyoda, dasturxonlari toʻkin boʻlishiga imkon yaratdi. 60 gektar yerga ekilgan paxta hosildorligi har gektar hisobiga 30 tsentnerga toʻgʻri keldi va yetishtirilgan hosil ijarachi-dehqonlarning ham, fermer xoʻjaligining ham daromadi moʻl boʻlishini taʼminladi. Natijada xoʻjalik dehqonlari oʻtgan qishloq xoʻjalik yilini 700 million soʻm sof daromad bilan yakunladilar.

Dehqonning moddiy manfaatdorligi oshsa, yashash sharoitini yaxshilaydi, orzu-niyatlarini amalga oshirishga intiladi. Fermer esa bor daromadini dehqonchilik madaniyatini oshirishga, xoʻjalik dehqonlarining mehnatini yengillashtirish maqsadida yangi texnikalar va mineral oʻgʻitlar xarid qilishga saflaydi. Amin Tojiboyev ham shunday qilishga odatlangan.

Mutaxassisligi boʻyicha muhandis-mexanik boʻlgan Aminboy Tojiboyev texnikaning “tili”ni yaxshi bilganidan goh lizingga, baʼzida yillik sof daromadlari evaziga xoʻjalikning texnika parkini yangilash chorasini koʻradi. Ayniqsa, “Orion” rusumli surim traktori, “Hyundai” rusumli ekskavator, 3 ta MTZ rusumli transport traktorlari, shuningdek, lazerli yer tekislash texnikalarining yuqori unum bilan ishlatilishi natijasida xoʻjalik yerlarining hosildorligi keskin oshdi. Avvalgi past-baland, notekis yer maydonlari lazerli yer tekislash texnikasi yordamida maromiga yetkazib tekislangach, ekinlarni bir tekis oziqlantirish imkoni yaratildi.

Biz ijodiy guruhimiz bilan Navroʻz bayrami arafasida xoʻjalik dalalarida amalga oshirilayotgan yumushlar bilan tanishganimizda bahorgi shoʻr yuvish ishlari muvaffaqiyatli yakunlanib, yangi dehqonchilik yilini boshlashga qizgʻin taraddud koʻrilayotganiga guvoh boʻldik. Oʻgʻit sepish moslamasi yordamida yaxshilab oziqlantirilgan 10 gektar maydondagi yam-yashil bugʻdoy maysalari baravj oʻsmoqda. Barcha dalalarning chetlari obodonlashtirilib, xoʻjalik hududidagi ariqlar, dala yoʻllari boʻylariga tartib bilan ekilgan mevali va manzarali daraxt koʻchatlari koʻzlarni quvontiradi.

– Yerlarimiz tobiga kelgach, ekin-tikin ishlarini boshlab yuboramiz, – deydi fermer Amin Tojiboyev. – Bu yil 62 gektar maydonga chigit ekishni reja qilyapmiz. Bugʻdoyzorning rivojidan koʻnglimiz toʻq. Hamal kirsa, ishlarimiz yanada qiziydi, surim ishlari boshlanadi.

Koʻklamni, hamalni hamisha dalada kutib olishga odatlangan “Tojiboyev Rustam” fermer xoʻjaligi dehqonlari uchun boshlanayotgan yangi mehnat fasli yanada barakali boʻlishiga shak-shubha yoʻq. Chunki ishning koʻzini biladigan xoʻjalik rahbari bilan ijarachi-dehqonlarining oʻzaro hamkorlikdagi faoliyati bois, barcha ishlar badastir, maromiga yetkazib bajarilayotgani, texnikalar yuz foiz ekishga tayyorlab qoʻyilganidan ayonki, qilinayotgan harakatlar albatta barakali boʻlishi tabiiy.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026