Nima? Qaçon? Qayerda? Biz borgan navbatdagi manzil – 50-sonli maktab böldi
“Xalq uçun nondan söng eng muhimi maktabdir” degan edi donolardan biri. Darhaqiqat, maktabda olingan bilim, savod insonning hayotdagi örnini belgilovçi muhim vosita. Sababi, maktabda ötilayotgan darslarga befarq bölmagan, ilm olişga masʼuliyat bilan qaragan inson albatta erta bir kun mustaqil hayot masʼuliyatiga ham befarq bölmaydi.
Agar eʼtibor bergan bölsangiz, taʼlim- tarbiya, maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya degan sözlar doimo yonma-yon yuradi. Gap şundaki, bu tuşunçalar bir-birini töldirib, bir-birini taqozo etib keladi. Aytaylik, odam komillikka intilsa va unda kuçli bilim bölsa-yu, maʼnaviy tarbiya bölmasa bunday şaxsni komil inson deb ayta olmaymiz. Taʼlim-tarbiya maskani bölgan maktablarimiz esa öquvçilarga ham taʼlim, ham maʼnaviy tarbiya berişi barobarida ularni komillikka yetaklaydi. Maʼnaviy böşliqlarni töldirişga harakat qiladi.
Amudaryo tumani MMTBga qaraşli 50-sonli umumiy örta taʼlim maktabi ahil jamoasining maqsadi ham aynan mana şunday: har bir öquvçining hayotga yetuk inson bölib kirib borişini taʼminlaş.
Amudaryo televideniyesi tahririyatining “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoşlar – kelajak poydevori” nomli grant loyihasi esa bizni mana şu maktabning faoliyati bilan yaqindan tanişişga çorladi.
Tuman MMTBga qaraşli 50-sonli umumiy örta taʼlim maktabi 1971-yilda faoliyatini boşlagan. Maktabga hozirgi kunda Alişer Eşniyozov rahbarlik qilib kelmoqda. Quvvati 220-öringa möljallangan. Hozirgi kunda maskanda 402 nafar oquvçi 2 navbatda taʼlim va tarbiya olmoqda.
2018-yil mahalliy byudjet hisobidan ajratilgan 510 million söm mablağ hisobidan maktab binosi joriy taʼmirlandi. Öquvçining taʼlim olişida taʼlim beruvçining ahamiyati katta. Bugungi kunda maktabda 40 nafar oliy maʼlumotli va 1 nafar örta maxsus maʼlumotli öqituvçilar faoliyat körsatib kelmoqda.
2022-2023-öquv yilida öquvçilarning oliy taʼlimga öqişga kiriş körsatkiçi yomon bölmadi, taʼlim dargohi bitiruvçilari 19 nafarni taşkil qilgan bölsa, şundan 15 nafari oliy taʼlim muassasalariga öqişga qabul qilindi. Yaʼni mazkur körsatkiç 78,9 foizni taşkil qildi. Maktab bu borada yaşil toifadagi maktablar qatorida.
Joriy “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da 1-sinfga jami 34 nafar öquvçi qabul qilinib, Prezident sovğasi 12 nomdagi öquv qurollari va darsliklar bilan taʼminlandi. Hozirgi kunda barça öquvçilar öqişni yozişni qunt bilan örganib kelmoqda. Ularga dars berayotgan ustozlari murğak qalblarga ilmni çuqurroq singdiriş, dars jarayonlariga qiziqtiriş maqsadida darslarni körgazmali vositalar bilan ötişga harakat qiladi.
Öquvçilarning darsdan böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş, ularni kasb-hunar egallaşiga kömak beriş, özi qiziqqan sohaga yönaltiriş maqsadida maktabda turli xil tögaraklar faoliyat körsatib kelmoqda. Şulardan biri – “Kitob – bizning döstimiz” tögaragi.
Tögarak rahbarlari maktabning ona tili va adabiyoti fani öqituvçisi Dildora Davlatbayeva, boşlanğiç taʼlim öqituvçisi Gulnoza Rahimova öquvçilarning kitoblar olamiga muhabbat qöyişiga astoydil harakat qilib kelişmoqda. Tögarak aʼzolari 20 nafarni taşkil qiladi.
Şuningdek, dargohda qizlar tarbiyasiga ham alohida eʼtibor qaratilib, maktabning xotin qizlar taşkiloti raisi Adolat Abdullayeva boşçiligidagi “Qizlarjon” klubi bugungi kunda 18 nafar öquvçi qizlarni öz bağriga çorlagan.
Şu bilan birga, texnologiya fani öqituvçisi Ozoda Boltabayeva rahbarligidagi “Mohir qöllar” tögaragi aʼzolari bölgan 12 nafar öquvçilar bugungi kunda ustozidan amaliy sanʼatning sir asrorlarini qunt bilan örganib kelmoqda.
Ha, maktabda har bir öqituvçining öziga xos dars ötiş uslubi bor. Ular öquvçilarni fanlarga qiziqtiriş böyiça tinmay öz ustida işlaydi. Faqatgina darsni ötiş bilangina çeklanib qolmasdan, darsdan böş paytlari turli xil tögaraklarni yölga qöyişgan.
Misol qilib aytadigan bölsak, musiqa fani öqituvçisi Islom Yusupov rahbarligida 15 nafar öquvçini öz içiga olgan musiqa tögaragi, 24 nafar öquvçini qamrab olgan, Anvar Şamşatov boşçiligidagi şaxmat-şaşka tögaragi, maktabning tasviriy sanʼat fani öqituvçisi Roza Kujanova rahbarligidagi “Yoş rassomlar” tögaragi şular jumlasidandir. Uşbu tögarakda bugungi kunda 12 nafar öquvçi tasviriy sanʼat sirlarini örganib kelmoqda. Tögarak aʼzolari asosan tabiat manzaralari, ertak qahramonlari, yil fasllari kabi mavzularda rasmlar çizişni yoqtiradilar.
Taʼlim muassasasida 4-sinf öquvçilari uçun dars jarayonlari birinçi toifali boşlanğiç sinf öqituvçilari Mahfarat Yarmanova, Xosiyat Ahmedovalar boşçiligida interfaol uslublarni qöllagan holda olib boriladi. Şu sabab öquvçilar ötilayotgan darslarni tuşunib olişda qiynalişmaydi.
Darhaqiqat, öquvçilarning bilim darajasi, muayyan fanga bölgan mehr-muhabbati öşa fan öqituvçisining salohiyatiga boğliq. Öqituvçilarning bilimini baholaşda esa bugungi kunda muayyan til sertifikati uçun ötkazilayotgan onlayn test jarayonlari ham ozmi-köpmi yordam bermoqda.
Yaqindagina maktabning ingliz tili fani öqituvçisi Javlonbek Örazbayev mana şunday test sinovi jarayonida öz bilimini sinovdan ötkazib, C1 darajali xalqaro sertifikat sohibi böldi. “Ustozdan ötmagan şogird – şogird emas” degan naql bor. 50-sonli maktab öquvçilari ham ana şu naqlga amal qilgan holda bugungi kunda bir qator yutuqlarga erişib kelmoqda.
Ana şunday intiluvçan öquvçilardan biri maktabning 10-sinf öquvçisi Jasur Matqurbonovdir. U darsdan böş paytlari IT sohasi bilan şuğullanadi. Bolaligidan kompyuter, dasturlaş, informatika olamiga qiziqib keladi. Va ana şu qiziqişlari, mehnatlari besamar ketmay, IT sohasi böyiça Coursera sertifikati sohibi böldi. Maktabning Sevara Rajabova, Şahzoda Tajibayeva kabi ijodkor öquvçilarining ham kelajakdagi oldiga qöygan maqsadlari katta.
Fayzli uylarning ostonasidan hatlaşing bilan diling yorişib ketadi inson, agar seni eşikda oçiq yuzli, samimiy mezbon kulib qarşi olsa-ku, köngling toğday yuksaladi. Aslida maktab deb atalmiş muqaddas dargoh ham bir oila demakdir.
Tuman maktabgaça va maktab taʼlimi bölimiga qaraşli 50-sonli maktabga taşrif buyurar ekanmiz, bösağasidan hatlaşimiz bilan ana şu fayzni, çehrasi kulib turgan maʼnaviyatli insonlarni körib bizning ham dilimiz yorişib ketdi. Töğri, maktab binosi biroz kiçik. Koridori salgina tor. Lekin har kuni u yerdan köngli keng, maqsadlari katta insonlar yurib ötadi...
Biz esa ijodiy jamoamiz bilan maktab jamoasining, öquvçilarining kelgusidagi öqiş-işlariga omad tilab, xayrlaşdik.
Aziza Madrahimova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶