14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 03:01
Fan va taʼlim 👁 396

MILLATLARARO TOTUVLIK TAFTIDAN KUCh OLGAN TURKMAN QARDOShLARNING BILIMDON FARZANDLARI

MILLATLARARO TOTUVLIK TAFTIDAN KUCh OLGAN TURKMAN QARDOShLARNING BILIMDON FARZANDLARI

Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, bilimdon va iqtidorli, intiluvchan yoshlarning oʻz qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrlik tufayli bugungi kunda dunyo yoshlari bilan har sohada bellashishga qodir kuchli, oʻtkir zehn va salohiyatga ega yangi avlod vakillari voyaga yetmoqda.

Amudaryo tumanida ham oʻz iqtidorlarini sport va sanʼat sohalarida, taʼlimda namoyon etib, tengdoshlarining havas va eʼtiroflariga sazovor boʻlayotgan namunali oʻquvchi-yoshlar koʻp. Ular orasida besh tashabbus olimpiadasi musobaqalari, “Zakovat” intillektual oʻyini, fanlar olimpiadasi, “Yosh kitobxon”, “Zulfiyaxonim izdoshlari” koʻrik-tanlovlarining gʻolib va sovrindorlari bor.

“Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati tomonidan “Najot – taʼlimda, najot – tarbiyada, najot – bilimda shiori ostida” amalga oshilirayotgan “Bilimli va maʼnaviyatli yoshlar bilan – Uchinchi Renessans sari” loyihasi doirasidagi aynan ana shunday bilimdon, yuksak maʼnaviyatli insonlar boʻlib yetishishga intilayotgan yoshlar ishtirokidagi davra suhbatlari, taniqli shoir va yozuvchilar bilan uchrashuv tadbirlariga tumanning eng chekka hududlaridagi umumtaʼlim maktablarining oʻquvchi-yoshlari ham qamrab olinayotgani muhim ahamiyat kasb etmoqda. Boʻlib oʻtayotgan tadbirlar orqali iqtidorli, oʻz xulq-atvori, bilimdonligi bilan tengdoshlariga namuna boʻlayotgan izlanuvchan yoshlarning kashf etilayotgani quvonarli. Loyiha ijodkorlari yaqinda “Bilimli va maʼnaviyatli yoshlar bilan – Uchinchi Renessans sari” loyihasi ish rejasiga koʻra, tumandagi 25-sonli umumtaʼlim maktabi oʻquvchi-yoshlari hayoti bilan yaqindan tanishishdi. 171 nafar oʻquvchi taʼlim-tarbiya oladigan mazkur taʼlim muassasasida oʻqish turkman tilida olib boriladi. Maktabda oʻquvchilarning sifatli taʼlim olishlari uchun zarur shart-sharoitlar mavjud. 30 nafar pedagog xodimlarning 6 nafari oliy, 8 nafari 1- va 2-toifaga ega, 5 nafari malakali mutaxassis oʻqituvchilardir. Oʻquvchilarning darsdan boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari uchun fanlar boʻyicha toʻgarak mashgʻulotlari muntazam ravishda koʻrgazmali vositalar asosida olib boriladi.

Shunisi eʼtiborlisi, maktabda oʻqish turkman tilida olib borilsa-da, oʻquvchilar uchun ingliz, rus, oʻzbek tili va qoraqalpoq tillarini oʻrganish juda qiziqarli. Shu bois, oʻquvchi-yoshlarning deyarli barchasi oʻzbek, qoraqalpoq tillarida oʻz ona tillaridagi kabi burro soʻzlashadilar.

- Ingliz, rus tillarini oʻrganayotgan bilimdon oʻquvchilarimiz koʻp, - deydi faxr bilan maktab direktori, Oʻzbekiston Xalq taʼlimi aʼlochisi Amanmurod Jabborov. – Sobiq oʻquvchilarimiz orasida xorijiy tillar bilan birga oʻzbek va qoraqalpoq tili oʻqituvchilari ham talaygina. Matematika, ingliz va rus tili, tarix va fizika, kimyo fanlari boʻyicha toʻgarak mashgʻulotlariga qatnashayotgan oʻquvchilarimiz erishayotgan yutuqlar tufayli maktabimiz bitiruvchilarning OTMlarga oʻqishga kirish darajasi boʻyicha “yashil” toifada.

Maktabning 1-toifali boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, Qoraqalpogʻiston xalq taʼlimi aʼlochisi Gulsara Atayeva va Gulalak Bayrammatova yuqori sinflar oʻquvchilari erishayotgan yutuqlarga ilk poydevor qoʻygan ustozlardan. Ular oʻzlari taʼlim berayotgan boshlangʻich sinf oʻquvchilarining kelgusida qaysi fan boʻyicha chuqur bilim olishga qodirligini oldindan ayta oladilar. Oʻquvchilarining qiziqishlari, intilishlari asosida dars-mashgʻulotlari tashkil etib, ularning qiziqishlari va intilishlarini doimiy ragʻbatlantirib boradilar. Oʻquvchilarga taʼlim-tarbiya berishdagi ana shu uslub tufayli oʻquvchilar orasida oʻz tengdoshlariga har taraflama oʻrnak boʻlayotgan bilimdon yoshlar talaygina.

Babamurod Tirkeshov ayni paytda 10-sinfda oʻqiydi. U barcha fanlarni aʼlo darajada oʻzlashtiradi. Matematika fani esa uning jon-u dili. U oʻqituvchisi Bahodir Gurbanov bilan birgalikda bu fanni chuqur oʻzlashtirishga ahd qilgan. Kelajakda esa iqtisodiyot yoʻnalishida oʻqib, Oʻzbekistonimizning taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshishga ahd qilgan.

Babamurod 2023-2024 oʻquv yilida fanlar olimpiadasining tuman bosqichida matematika fani boʻyicha ishtirok etib, faxrli 1-oʻrinni egalladi va oʻzining matematik amallarni yechishdagi qobiliyati, masalalar ustida ishlash boʻyicha qoʻllagan qiziqarli kombinatsiyalari bilan hakamlarning yuksak eʼtirofiga sazovor boʻldi. Fanlar olimpiadasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida esa 5-oʻrinni egallab, eng kuchli 10talikdan joy oldi.

Babamurodning sinfdoshi Shakarjon Ashirboyeva oʻzbek tili va adabiyoti fani bilimdoni. Boshlangʻich sinfdaligidayoq oʻzining intiluvchanligi, hozirjavobliligi bilan ustozlarining mehrini qozongan Shakarjon tengdoshlariga nafaqat oʻzbek tili va adabiyoti fanining bilimdoni, balki jamoat ishlaridagi faolligi, mahalladoshlari orasida iboli, intizomli, epchil va pazanda, hatto chevarligi bilan ham ibrat boʻlayotganidan u haqda ustozlari faxrlanib soʻzlashadi. Shakarjon turkman tili va adabiyoti bilan bab-baravar ustozi, oʻzbek tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Hasanjon Yakubov rahbarligida oʻzbek tili va adabiyotini qunt bilan oʻrganmoqda, juda kitobsevar. Oʻqishdan boʻsh vaqtlarini badiiy kitoblar mutoalasi, turkman milliy kiyimlariga bezak naqshlar toʻqish bilan oʻtkazadigan Shakarjon Ashirbayeva fanlar olimpiadasining tuman bosqichida Oʻzbek va adabiyoti fanidan gʻoliblikni qoʻlga kiritib, Respublika bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etdi va kuchli 10talikdan munosib oʻrin oldi.

Maktabning 10-sinf oʻquvchilari orasida bilimdon yoshlar koʻp. Ulardan yana biri Yenash Sattarova ingliz tilida mustaqil fikr bildirish qobiliyatiga ega oʻquvchilardan. Ustozi, maktabning ingliz tili fani oʻqituvchisi Javlonbek Kenjaboyev rahbarligida ushbu tilni mukammal oʻrganishga ahd qilgan Yenash Sattarova 2023-2024 oʻquv yilida fanlar olimpiadasining tuman bosqichida faxrli oʻrinni egallab, tengdoshlariga namuna boʻla oldi. U maktabda tashkil etilgan xorijiy tillar toʻgaragining ingliz tili yoʻnalishida shugʻullanish bilan birga ingliz tilidan milliy sertifikat olish niyatida mustaqil ravishda oʻqib, izlanmoqda. Boʻsh vaqtlarida kichik-kichik qatra va hikoyalarni oʻzbek va turkman tillaridan ingliz tiliga, ingliz tilidan turkman va oʻzbek tillariga tarjima qilish borasidagi izlanish va intilishlaridan ustozlari mamnun.

Navroʻzboy Gaipov esa tarix faniga qiziqadi. Uning qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlovchi ustozi, tarix fani oʻqituvchisi Oʻgʻilsapar Avezova Navroʻzboy bilan birgalikda shugʻullanishdan aslo zerikmaydi. Navroʻzboy ham fanlar olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, oʻzining bilimdonligi bilan tengdoshlariga namuna boʻlayotgan oʻquvchilardan. U tarix fanidan umumtaʼlim dasturidagi darslikdan tashqari, oʻzini qiziqtirgan boshqa tarixiy mavzular boʻyicha ilmiy maqolalarni maktab kutubxonasidagi kitoblar orqali, shuningdek, ziyonet internet tarmogʻi orqali ham oʻqib, oʻrganib borishga odatlangan. Hatto Amudaryo tumanining deyarli barcha hududlarida istiqomat qiluvchi etnik turkmanlarning tarixiy ildizlari, turkman, oʻzbek, qoraqalpoq, qozoq millatiga mansub xalqlarning oʻtroqlashuvi bilan bogʻliq tarixiy manbalarni juda katta qiziqish bilan oʻqib-oʻrganadi va oʻzaro totuv, inoq, mehr-oqibatli millatlar doʻstligidan faxrlanib soʻzlaydi.

- Hammamiz jam boʻlib bir Vatanmiz, yagona oila – Oʻzbekistonmiz! – deydi u iftixor bilan.

Maktab kutubxonasi oʻquvchi-yoshlarning maʼnaviy barkamollik sari intilishlarida haqiqiy maʼnaviyat sarchashmasidir. Bu maskanda oʻquvchilarni qiziqtirgan mavzulardagi muhim adabiyotlar jamlangan. Kitobsevar yoshlar badiiy adabiyotlarni shunchaki mutolaa qilibgina qolmay, oʻzlari oʻqigan kitoblardan olgan taassurotlari haqida fikrlashadilar. Savol-javoblar, sheʼrxonliklar orqali oʻz dunyoqarashlarini boyitadilar.

Tarix fani oʻqituvchisi Oʻgʻilsapar Avezova rahbarligidagi milliy kashtachilik toʻgaragi mashgʻulotlari oʻquvchi-qizlar uchun juda qiziqarli. Turkman millatida qizaloqlar esini tanigan palladanoq, albatta milliy kiyim-kechaklarga bezak-naqshlar jevak, dasturxon, hatto otalari uchun xurjun toʻqishga oʻrgatila boshlaydi, - deydi toʻgarak rahbari Oʻgʻilsapar Avezova. – Milliy-maʼnaviy qadriyatlarimizdan kelib chiqib, maktabimizda ushbu toʻgarak faoliyatini yoʻlga qoʻydik.

Toʻgarak aʼzolarining qoʻl mehnati mahsuli boʻlgan turfa naqshlar, gulquroqlar, choynak tagliklari, jajji hamyonchalarda turkman millatining oʻziga xos betakror urf-odat va anʼanalari oʻz ifodasini topgan. Toʻgarak aʼzolari tomonidan toʻqilgan, mehr bilan tikilgan har bir buyumda bugungi turkman yoshlarining orzulari, ezgu niyatlari aks etib turganidan ayonki, maktabda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bilan oʻquv-tarbiyaviy ishlar oʻzaro uygʻunlikda olib boriladi.

- Bugungi yoshlar qalbida milliy-maʼnaviy qadriyatlarga hurmat tuygʻusini shakllantirish uchun ham bunday toʻgaraklar faoliyati har bir oʻquv muassasasida yoʻlga qoʻyilishi shart, - deydi maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Gurbannazar Sapargeldiyev.

Maktabning oliy toifali jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi Mangʻitboy Nuriyev esa oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari uchun turkman, oʻzbek, qozoq, qoraqalpoq milliy oʻyinlari asosida musobaqalar tashkil etishdan oʻzi ham, oʻquvchilari ham zavqlanishini yashirmaydi.

- Milliy xalq oʻyinlarida oriyat, halollik, oʻzaro mehr-oqibat mujassam, - deydi u.

Shuning uchun ham Amudaryo tumanida yagona boʻlgan, oʻqish turkman tilida olib boriladigan 25-sonli maktabda oʻquvchi-yoshlar uchun xalqlar, millatlar doʻstligi hamma narsadan ulugʻ tutiladi. Maxtumquli bilan Navoiy, Abay bilan Ajiniyoz u Berdaq asarlaridan tortib hozirgi zamon oʻzbek, turkman, qozoq va qoraqalpoq adabiyoti namoyandalarining asarlarini oʻquvchilar sevib, qunt bilan oʻrganishadi. Ularning ahd-u shahdlaridan, kelajakka dadil boqib turishlaridan, umumtaʼlim fanlarining bilimdonlari sifatida tengdoshlari qalbida havas uygʻotayotganidan biz ham suyundik. Chunki bugungi katta avlod vakillarining umidi ana shu yoshlardan. Ular oʻzlarining kuch-qudrati, bilimi, maʼnaviyati va bilan Uchinchi Renessansni bunyod etguvchilardir.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019