12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 19:08
Jamiyat 👁 480

Totuvlik tafti: MUATTAR MEHR TAFTIDAN OBOD XONADON

Totuvlik tafti: MUATTAR MEHR TAFTIDAN OBOD XONADON

Qiliçboy zamini Amudaryo tumanining maftunkor göşalaridan biri. Bu zaminda yaşab, özlarining fidoyi mehnatlari bilan umr manzillarini ziynatlab, yuksak obrö-eʼtibor topgan insonlar juda köp. Ayniqsa, özaro mehr-oqibatli, totuv va inoq oilalar saltanatini bunyod etib, nafaqat öz farzandlariga, balki el-yurtga muattar mehr taftini ulaşib yaşayotgan insonlarning turmuş tarzlari havasga munosib.

Qiliçboy zaminida qozoq millatiga mansub Bektursun oğa (Alloh rahmat qilsin) va Enajon momo Qiliçevlar haqida gap ketganida eldoşlari:

- Ularning  çehralari nurli edi, izlarida qolgan urpoqlari ham juda mehrli, el-yurtga qayişgan, - deya havas bilan eʼtirof etişadi.

Bektursun oğa Qiliçev butun umrini taʼlim-tarbiya sohasiga bağişlagan, to nafaqaga çiqqunlariça qişloqdagi 15-sonli umumtaʼlim maktabida öquvçi-yoşlarga fizika-matematika fanidan dars berganlar. Umr yöldoşi Enajon momo esa şu maktabda farroş bölib işlaş bilan birga katta rözğorning saranjom-sariştaligini taʼminlab, öta tejamkorlik bilan bekalik vazifasini ado etganlar. Biri qozoq, biri özbek millatiga mansub Bektursun oğa bilan Enajon momo mehr-muhabbat çaşmasidan suv içib, bu xonadonda 5 öğil, 4 nafar qiz voyaga yetdi.

Xalqimizda “Qirqta bölsa, qiliği, önta bölsa, örni boşqa”, degan ajib hikmat göyo Bektursun oğa bilan Enajon momoning farzandlari xulq-atvoriga qiyosan yaralganday, töqqiz nafar öğil-qiz töqqiz xil öziga xos dunyo böldilar. Ota-onalari feʼlidagi özaro mehr-oqibat, mehnatsevarlik, xuşmuomalalik, qatʼiyat va dadillik, eng muhimi, halollik va rostgöylik fazilatlarini özlariga “yuqtirgan” farzandlar kamolga yetganida ahillikda göyo bir muştga, özaro mehr-oqibatda köngillari daryoga aylandilar. Biri-biridan mehnatkaş, elim, yurtim, uyim-joyim, rözğorim, degan fidoyi insonlar bölib şakllandilar. Vaqt ötib, 9 farzand 9 joyda ildiz otib, özlarining muqaddas oila qörğonlarini yaratdilar.

Biz istaymizmi, istamaymizmi, hayot qonuni – Allohning hoxiş-irodasi oldida ojizmiz. Şuning uçun ham keksalar bu dunyo bir mehmonxona, biz esa mehmonmiz, deyişadi. Bu fano mehmonxonasida izzat-hurmatga, ehtiromga munosib yaşaş esa insonning öziga boğliq. Bektursun oğa bilan Enajon momo bu hayotdan ketganlariga ança bölgan, lekin har kuni, har tong ularning nurli izlari qolgan katta xonadonda, bu xonadondan bir irmoq kabi taralib, mehr-oqibat ummoniga aylangan öğil-qizlar, nevara-çevaralarning oilalarida şu aziz insonlarning nomlari tillardan tuşmaydi:

- Bobom bilan enamning ruhlari şod bölsin, bizlarga ham ularning umr yöllarini bersin!

Ana şunday duo qilişadi otaxon bilan onaxonning bugungi avlodlari.

Bugungi avlodlar. Bektursun oğa bilan Enajon momoning törtinçi farzandi bölgan Zamiraxon Qiliçeva ularga boş-qoş. Taqdir yoziğimi, bu oila farzandlari içida Zamiraxon oila qurmadi. Samarqand şahridagi kooperativ texnikumini imtiyozli diplom bilan tugatgan Zamiraxon özidan katta opa-akalari talaba bölgani, 5 nafar  uka-singillari juda yoşligi uçun işlab, ota-onasiga kömakdoş bölişni xohladi va tuman matlubot jamiyatiga qaraşli dökonlardan biriga sotuvçi bölib işga joylaşdi. 1989-yilda otasi Bektursun oğaning vafotidan söng, uka-singillari Zamiraxonga qattiq boğlanib qolişdi. Oiladagi oğir judolik, rözğorning zalvorli yukini yelkalaş Zamiraxonning zimmasiga tuşdi. U keksayib qolgan onasiga tirgak bölib, uka-singillarini katta hayotga tayyorladi, öqitdi, uyli-joyli qildi. 14-yil davomida savdo sohasida işlagan Zamiraxon Qiliçeva 1978-1993-yillarda Qiliçboy qişloğidagi maişiy xizmat körsatiş kasb-hunar kollejida (hozirgi kasb-hunar maktabi) faoliyat yuritdi.

Uka-singillarining öqişi, işli, uyli-joyli bölişi uçun yelib-yugurib yurib pensiya yoşiga yetganini ham sezmay qoldi. U butun orzu-umidlarini tuğişganlari hayoti bilan boğladi. Ularga ota-onasidan keyin ota-onalik mehr-muhabbatini berdi va evaziga hurmat, eʼtibor, ehtirom kördi. Çin maʼnoda baynalmilal oila bölgan bu katta xonadonda Bektursun oğa bilan Enajon momoning farzandlari, nevara-çevaralari jam bölişganlarida xuddi töyxonaga aylanib ketadi. Uzoq yillar “qişloqxöjalikkimyo” idorasida taʼminotçi-mutaxassis lavozimida halol va fidoyi mehnat qilgan (Alloh rahmat qilsin) oilaning katta farzandi Sultonmurodning ayoli Halima Quşerova – qozoq qizi. Uni butun oila aʼzolari yaxşi körib, ismini umuman tilga olişmaydi. Çunki, kelinlar qayni va bekaçlarining, ular esa çeçalarining ismlarini aytib çaqirişlari qozoq millatiga xos emas. Uni “jengey” deb eʼzozlaşadi. Oilaning qizlari – bekaçlar va qayn opalarni esa “Oyqiz”, “Oy opa” deb ataşadi, bu borada Zamiraxonning hurmat-eʼtibori ança baland. Uni barça “jengey” va kelinlari bir xil “Opa”, deb çaqirişadi.

Xalqimiz qon-qoniga singib ketgan gözal bir fazilat bor. Bu – millatlararo totuvlik. Nazarimda bu ezgu fazilat xalqimiz uçun betakror anʼanaga, maʼnaviy qadriyat darajasiga kötarilganki, köpmillatli mamlakatimizda, xususan, Qoraqalpoğistonda ham barça millat vakillari özaro jips, ahil-inoqlikda yaşaşga odatlanişgan. Razm solsangiz, har bir özbekning bir qoraqalpoği, qalbi-qalbiga tutaş qozoği yoki turkmani bor. Qoraqalpoq, qozoq, turkman va boşqa millatlarning esa özlarining özbek qardoşlarisiz tölmaydigan oçiq köngillari  bor. Bektursun oğa bilan Enajon momoning izlarini obod qilib, bugungi kunda Zamiraxon opa Qiliçeva boşçiligida özlaridan köpayişib, el-yurtga singib ketgan katta xonadonning kelinlaridan Halima çeça Kuşerova bilan Rayaxon Yesenovalar – qozoq, nevara kelinlar Anorgul Madiyorova – qoraqalpoq, Raʼnoxon Maşaripova va Malohatxon Hajiyevalar esa özbek millatlariga mansub.

Biz ijodiy guruhimiz bilan bu mehr-oqibat gulşani – ota-onasining çiroğini yoqib ota makonda yaşayotgan Zamiraxon opa Qiliçeva boşçiligida ota-onalarini xotiralaş marosimiga yiğilgan, biri-biridan dilbar, mehrli kelinlarning özaro muomalalariga çin dildan havas qildik. Qiliçboy OFY raisi Bahrom Qodirov va nuroniylar masalalari böyiça OFY raisining maslahatçisi Aminaxon opa Yusupovalarning eʼtirof etişlariça: “Katta xonadonning eşigi yaxşilar uçun hamişa oçiq”, qozoq milliy liboslarini xuş körib kiyadigan özbek va qoraqalpoq millatiga mansub kelinlar oilaviy marosimlarga umr yöldoşlaridan avvalroq yetib kelişib, dasturxon yasatişni doimiy anʼanaga aylantirişgan. Xuddi ota-onalari hayot-u öğillarini tökin dasturxon atrofida kutayotgan kabi,

- Qaynonam rahmatlik hammamizga quroq tikiş hunarini, körpa-körpaçalar qavişni örgatganlar, - mehr bilan sözlaydi kelinlar.

Şundanmi, bu kabi işlar ahil-inoq kelinlarning özlaridan ortmaydi.

Insonni mehr ulğaytiradi, muhabbat toblaydi, oqibat çiniqtiradi, deydilar. Ana şu uç buyuk tuyğu hokim bölgan joyda oila çamani gullab-yaşnaydi, muattar ifori bilan atrofidagilarga, el-yurtga tarovat baxş etadi.

Bu xonadon mehr taftidan,

Oqibatdan rang olgan göşa.

Öğil-qizning muhabbatidan,

Totuvlikdan çaroğon göşa.

 

Şuning uçun quçoği obod,

Tonglarida olamça sehr.

Kelinlarning köngillari şod,

Ularga yor muattar mehr!

Robiya YÖLDOŞEVA.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026