“BARHAYoT SIYMOLAR” NOMLI ADABIY-BADIIY KEÇA ÖTKAZILDI
15-fevral kuni 44-sonli maktabda hazrat Alişer Navoiy hamda buyuk şoh va şoir bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bağişlab “Barhayot siymolar” nomli adabiy-badiiy keça ötkazildi.
Maktabning ona tili va adabiyot fani öqituvçisi Salomat Karimova boşçiligida 5-A va 5-B sinf öquvçilari iştirokida taşkil etilgan uşbu bayram tadbirini maktabning maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça direktor örinbosari Rufat Dösimbetov oçib berdi. Tadbirni öquvçilar bobokalonlar qalamiga mansub ğazallar bilan davom ettirişdi. Keça davomidagi kuy va qöşiqlar, dilbar raqslar tomoşabinlarga haqiqiy bayramona kayfiyat ulaşdi.
Bayram tadbirida şu maktabning ona tili va adabiyot fani öqituvçisi Manzura Sultonova, boşlanğiç taʼlim öqituvçisi Nigora Tajiboyeva va maktabning musiqa fani öqituvçisi Neʼmatjon Qurbonboyevlar sözga çiqib, Alişer Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur haqidagi qiziqarli maʼlumotlarni bayon etişdi. Bunday adabiy keçalar ötkazilişi öquvçilar hayotida unutilmas xotira sifatida muhrlanişi, buyuk siymolarga ehtirom – millatga ehtirom, bugungi kun yoş-avlodlar qalbida jamiyat hayotida daxldorlik hissi ruhida tarbiyalaşda muhim dasturulamal vazifasini ötaşini taʼkidladilar.
Bobokalonlar tavalludiga bağişlab taşkil etilgan “Barhayot siymolar” nomli adabiy-badiiy keça kötarinki kayfiyatda ötdi.
Salomat Karimova, 44-sonli maktabning ona tili va adabiyot fani öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶