QUTURIŞ KASALLIGINING OLDINI OLIŞ YuZASIDAN TUMAN FAVQULODDA VAZIYaTLAR BÖLIMI TOMONIDAN MAXSUS TAKTIK-ÖQUV MAŞQI TAŞKIL ETILDI
Joriy yilning 20-fevral kuni Amudaryo tumani hokimi – Fuqaro muhofazasi boşliğining tegişli qarori asosida tumanning Olmazor mahallasida maxsus taktik-öquv maşqi ötkazildi.
Uşbu maxsus taktik-öquv maşqiga 4ta şaxsiy tarkib va 4ta texnika jalb qilindi. Unda hududda quturiş kasalligi böyiça favqulodda vaziyat sodir bölganda tuman Favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va ularni bartaraf etiş davlat quyi tizimining hamkorlikdagi harakatlari amaliy tarzda körsatib berildi.
Maxsus-taktik öquv maşqi 2ta bosqiçda ötkazildi. Birinçi bosqiçda Olmazor mahallasi hududidagi markaziy öyingoh oldida tegişli Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimi tarkibidagi xizmatçilar va kuç-vositalarning şayligi körikdan ötkazildi. Söngra soha xodimlari tomonidan öz funktsional vazifalaridan kelib çiqqan holda amalga oşirilişi lozim bölgan tadbirlarga aniqlik kiritib olindi.
Maxsus taktik-öquv maşqning ikkinçi bosqiçida körgazmali va amaliy öquv-seminari tarzida ötkazildi.
Amaliy öquv-seminarda tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi tezkor bölinmasi boşliği, kapitan Axan Utebayev aholi örtasida quturiş kasalligining tarqalişi bilan boğliq favqulodda vaziyatlar yuzaga kelişi xavfi, ularning oldini oliş va bartaraf etişda Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimining ahamiyati töğrisida maʼruza qildi.
Şundan söng, tuman Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi epidemiologiya va immunoprofilaktika bölimi mudiri Gulşod Tajiboyeva Amudaryo tumani hududida quturiş kasalligining epidemiologiyasi, etiologiyasi hamda bu borada olib borilayotgan profilaktik tadbirlar töğrisida maʼlumot berdi.
Seminar davomida tuman Tibbiyot birlaşmasining yuqumli kasalliklar bölimi şifokori Farhod Qöşmanovning “Quturiş kasalligi patogenezi, klinikasi, davolaş va profilaktika usullari” töğrisidagi, tuman Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş bölimi boşliği Alişer Matkarimovning “Amudaryo tumani hududida quturiş kasalligi böyiça mavjud epizootik vaziyat hamda uning oldini oliş borasida olib borilayotgan epizootiyaga qarşi tadbirlar” töğrisidagi maʼruzalari ham tinglandi. Maʼruzaçilar quturiş kasalligi tarqalişining oldini oliş borasidagi çora-tadbirlar haqida keng töxtalib, kerakli tavsiyalarni berib ötdilar.
Tadbir davomida Olmazor mahallasi hududidagi Islomobod köçasida joylaşgan 16-uyda körgazmali maşq ötkazildi. Unda quturiş kasalligiga gumon qilingan bemor aniqlanganda Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimi xizmatlarining harakatlari amaliy ravişda körsatib berildi.
Quturiş – hayvonlar va odamlarda uçraydigan, asab tizimining oğir şikastlanişi bilan keçadigan hamda ölim bilan yakun topadigan öta havfli yuqumli virusli kasallikdir. Quturgan uy hayvonlari – it, muşuk, sigir, ot, eşak, çöçqa, yovvoyi hayvonlardan çiyaböri, tulki va boşqalar odamlar uçun kasallik manbai bölib hisoblanadi. Odamlarga quturiş kasalligi 90-95 foiz holatlarda itlardan yuqadi. Yaʼni, şu kasallikka çalingan hayvonlarning tişlaşi, tirnaşi, tişlarining qadalişi, şuningdek, jarohatlangan teri va şilliq qavatlariga sölagi tuşişi natijasida yuqadi.
Mahalla aholisi örtasida ötkazilgan tuşuntiriş-tarğibot uçraşuvida taʼkidlanganidek, jahon soğlikni saqlaş taşkilotining maʼlumotiga köra, dunyoda har yili 40 mingdan 70 ming nafargaça odam, 1-2 mln.dan ortiq hayvonlar quturiş kasalligi bilan kasallanadi.
Quturiş kasalligi bilan kasallangan bemorlarda tişlagan joyi qiçiydi, tortişib uvişadi, bemor tuşkunlikka tuşadi, odamlar bilan muloqotdan qoçadi. Uyqusi buzilib, iştahasi yöqoladi, unda qurquv hissi paydo böladi. Nafas olişi qiyinlaşadi, suvdan, şamoldan, yoruğlikdan, tovuşdan qörqadi. Bemorning uyqusi buzilib, özini-özi tişlaydi, es-huşi kirdi-çiqdi bölib qoladi, keyinçalik bemorning köziga yöq narsalar körinadi, u alahsiraydi. Tana harorati kötariladi, muskullarida falajlik paydo bölib, bemor yurak-tomir faoliyati yetişmasligi yoki nafas markazining falaji oqibatida vafot etadi.
Tadbir yakunida masʼullar quturiş kasalligi haqida batafsil maʼlumotlar berib, it yoki boşqa hayvonlar tişlaganda va tirnaganda zudlik bilan tibbiy yordamga murojaat qiliş zarurligini taʼkidladilar.
D.BABAJANOV, Amudaryo tuman SEO va JSB epidemiolog vraçi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶