SAYLOV YuKSAK SAVIYaDA OʻTMOQDA
Bugun soat 6:00 da barcha joylarda boʻlgani kabi Qoraqalpogʻiston Rspublikasining Amudaryo tumanida ham Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi barcha 58 ta saylov uchastkalari eshiklari saylovchilar uchun ochildi. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi saylovchilar oʻz konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishga kirishdilar.
Tumanda saylovchilar roʻyxatiga 117772 nafar saylovchi kiritilgan.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi 77 uchastka saylov komissiyasida ham saylov yuksak saviyada oʻtmoqda.
Mazkur saylov uchastkasida 2366 nafar saylovchilar roʻyxatga kiritilgan boʻlib, soat 10-00 gacha ularning aksariyat qismi oʻz konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirdilar.

70 yoshli nuroniy otaxon Farhod Abdullayev ham saylovda qatnashib yurtimizning tinchligi va osoyishtaligi, obodligi va farovonligi uchun oʻz ovozini berdi.
Aytish keraki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga bu galgi saylov fuqarolarning ijtimoiy va siyosi faolligi yuksalgan yangi sotsial-iqtisodiy sharoitda oʻtkazilmoqda.
Saylov uchastkalarida siyosiy partiyalar kuzatuvchilari va ommaviy axborot vositalari vakillari saylovlarning ochiq va oshkora oʻtayotganini kuzatib bormoqdalar.
Fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida oʻz ovozi muhim ahamiyatga ega ekanligini chuqur his qiladilar. Shu sababli ular yurt istiqboli va xalqimizning yorugʻ kelajagiga oʻzini daxldor his qilib, saylovida faol ishtirok etmoqdalar.

Uchastka saylov komissiyalari joylashgan binoga saylovchilar kelishi davom etmoqda.
Gʻulomjon YeShNIYoZOV,
Amudaryo tumanidagi
"Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi
bosh muharriri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶