TIRIKLIKNING QADRIGA YeTING!
Giyohvandlik butun dunyo xalqlarini taşvişga solayotgan dolzarb muammolardan biridir. Çunki giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar qabul qilişning zararli oqibatlari bugungi kunda yoş-u qariga birdek ayon. Eng dahşatlisi, uşbu moddalarni qabul qilgan odam bu yöldan qaytmoği qiyin. Narkotik va psixotron moddalar isteʼmol qiliş jinoyatlar sodir etilişining köpayişiga olib keladi. Çunki giyohvand bölib qolgan inson uşbu moddani muntazam qabul qilişi uçun köp mablağ topişi lozim böladi.
Giyohvand moddalarni isteʼmol qiliş kişi meʼdasi, jigari faoliyatini işdan çiqaradi, köriş, eşitiş, taʼm biliş, fikrlaşdan mahrum böladi. Tafakkur qila olmaydi, özini boşqara olmaydi va jamiyat uçun ham, oilasi uçun ham foydali iş qila olmaydigan şaxsga aylanadi.
Inson hayotini tanazzul sari yetaklaydigan zararli odatlardan biri spirtli içimlik içişdir.
Olimlarning aniqlaşlariça, saratonni keltirib çiqaruvçi omillarning köpçiligi spirtli içimlikda mavjud ekan. Mast bölgunça içiş ham, muntazam, yaʼni har kuni oz-ozdan içiş ham inson organizmiga halokatli taʼsir qilar ekan.
Spirtli içimliklarning salbiy oqibatlari haqida ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda köp yozilgan va yozilmoqda. Içkilik içiş natijasida turli köngilsizlar sodir bölayotganiga hayotda hammamiz guvoh bölib yuribmiz. Biroq bundan tegişli xulosa çiqarilmayapti, menimça.
Özbekistonda surunkali alkogolizm kasalligiga çalingan bemorlar bemorlar soni tobora ortib borayotgani fikrimiz dalilidir.
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti maʼlumotlariga qaraganda, inson salomatligiga salbiy taʼsir qiluvçi asosiy 20ta xatarli omillar içida spirtli içimlik isteʼmoli asosiy örinni tutar ekan. Spirtli içimlik isteʼmol qilgan odamning tanasida uning zaharli moddalari 3 kungaça saqlanib turar ekan, oşqozon yalliğlanişi, yurak xastaliklari, xafaqon kasalligi aynan içimlik içiş oqibatida yuzaga keladi. Eng açinarlisi, spirtli içimlik içgan odam özini özi boşqara olmaydi, töğri fikrlay olmaydi, oilasida va jamoat joylarida özini munosib tuta olmaydi. Natijada turli nizo, uruş-janjallar kelib çiqişiga sababçi böladi.
Keyingi yillarda ayollar orasida ham spirtli içimlik içiş hollari köpayib bormoqda. Bu barçani xuşyor tortişga, soğlom turmuş qoidalarini kengroq tarğib etişga çorlaydi. Çunki ayol-nasllar tarbiyaçisidir.
Xulosa qilib aytganda, spirtli içimlik içiş tufayli hosil böladigan kayf – şirin hayotdan aziz emas.
Baxtli, soğlom va farovon yaşaşni istagan istagan inson zoti borki, spirtli içimlik içiş, çekiş, giyohvand moddalar isteʼmol qiliş kabi zararli odatlardan tiyilmoği va öz hayotini özi gözal, fayzli va mazmunli ötkazişga intilmoği lozim.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶