28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 10:57
Jamiyat 👁 252

OʻTAYoTGAN VAQTNING QADRIGA YeTAYLIK

OʻTAYoTGAN VAQTNING QADRIGA YeTAYLIK

Yoshlik – umrning bir boʻlagi, lekin uning boshqa davrlardan ajratib turuvchi oʻziga hos qiymatdor tarafi ham bor. Yoshlik gʻayrat u shijoatga, oʻtkinchi maqsadlarga toʻlgan davrdir. Hamda ikki zaiflik – goʻdaklik va keksalik orasidagi quvvatga toʻlgan yillardir.

Bolalikni uyin, yoshlikni shahvat, balogʻat yoshini gʻaflat bilan oʻtkazish va keksalikda qoʻldan ketganlar uchun hasrat chekish, oʻzini har tomon oʻrib, nadomat koʻz yoshlarini toʻkish – gʻofillik bilan umr oʻtkazishning alomatlaridir.

Vaqtdan toʻgʻri foydalanishni oʻrganish bolalikdan boshlanadi. Chunki vaqtni toʻgʻri taqsimlay olish ham yaxshi xulqlar sirasiga kiradi. Bolalikning maʼlum yillariga qadar ota-onalar va maktab muallimlari bolaning boʻsh vaqtiga egalik qiladilar. Yaʼni ular dars tayyorla desa, ular darhol dars tayyorlaydi. Oʻqituvchisining aytgan har bitta gapi bola uchun toshga bitilgan naqsh kabidir. Agarda ushbu bola boshi ogʻirib tursa, unga onasi boshining nima uchun ogʻriganligini aytib bersa va unga amal qilish kerak desa bola uni yaxshi qabul qilmaydi. Agarda bola ushbu ogʻrikning sababini shifokordan soʻrasa va onasi aytgan gaplarni shifokordan eshitsa, bola darhol uning gapini qabul qiladi va shunga doimo amal qilishga harakat qiladi. Bunday holat hammamizning boshimizdan ham oʻtgan. Bola oʻz kundalik ish tartibini oʻzicha belgilashga harakat qiladi. Yaʼni bolalarning koʻpchilik vaqti oʻqish va oʻrganishga qaratish kerak boʻlgan boʻlsa, baʼzi yoshlar uning aksini yaʼni yoshlik vaqtini bekorchilikga almashadilar. Bu borada ota-onalar ham farzanlarini nima bilan shugʻullanishiga eʼtibor bermasdan “mening oʻgʻlim kompyuterni juda yaxshi biladi, undan boshini olmaydi” deya farzandini oʻz holiga tashlab quyadi.

Barchamizga maʼlumki yigirma birinchi asr internet va texnologiyalar asri sanaladi. Har bitta ota-ona farzandi uchun har qanday narsaga ham tayyor turadi. Farzandining oʻz tengqurlaridan kam boʻlmasliklari uchun doim harakat qiladi. Farzandi oʻqishdan uyga bugung sinfdosh doʻstim eng soʻngi rusimli telefon koʻtarib kelib hamma bolalarga maqtandi menga ham shunaqasidan olib bering degan iltimosini yerda qoldirmagan ota-ona ertasiga darhol magazindan eng yaxshi telefon xarid qili keladi. Farzandining quvonchini koʻrib ota xursand boʻladi. Axir telefon olib borishdan maqsad oʻgʻli oʻqishdan kechiksa undan havotir olmasdan darhol qoʻngʻiroq qilib uning qayerda ekanligini bilish emasmi? Hozirda bunga koʻpchilik eʼtibor bermay qoʻydi. Yaʼni telefonda kim bilan suhbat qoʻrmoqda?, kimlar bilan doʻst tutingan?, telefonga ulangan internet orqali nimalarga va qanday saytlarga kirmoqda?, kabi savollarni berib oʻgʻliga murojaat qilmay qoʻydi.

Toʻgʻri oilaga doir ishlarimizga ajratadigan vaqtimizning asosini tirikchilik va roʻzgʻor masalalari tashkil etishi tabiiy. Lekin bu borada birinchi oʻringa farzand tarbiyasini qoʻygan maʼqul boʻladi.

Chunki bugun olishimiz kerak boʻlgan piyozni ertaga ham olsak boʻlaveradi, lekin bugun berilishi kerak boʻlgan tarbiyani ertaga qoldirish yaxshi emas. Xalqimizda “Uy yonsa suv uchiradi, vaqt yonsa nima uchiradi?” deb bejiz aytilmagan.

Kishining har bir daqiqasi, hatto har bir nafasi fazilatli amallarga bagʻishlanishi kerak. Har bitta kun oʻz yakuni, har bir soat ham oʻz nihoyasini topadi. Oʻtgan vaqtning oʻrini kelayotgani bosmaydi. Boy berilgan vaqt oʻrnini toʻldirib, hotirjam yashayotgan insonni kim koʻrgan?. Hasan Basriyning ajoyib hikmatlari bor: “Har bir tong yorishadigan kun borki, inson bolasiga nido qiladi: “Men yangi yaratildim. Ishlaringga shohidman, mendan foydalanib qol. Ketar ekanman, Qiyomatga qadar qaytmayman”. Koʻp keksalarni uchratamiz, ular yoshlik davrlarining yana bir bora qaytishini orzu qiladilar. Lekin bu amalga oshmaydigan orzu, xolos. Bunaqangi orzularning ozi-yu koʻpi hech narsani oʻzgartirmaydi.

Vaqt haqida gapirishimizdan maqsad Alloh toalo tomonidan berilgan umrni faqat      yaxshi niyatda yaxshi ishlarni qilib, jonajon Vatanimizning goʻllab rivojlanishiga oʻzining hissasini qoʻshadigan oʻz ota-onasi niyat qilgan komil farzand boʻlib yetilishlari kerak. Oʻsib kelayotgan yosh avlodlarning har tomonlama yetuk bilimli, maʼnaviyatli va jismonan baquvvat boʻlib yetishlari uchun bugun yurtimizda toʻlaqonli imkoniyatlar eshigi barpo etilgan. Har birimiz ushbu yaratilgan imkoniyatlardan toʻgʻri foydalanib, oʻz oldimizga qoʻygan ezgu maqsadlarimiz sari ildam qadam qoʻymogʻimiz darkor.

 

Tohir Malikning “Umidimiz yulduzlariga” nomli asari asosida

Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy nomidagi oʻrta maxsus islom bilim yurti mudiri oʻrinbosari Salamat Qudaybergenov tayyorladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026