14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 12:26
Jamiyat 👁 263

“Bugun elimiz tinchligining qadriga yetaylik!” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi

“Bugun elimiz tinchligining qadriga yetaylik!” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi

3-oktyabr kuni Amudaryo tumani Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 82-sonli umumtaʼlim maktabida yoshlarni jalb qilgan holda “Bugun elimiz tinchligining qadriga yetaylik!” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Tumanimiz yoshlari bilan uchrashish hamda ular bilan dildan suhbat qurish maqsadida tashrif buyurgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi oʻrinbosari Rustam Saparbayev, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huziridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi bosh mutaxassisi Nurulla Jamalov, Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Bayramgul Ayimbetovalar, shuningdek, tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, hokim oʻrinbosari Mahmud Shermetov hamda qator masʼullar maktabda tashkil etilgan tumanimizdagi yosh ijodkorlarning ijod mahsullari, qoʻl mehnatlari namunalaridan iborat koʻrgazmani tomosha qildilar.

Shundan soʻng yoshlar bilan mavzu yuzasidan suhbat tashkil etilib, unda soʻzga chiqqan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi oʻrinbosari Rustam Saparbayev tinchlik Alloh taoloning bizlarga bergan neʼmatlari ichida eng ulugʻi ekanligi, uni asrab-avaylash, tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish, tinch va osuda hayotimizga, xotirjam otayotgan har bir tongimizga shukrona keltirish lozimligi, bunday dorilomon kunlarga yetish oson boʻlmagani, yer yuzida necha minglab insonlar hayotining har bir daqiqasini yuragida qoʻrquv, hadik bilan oʻtkazayotgani xususida soʻz yuritdi.

Taʼkidlanganidek, bugungi kunda butun yer yuzida koʻplab davlatlar oʻrtasidagi oʻzaro urushlar ularning taraqqiy etishi va rivojlanishini ortda qoldirmoqa. Hozirgi tahlikali davrda tinch va osoyishta hayotimizni saqlab qolish, tinchligimizni asrash har bir kishining muqaddas burchi hisoblanadi. Vatan tinch boʻlsa, yashash uchun eng qulay maskan hisoblanadi. Tinchlik boʻlsa, insonlarning hayoti farovon boʻladi. Bu neʼmat davomli boʻlishi uchun esa, uning sabablari, uni tutib turuvchi omillari yaʼni oʻzaro ishonch, mehr-muruvvat, shukronalik, adolatli boʻlish, zulm va xiyonat qilmaslik kabi fazilatli xislatlarga ham eʼtiborli boʻlish lozim.

Davra suhbatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huziridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi bosh mutaxassisi Nurulla Jamalov soʻzga chiqib,  har bir inson oʻz maqsadi yoʻlida doimo harakat qilishi, orzu va maqsadlarning, ezgu niyatlarning roʻyobga chiqishi uchun esa tinchlik va osoyishtalik eng zaruriy omil ekanligini taʼkidlab, oiladagi xotirjamlik insonning ish samaradorligini oshirishga, oila mustahkamligiga asos boʻlsa, yurtdagi tinchlik mamlakat taraqqiyotiga, farovonligiga zamin yaratishini qayd etib oʻtdi.

Tumanimiz yoshlari bilan tashkil etilgan mazkur uchrashuv doirasida “Bugun elimiz tinchligining qadriga yetaylik!” mavzusida insholar tanlovi oʻtkazildi. Insholar tanlovi tumandagi barcha umumtaʼlim maktablari yuqori sinf oʻquvchilari oʻrtasida boʻlib oʻtdi. Tanlovda har bir maktabdan bir nafardan oʻquvchi ishtirok etdi.

Aytish kerakki, mazkur insholar tanlovi yoshlarning tinchlik va uning qadriga yetish borasidagi fikr-mulohazalarini, ularning bu boradagi bilimlari qay darajada ekanligini, tinchlik haqidagi dunyoqarashlarini yaqindan oʻrganish maqsadida tashkil etilib, yoshlar mavzu yuzasidan bor bilim va tasavvurlarini qogʻozga tushirdilar.  Juda qiziqarli tarzda oʻtgan insholar tanlovining yakuniy natijalarga koʻra 62-sonli maktabning 10-sinf oʻquvchisi Shahlo Quralovaning yozgan inshosi eng oliy oʻringa loyiq deya topildi. Tanlovning 2-oʻrni 40-sonli maktabning 11-sinf oʻquvchisi Durdona Yoʻldashevaga, 3-oʻrin 67-sonli maktabning 11-sinf oʻquvchisi Dilnoza Xudoyorovaga nasib qildi.

Tadbir yakunida insholar tanlovi gʻoliblari masʼullar tomonidan turli badiiy kitoblar jamlanmasi hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019