QILIÇBOY OVULIDAGI 27-SONLI MTT TARBIYaÇILARI “BALLI, QIZLAR!” KÖRIK-TANLOVIDA FAOL QATNAŞIŞDI
Yurtimizda Navrözi olam şukuhi kezayotgan ayni kunlarda barça hududlarda tadbirlar ötkazilib, bayram xuş kayfiyatda kutib olinmoqda. Ovul va mahallalarda sumalak sayillari, korxona-taşkilotlar, taʼlim muassasalarida esa turli tadbirlar taşkil etilib, hammaga bayramona kayfiyat ulaşilmoqda.
Qiliçboy ovulidagi 27-sonli maktabgaça taʼlim taşkilotida ham bahor bayramlari munosabati bilan, şuningdek, yuqori malakali tarbiyaçilarni aniqlaş va rağbatlantiriş, ularning pedagogik mahorati, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiriş, ilğor tajribalarini keng ommalaştiriş, kasbiy faoliyatda soğlom raqobat hamda ijodkorlik muhitini yaratiş maqsadida “Balli, qizlar!” körik-tanlovi ötkazildi. Navröz bayrami arafasida ötkazilgan uşbu tadbirga fuqarolar yiğini masʼullari, ovul faollari, ota-onalar va şu yerda işlagan, ayni kunda nafaqadagi onaxonlar, tarbiyaçilar taşrif buyurişdi.
Tadbirni taşkilot direktori Muhabbat Rahimboyeva oçib berdi va mehmonlarni bahor bayramlari bilan qutlab, tanlov qatnaşçilariga omad tiladi. Şuningdek, taşkilotda uzoq yillar mudiralik qilib, ayni paytda qarilik gaştini surayotgan Rözika Asqarova, tarbiyaçi bölib işlagan onaxon Oygul Yusupova va boşqalar, ovulning faol onaxonlaridan Amina Yusupovalar ham sözga çiqib, barçani yaqinlaşib kelayotgan Navrözi olam bilan tabriklaşdi.
Taşkilot tarbiyaçilari örtasida bölib ötgan uşbu körik-tanlovda tayyorlov guruhi tarbiyaçilari Malohat Ibodullayeva, Ziyoda Davletova, Gulzebo Qiliçbekova, Laylo Atajonovalar, katta guruh tarbiyaçilari Dilrabo Bozorboyeva, Şahlo Jumamurodovalar iştirok etişdi. Tanlovda qatnaşgan tarbiyaçi-qizlar beşta şart asosida öz iqtidorlarini, bilimdonliklari, çaqqonliklari va epçilliklarini körsatişga harakat qilişdi. Tanlov davomida qizlar şartlarga köra, salomlaşiş odobini, savol-javoblar asosida bilimdonliklari, kasbiy mahoratini, qöl işlari, pazandaliklari va isteʼdodlarini körsatişdi.
Tanlovning birinçi şartiga köra tarbiyaçilar salomlaşiş odobini talqin qilib berişdi va taʼlim-tarbiya jarayonida yoş avlodga eng avvalo bu odobni singdirişayotganini ifoda etişdi. Keyingi, savol-javob şarti davomida esa taşkilotda qöllanilayotgan “Ilk qadam” dasturi va boşqa taʼlim-tarbiya usullari xususidagi bilimdonliklarini sinovdan ötkazişdi.
Bahoriy bezak deb nomlangan şart böyiça esa gulqoğozlardan turfa bahoriy gullar, bayramlarga tabriknomalar, plastilindan multfilmlar qahramonlarini yasab mahoratlarini körsatişdi. Özlari yoqtirgan salatlarni tayyorlaş şarti böyiça esa turli köklam salatlarini tayyorlab, pazandaliklarini namoyiş etişdi. Erkin mavzu şarti davomida esa qizlar isteʼdodli ekanliklarini ham körsatib, qöşiqlar kuylaşdi, raqslar ijro etib, tadbirga yanada fayz kiritişdi. Ayniqsa, maromiga yetkazib ijro etilgan ona allasi juda taʼsirli çiqdi va barçaga manzur böldi.
Qizlarning har birining çiqişlari hakamlar hayʼati tomonidan odilona baholab borildi va tayyorlov guruhi tarbiyaçisi Malohat Ibodullayeva körik-tanlovning mutlaq ğolibi deb topilib, 1-örin berildi. Körik-tanlovda iştirok etgan boşqa qizlar ham “Eng ijodkor tarbiyaçi”, “Eng taşabbuskor tarbiyaçi”, “Eng epçil tarbiyaçi”, “Eng zukko tarbiyaçi”, “Eng nafosatli tarbiyaçi” nominatsiyalariga ega bölişdi.
Körik-tanlov davomida Navröz, köklam, gözal yurt madhiga bağişlab ijro etilgan qöşiqlar, özbek milliy kiyimlaridagi bolajonlar, atlas, adras köylaklardagi jajji qizaloqlar iştirokidagi ajoyib raqslar barçani yanada xuşnud etdi. Qiziqarli ötgan tadbir barçada katta taassurot qoldirdi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶