Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan 65-sonli maktabda voleybol musobaqalari ötkazildi
9-may – Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan mamlakatimizning barça joylaridagi taʼlim maskanlarida, mehnat jamoalarida xotira keçalari, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar ötkazilib, ötganlar xotirasi yodga olinmoqda hamda nuroniylarga ehtirom körsatilmoqda. Amudaryo tumanidagi 65-sonli maktabda ham tajribali öqituvçi, marhum Durdiboy Ataboyevning xotirasiga bağişlab sportning voleybol turi böyiça musobaqa taşkil etildi.
Tadbirni 65-sonli maktab drektori Şahnoza Xöjamurotova oçib, xotira keçasi hamda musobaqa iştirokçilarini yaqinlaşib kelayotgan bayram bilan qutladi. Ustoz Durdiboy Ataboyevning qizi Boğdagul Ataboyeva, dösti, kursdoşi va hamkasbi Yöldoşboy Örazimbetovlar yiğilganlarga marhumning hayot yöli, ibratli işlari haqida öz xotiralarini sözlab berdilar.
Aytib ötiş kerakki, Durdiboy Ataboyev 1939-yilda sobiq Qipçoq tumanining Kökçi mahallasida oddiy dehqon oilasida dunyoga kelgan. Uning ayni yoşlik davri Ikkinçi jahon uruşining oğir va suronli yillariga töğri keladi.
U yoşlik çoğida sportga qiziqişi tufayli 1959-yilda Nukus Davlat pedagogika institutning jismoniy tarbiya fakultetiga öqişga kirib, uşbu dargohning sport musobaqalarida faol iştirok etdi. Keyinçalik öqişni oliy baholarga muvaffaqiyatli tamomlab, 1963-yilda tumanimizdagi sobiq Yöldoş Oxunboboyev nomli örta maktabiga işga kirdi. Öz faoliyati davomida öquvçilarga qunt bilan bilim berib, ularni sportga oşno qildi.
Durdiboy Ataboyev özining serqirra faoliyati davomida tumanimizning 11-sonli va 18-sonli maktablarida dars berib, yuzlab sportsevar yoşlar hamda şogirdlar tayyorladi hamda ovul yoşlarining suyukli ustoziga aylandi.
Uşbu xotira keçasi yana şu jihati bilan ahamiyatliki, u maktab jamoasining hamjihatligi, avlodlar örtasidagi aloqalarni mustahkamlaşda ham vosita böldi. Zero, bu aloqalar nafaqat öqituvçilar va öquvçilar örtasidagi munosabatlarni mustahkamlaydi, balki taʼlim sifatini oşiriş va maktabdagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yaxşilaşda ham muhim rol öynaydi. Bu kabi taşabbuslar kelgusida maktab öqituvçilari va öquvçilari örtasidagi muloqotni yanada kuçaytiriş, ular örtasida özaro hurmat va qadrdonlik tuyğularini rivojlantiriş, şuningdek, yoşlarning ijtimoiy faolligini oşiriş orqali jamiyat rivojiga ham hissa qöşadi.
Maktab maʼmuriyati va iştirokçilar tadbir taşkilotçilari – 65-sonli maktabning jismoniy tarbiya fani öqituvçilari Sanjarbek Urazboyev, Rustam Boltaboyev, Öktam Boltaboyev hamda 24-sonli maktabning jismoniy tarbiya fani öqituvçisi Davlatyor Rajapovlarga minnatdorçilik bildirdilar.
Murosasiz va keskin bahslarga boy bölgan voleybol musobaqalari esa nafaqat iştirokçilar, tomoşabinlarning ham sportga iştiyoqini yanada oşirdi. Zero, sport insonning jismoniy va maʼnaviy kamolotida muhim rol öynaydi. U nafaqat soğlom turmuş tarzini şakllantirişga, balki şaxsning ijtimoiylaşuvi va maʼnaviy rivojlanişiga ham katta taʼsir körsatadi.
Sport şuningdek, yoşlarni soğlom va barkamol qilib tarbiyalaşda, ularning jismoniy va psixologik salomatligini mustahkamlaşda ham katta rol öynaydi. Şu bilan birga, sport orqali inson özining içki imkoniyatlarini namoyon qiliş va şaxsiy maqsadlariga erişiş uçun kerakli motivatsiya va intilişni rivojlantiriş imkoniyatiga ega böladi.
Ana şunday ulkan maʼnaviy va ijtimoiy ahamiyatga ega bölgan tadbir söngida ğoliblarga va iştirokçi jamoalarga diplom hamda esdalik sovğalari topşirildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶