28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 16:54
Fan va taʼlim 👁 359

“Ochiq eshiklar kuni” tadbiri doirasida oʻquvchilar Amudaryo ixtisoslashtirilgan maktabida yaratilgan zamonaviy sharoitlar va imkoniyatlar bilan tanishtirildi

“Ochiq eshiklar kuni” tadbiri doirasida oʻquvchilar Amudaryo ixtisoslashtirilgan maktabida yaratilgan zamonaviy sharoitlar va imkoniyatlar bilan tanishtirildi

“Mening farzandim ham ertaga shu maktabda tahsil olishi shart!” Amudaryo tumani ixtisoslashtirilgan maktabida oʻtkazilgan ochiq eshiklar kunida ota-onalardan biri yaratilgan sharoitlar, va maktab oʻquvchilarining erishgan yutuqlaridan mamnun boʻlib aynan shunday degan edi.

Yosh avlod taʼlim-tarbiyasi, istiqboli bilan bogʻliq har qanday masala bugun jamiyatni qiziqtiradi. Zero, farzandining kelajagi, oilasi farovonligini oʻylagan ota-ona oʻgʻil-qizini barkamol qilib voyaga yetkazish tashvishi bilan yashaydi. Bu ezgu niyat Vatanining hurligi va taraqqiyotini, xalqining farovonligi hamda istiqbolini koʻzlagan har bir davlat va jamiyatning oliy maqsadi hisoblanadi.

 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Amudaryo tumani ixtisoslashtirilgan maktabi ham yosh avlodning taʼlim-tarbiyasida oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelyapti desak, adashmagan boʻlamiz. Chunki maktabning saralab olingan, bilimga chanqoq va intiluvchan oʻquvchilari tumanimizdagi eng malakali oʻqituvchilar koʻmagi bilan respublika miqyosida faxrli yutuqlarga erishib kelmoqda.

Maktabda har yili oʻqish mavsumi yakunlanishi arafasi va yangi qabul jarayonlari boshlanishidan oldin “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari tashkil qilinadi. Shu munosabat bilan joriy yil ham jarayon uchun zarur tashkiliy ishlar amalga oshirildi. Tadbir doirasida maktabda oʻqish uchun hujjat topshirmoqchi boʻlgan oʻquvchilar ota-onalari va ustozlari bilan tashrif buyurishdi.

Dastlab, mehmonlarga interaktiv panel orqali taʼlim dargohidagi hayotni hikoya qiluvchi videorolik namoyish qilindi. Shundan soʻng, yigʻilganlarga bevosita maktabning faol oʻquvchilari tomonidan ularning taʼlim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar haqida maʼlumotlar berib borildi.

Egnidagi kiyim qaddiga yarashib, bu yerdagi sifatli taʼlim va zamonaviy sharoitlar natijasida oʻzi va tengdoshlari erishayotgan yutuqlar haqida xorijiy tilda burro gapirib turgan Jahongir Yoʻldashev hamda maktabning boshqa faol oʻquvchilari barchaning koʻnglida havas uygʻotdi.

Maktab salohiyatini aks ettirib turgan milliy burchak ham kelganlarning diqqat-eʼtiborini oʻziga jalb qildi. Maxsus ramkalarga joylanib, iftihor bilan devorga osib qoʻyilgan yutuqlarni tasdiqlovchi hujjatlar aytilayotgan fikrlarning nechogʻlik rost ekanligini koʻrsatadi. “Ha, mening farzandim ham shunday natijalarga albatta erishadi” – ota-onalar oʻquvchilarning yutuqlari bilan tanishar ekan, shu kabi orzu qilishgan boʻlsa, ajab emas.

Boshqa oʻrinda esa, maktabning tadbirga masʼul oʻqituvchilaridan biri Shohzod Ismoilov yigʻilganlarga qabul jarayoni va zarur hujjatlar haqida gapirib, oʻquvchilarga imtixonga tayyorgarlik koʻrish uchun zarur tavsiyalar bildirib, savollarga javob berish asnosida samimiy sahbat qurdi.

Shu bilan birgalikda tadbir ishtirokchilari kompyuter va robototexnika darslariga moslangan sinfxonalar, kimyo-biologiya va fizika laboratoriya sinfxonalariga kirib, bevosida amaliy dars jarayonlari bilan tanishdi. Har bir oʻquvchi alohida zamonaviy kompyuter bilan taʼminlangan, oʻqituvchi esa, “aqlli” monitor orqali qiziqarli dars oʻtyapti. Bu kabi mashgʻulotlar mehmonlarda katta qiziqish uygʻotdi. Rosti, oldinlari bunday zamonaviy sharoitlar faqat orzu edi. Bugun taʼlim sohasidagi islohatlar sabab xayollar hayotimizga kirib keldi.

Kimyo-biologiya va fizika labarotoriya sinfxonasidagi tajriba jarayonlari, shubhasiz, nazriya va amaliyot uygʻunligini koʻrsatadi. Bunday mashgʻulotlardan keyin oʻquvchilarning bilimi esa oʻn karra mustahkamlanadi. Devordagi oʻquv qurollari, oʻzida maʼlum bir mavzuni aks ettirgan stendlar oʻquvchilarni ilm olamiga chorlaydi. Har bir sinfxonada darslar innovotsion metodlar asosida olib boriladi. Oʻquvchilar nafaqat mavzularni, balki muloqot qilish madaniyatini ham oʻrganadi.

“Ochiq eshiklar kuni” tadbiri davomida kitoblar koʻrgazmasi ham tashkil qilindi. Mehmonlar maktabdagi taʼlim tizimi va oʻqitish metodikasi, oʻquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.

Maktabda oʻtilayotgan har bir mashgʻulot oʻquvchilarning qiziqishi va iqtidori hisobga olingan holda tashkil qilinadi. Negaki oʻzi sevgan mashgʻulot bilan shugʻullangan insongina qilayotgan ishidan zavq oladi. Har bir oʻquvchi – bir olam. Ularning yashirin qirralarini ochishda esa tajribali va oʻz kasbining ustasi boʻlgan pedagoglar jamoasi tinimsiz mehnat qilishadi.

Oʻquvchilarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida maktabda tashkil qilingan “Turon” ansambli mehmonlarga oʻzlari tayyorlagan sahna koʻrinishlari va ajoyib sheʼriy kompozitsiyalar va raqslarni namoyish qilishdi.

Yangi oʻquv yilida maktabga qabul qilinadigan oʻquvchilar tanlagan yoʻnalishlari haqida keng maʼlumotlarga ega boʻlib, qiziqtirgan barcha savollariga maktabdagi ekskursiya davomida javoblar va tegishli tavsiyalarni olishdi.

Qabul jarayonlaridan oldin maktabning oʻqituvchilari tomonidan yaratilgan Telegramdagi @amudaryo_imtihon kanali va maxsus Telegram-bot ham testga tayyorlanayotgan oʻquvchilarga ancha yordam berishi taʼkidlab oʻtildi.

Maʼlumot oʻrnida, ixtisoslashtirilgan maktabga umumtaʼlim maktablarining 4-sinf bitiruvchi oʻquvchilar aniq fanlar, 6-sinf bitiruvchilari esa tabiiy fanlar yoʻnalishlari boʻyicha oʻtkaziladigan test sinovlari natijalariga koʻra oʻqishga qabul qilinadi.

Amudaryo tumani ixtisoslashtirilgan maktabi yangi oʻquv yilida Sizni kutib qoladi, aziz oʻquvchilar. Taʼlim dargohining yagona masadi – barkamol avlod taʼlim-tarbiyasiga munosib hissa qoʻshish va yetuk kadrlarni tarbiyalashdir.

Yulduz Tursunboyeva, Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026