28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:30
Adabiyot 👁 400

Maʼnaviyat va matbuot fidoyisi

Maʼnaviyat va matbuot fidoyisi

Hayot – sinovlar maydoni. Bu maydonda mard­lar gʻolib boʻladilar. Mardlik esa hammaning ham qoʻlidan kelavermaydi. Nisbiylik tushunchasiga koʻra, qalbi pok, halol, vij­donli, vatanparvar, xalq­parvar insonlargina har qanday masalada mardlikni namoyon qila oladilar. Shu jihatdan olib qaraydigan boʻlsak, Xonimjon Rajabova qalamiga mansub “Umr karvoni” toʻplami ham aynan shoiraning shunday fazilat sohibasi sifatida bitilgan nazmiy hikoyalar kabi oʻziga maftun etadi.

Inson hayotidan rozi yashashi uchun eng avvalo unda fidoyilik xislati boʻlmogʻi joiz. Vatanga, oilasiga, kasbiga, xalqiga fidoyi insonlargina ortida qolgan umr manzillariga qoniqish bilan boqa oladi. Chunki uning oʻz ona xalqi, Vatani oldida yuzi yorugʻ, shaxsiy manfaati, shon-u shavkatini, moddiyatni emas, el-yurt manfaatini hamma narsadan ustun qoʻyishning, xalqiga, Vataniga munosib xizmat qilishning uddasidan chiqolganidan mamnun, hayo­tidan rozi. Bunday fidoyilikning zamirida mardona hayot tarzi hokim.

Xonimjon Rajabova 17-yil davomida Amudaryo tumanining ijtimoiy-siyosiy “Amudaryo haqiqati” (hozirgi “Taraqqiyot koʻzgusi”) gazetasi tahririyatida turli lavozimlarda ishladi. 18-yil davomida Amu ayollarining sardori, tuman hokimi muovini, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi sifatida faoliyat yuritdilar. U tuman gazetasi muharriri, tuman hokimi muovini vazifalarida ishlaganida ham ayrim rahbarlarga oʻxshab shunchaki belgilangan rejani ado etibgina qolmadilar, oʻzim guvoh boʻlganim, tinimsiz harakatda boʻldilar. Uning ish soatlari uyida ham davom etardi. Dam olish kunlarini esa qishloqlarda oʻtkazardi. Buning uchun ming bir sabab topilardi: qaysidir mahallada ota-onasiz oʻsgan, yaqinlari boʻlmagan yigitni uylantirish, qizini turmushga berish uchun qurbi kelmayotgan yolgʻiz onaning kam-koʻstlarini toʻldirish, otadan juda erta ayrilgan yoki kam taʼminlangan oilada oʻsayotgan bolajonlarning xatna toʻylarini oʻtkazish choralarini koʻrardilar. Shaxsan men opaning 5-6 nafar yoshning mushkulini oson qilib, oʻzi quda-andalik udumlarini joyiga qoʻyib, saxovatpesha insonlar homiyligida nikoh toʻylarini oʻtkazib berganlariga, 15-20 nafar bolajonlarning xatna toʻylariga bosh-qosh boʻlganlariga guvohman. Ijoddan esa aslo toʻxtamadilar.

Opa yangi toʻplamini “Umr karvoni” deb nomlabdilar. Toʻplamga kiritilgan sheʼr­lardan olgan taassurotlarim olamcha. Oʻtib borayotgan umr karvonining ortda qolgan manzillarini bir-bir xayoli koʻzgusidan oʻtkazgan opaning iqroridan soʻng sheʼrxonning koʻnglidan “bu qisqa umrda toʻgʻri, halol yashash kerak”, degan oʻy oʻtishi tabiiy.

... Soʻngra keksalik gashtin surasiz,
Derlar: “neni eksang, shuni oʻrasan”.
Baʼzida xatolar qilganing anglab,
Soʻnggi pushaymonlar ichra qolasan.

Bu halol, vijdonan yashamoqqa oshkora daʼvat.

“Umr” deb nomlangan sheʼrida esa shunday satrlar bor:

Umr deb atalmish bu sirli kitob,
Yashamoq ilmidan qilgaydir xitob.
Shunchalar shiddatli, toʻxtatib boʻlmas,
Yillarni qaritib, oʻtadi shitob.

Muhimi, insondek yashamoq kerak,
Yaxshi nom qoldirib yorugʻ hayotda.
Koʻkka boʻy choʻzgan bir azim terak,
Soya solgan kabi ahli odamga.

Nazarimda opaning har bir satri, sheʼrlari oʻzi haqida, bosib oʻtgan umr yoʻllari haqida soʻzlayotganday. Umrining har bir lahzasida el-u yurtiga, xalqiga kerak ekanini his qilib yashayotgan, aziz xalqi mehridan kuch olib, sabr-u irodasi charxlangan Xonimjon Rajabova oʻz soʻzi, oʻz jarangdor ovozi bilan sheʼriy satrlaridan chiqib kelayotganday, har bitta sat­rida uning oʻz qiyofasi, mehr-muhabbati aks etib turadi.

Sogʻinch hissi shoirani bir lahza ham tark etmaydi. Bu tuygʻu opaning tashrif qogʻozi kabi sheʼrdan-sheʼrga, sheʼrlar orqali muxlislariga, ona xalqiga oʻtaveradi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist,  shoir va pub­litsist Yangiboy Qoʻchqorov bekorga opani afsonaviy Toʻmaris momomizga oʻxshatmaganlar.

Razm solsangiz, opaning soxt-sumbatida, qatʼiyatida, hatti-harakatlari, shiddatida, qilgan, qilayotgan amallarida Toʻmaris kelbati-yu, siyrati va suvrati bor. Bu – haqiqat. Shuning uchun ham haqiqatki, ayni paytda 70 yoshning ostonasida turgan opa hamonki hayotiy faol, ishda ham, ijodda ham, xalqqa intilib turishlarida ham zabardast, yoshlardan afzalroq darajada fidoyi, mehnatkash.

Men opaning bu xislatlariga chin dildan havas qilishimni aslo yashirmayman. Hazrat Alisher Navoiyning “Hayrat-ul abror” dostonidan olgan bir ibratim —isrof xususidagi hikmatda shunday deyiladi:

Sochmoq ovuch birla guhar ot uchun,
Naqd etmak birla muboho uchun.
Aql hisobidan erur koʻp yiroq.
Buxl bu judingdan erur yaxshiroq.

Ulugʻ bobokalonimiz taʼlim berganlariday, opa elga yoqish uchun dur-u gavhar sochmadilar, balki mehr jomini tutdilar. Mansab-u martaba uchun yelib-yugurib vaqtini, ilmini, kuchini behuda isrof etmadilar, borki bilim-salohiyati-yu vaqtini kerakli paytda, kerakli joyda xalq manfaati yoʻlida safarbar etdilar. Shuning uchun ham uni Amu eli boshiga koʻtardi. Shuning uchun ham opa elining  oldida yorugʻ yuz bilan “qadamimga jonliq soʻygan” elim, deb kuylashdan, el-yurt eʼtirofini his etishdan mamnun. Bularning barchasi fidoyi qal­bning oʻzini ardoqlayotgan xalqiga minnatdorchiligi.

“Umr karvoni”  sheʼrlar toʻp­lami inson hayotining ana shu nozik qirralari – halollik, toʻgʻrisoʻzlik, fidoyilik, mardlik, xalqparvarlik haqidagi nazmiy bitiklar. Bu nazm, albatta, sizga ham manzur boʻlishiga ishonamiz. Boisi, kitobda jam boʻlgan har bir sheʼrda insonning shaxs sifatida shakllanish jarayonida duch kelishi mumkin boʻlgan sabab­lar, oqibatlar, mohiyatlar mujassamki, bularning hech biri hech bir insonga begona emas.
Aziz oʻquvchi, kitobni albatta oʻqing va bahra oling!

Robiya Yoʻldosheva.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026