Ğalladan böşagan dalalarga takroriy ekin ekiş böyiça seminar bölib ötdi
Amudaryo tumanidagi Qangli ovulida ğalladan böşagan ekin maydonlariga takroriy ekinlarni ekiş yuzasidan seminar bölib ötdi. Seminarda tuman hokimi Sobir Xöjametov, sektorlar rahbarlari, hokim örinbosarlari, qişloq xöjaligi bölimi masʼullari, fermerlar iştirok etdilar.
Seminarda tuman hokimi Sobir Xöjametov sözga çiqib, bu yilgi ğalla hosilining möl bölganini, ğalladan böşagan dalalarga takroriy ekinlarni öz vaqtida ekiş, agrotexnik tadbirlarni sifatli amalga oşiriş orqali ekin maydonlardan samarali foydalaniş hamda qişloq xöjaligi mahsulotlaridan yaxşi hosil oliş borasida olib borilişi lozim bölgan işlar xususida töxtaldi. Seminarda qişloq xöjaligi sohasi masʼullari tumanda joriy yilgi ertaki ekinlardan va ğalladan böşaydigan ekin maydonlarni işsiz fuqarolarga ajratib beriş borasida qilinayotgan işlar töğrisida maʼlumot berdi.
Maʼlumotlarda keltirilişiça, 4 ta sektor hududida jami 183ta fermer xöjaliklarining umumiy maydoni 632 gektar bölgan ekin maydonlari takroriy ekinlar uçun ajratilişi rejalaştirilgan. Uşbu ekin maydonlari tuman böyiça jami 1154 nafar işsiz fuqarolarga qişloq xöjaligi mahsulotlarini ekib foydalanişlari hamda daromad olişlari uçun ajratib berilmoqda.
Şundan, 1-sektor hududidan 62ta fermer xöjaligining ğalladan böşagan 195,4 ga ekin yer maydonlari 355 nafar işsiz fuqarolarga ajratilmoqda. 2-sektor hududidagi 29ta fermer xöjaliklarining 102,1 ga ekin yer maydonlari esa 427 nafar işsiz fuqarolarga bölib berilmoqda. Bundan taşqari, 3-sektor hududida 65ta fermer xöjaliklarining salkam 100 ga yer maydoni 245 nafar, 4-sektor hudududagi 27ta fermer xöjaliklarining 30,3 ga ekin yer maydonlari 127 nafar işsiz fuqarolarga takroriy ekinlar ekib, daromad olişlari uçun ajratilmoqda.
Taʼkidlaş kerakki, bugungi kunda respublika böyiça ertaki ekinlardan va ğalladan böşagan maydonlarga takroriy ekinlarni ekiş işlari jadal surʼatlarda olib borilmoqda. Mamlakatimizda uşbu-çora tadbirlar asosan iyun-iyul oylarida amalga oşiriladi. Takroriy ekinlarni ekişning afzalligi şundan iboratki, mavjud yer resurslaridan samarali foydalanib, yil davomida xalqimiz dasturxoniga qişloq xöjaligi mahsulotlarini uzluksiz yetkazib beriş imkoniyati yaratiladi.
Takroriy ekinlarni ekiş mavsumi yoz fasliga, respublikamizda havo haroratining maksimal darajada oşgan kezlariga töğri kelmoqda. Bu esa, uruğlarning unib çiqişi uçun tegişli namlik zahirasini töplaş zaruriyatini paydo qiladi. Şuning uçun takroriy ekin sifatida dukkakli don, moyli va yem-xaşak ekinlari uruğlarini ekişga eʼtibor qaratilmoqda.
Aytiş joizki, ğalladan böşagan yer maydonlariga takroriy ekin ekiş tuproqdagi ozuqa moddalar miqdorining ösimliklar tomonidan özlaştirilişiga va uning unumdorligi saqlanişiga, ekilayotgan va undan keyin ekiladigan ekinlarning hosildorligi oşişiga zamin yaratadi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶