Orzuning oydin yöllarida
Insonda iqtidor va qobiliyat tuğma böladi, omad va baxt esa intiliş, fidoyi mehnat, bilim va tajriba, taşabbuskorlik mahsulidir. Yuksak iqtidor va qobiliyat sohibi bölsang-u, ana şu Xudo bergan neʼmatni amalda namoyon etaolmasang, sen uçun omad va baxt quyoşi aslo nur soçmaydi. Alloh tomonidan ato etilgan noyob qobiliyat va iqtidor egalari ana şu quyoş nurlari tomon intilib yaşaşdan, bu yöl aro maşaqqatlar çekişdan heç qaçon çarçamaydilar. Pirovardida, öz saʼy-harakatlari bilan orzuning oydin yöllariga çiqib oladilar. Bu yölning manzillari obod va çaroğon, bunda keçadigan har bir lahza farahli.
Bosuv mahallasi hududida Uşoq ovul deb ataluvçi, odamlari mehnatkaş va fidoyi, mehnatsiz ötgan kunini umrin hisobiga qöşmaydigan, tabiati gözal ajib maskan bor. Özbek xalqining uluğ, otaşnafas şoiri Hamid Olimjon taʼrif berganlariday, ona Özbekistonning jimitdaygina bu göşasida ham “...qurtlar ipak töqiydi, quşlar kitob öqiydi, arilari asal yiğadi”. Uluğ şoirning Vatanga taʼrifiga biron söz qöşmoqqa ojizmiz. Lekin men bilgan Uşoq ovulda har kuni yana bir möʼjiza tuğiladi: şeʼr-u şuurga oşna şoirlari tilidan tökilgan latif satrlar ovul ahlining gap-gaştaklarida köngillarni tebratuvçi qöşiq bölib jaranglar soçadi. Bu diltortar qöşiqlarning ijroçilari ham, ularga musiqiy jarang berib, jöşqin, tildan tuşmas ohanglarga aylantirguvçilar ham uşoqovulliklarning iqtidorli, intiluvçan farzandlari. Agar taʼbir joiz bölsa, Muhabbatxon Ibragimova hamda Bahromjon Yöldoşevlarning sanʼatsevar farzandi Abbosbek noyob iqtidori, şirali ovozi, kitobsevarligi, hatto havaskor şoirligi bilan allaqaçon “tilga tuşib”, öz muxlislari auditoriyasiga ega bölğusi sozanda, kelajagi porloq yoşlardan.
Yaqinda, 30-iyun — Yoşlar kuni munosabati bilan Özbekiston Respublikasi Prezidentining Qaroriga köra, mamlakatimizdagi alohida qobiliyatli, intiluvçan, taşabbuskor yoşlardan bir guruhi “Mard öğlon” davlat mukofoti bilan taqdirlandilar. Taqdirlanganlar orasida uşoqovullik Abbosbek Yöldoşevning ham borligi har bir amudaryolik yoşning qalbida havas va iftixor tuyğularini uyğotgan bölsa ne ajab!
Farzandining musiqaga bölgan qiziqişlarini payqagan Bahromjon bilan Muhabbatxon uni Qipçoq şaharçasidagi 21-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabiga öqişga berişga qaror qilganlarida Abbosbek 4-sinf öquvçisi edi. 26-sonli maktabning aʼloçi öquvçilaridan biri bölgan Abbosbek Yöldoşevning öqişi pasayib ketişidan xavotirlangan 4-sinf rahbari Gulora Tilevboyeva:
– Qipçoq şaharçasi ovuldan ança olis, qiş-qirovli kunlarda bola qiynalib qolmasmikan, – dedi sevimli öquvçisining kelajagi haqida qayğurib.

Tabiatan tirişqoq, öz ustida işlaşdan aslo çarçamaydigan Abbosbek umumtaʼlim maktabi dasturi bilan musiqa va sanʼat maktabining rubob çolğusi yönalişi böyiça belgilangan öquv dasturidagi darslarni baravar ravişda, namunali tarzda özlaştiriş qobiliyatini namoyon etganida har ikkala öquv maskanidagi ustozlari çin dildan quvonişdi.
Ayniqsa, ilk marta qöliga rubob çolğu asbobini tutqazib, uni sanʼat olamiga olib kirgan, bu musiqa asbobining sir-sinoatlarini erinmay örgatgan 21-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabining rubob yönalişi böyiça mutaxassis öqituvçisi, sanʼatdagi birinçi ustozi Rajabboy Abdullayev Abbosbekni turli körik-tanlovlarga tayyorladi, intilişlarini qöllab-quvvatladi. Tinimsiz izlanişlar, uzviylik asosidagi musiqiy dars va maşğulotlar öz samarasini berib, bolalar musiqa va sanʼat maktablari öquvçilari örtasida ötkazilgan M.Aşrafiy, Muhiddin Qori Yoqubov nomidagi körik-tanlovlarda ustozi Rajabboy Abdullayev rahbarligida muvaffaqiyatli iştirok etib, bir neça marta sovrindor böldi. Erişgan yutuqlari Abbosbekning qalbidagi orzulariga qanot bağişlab, kelajagi sari oydin yöllar oçdi.

Umumtaʼlim maktabining 9-sinfini aʼlo baholarga tugatgan Abbosbek Yöldoşev Nukus ixtisoslaştirilgan sanʼat va madaniyat maktabiga imtiyozli ravişda qabul qilindi. Mazkur maktabda taniqli sozanda va pedagog Nesipbay Alekseyevdan musiqa sirlarini qunt bilan örganişga kirişgan bölğusi iqtidorli sozanda mazkur maktabning ilk tahsilini olişni boşlagan kezlaridanoq maktab pedagogika jamoasining nazariga tuşdi. U maktabning 1-bosqiçida öqib yurganidayoq “Yoş ijroçilar” Respublika körik-tanlovida iştirok etib, Qoraqalpoğiston miqyosida faxrli 1-örinni egalladi.
Muhtaram Prezidentimiz taşabbuslari, qolaversa, qoraqalpoğistonlik sanʼatsevar yoşlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qaroriga asosan 2021-yilning 5-aprel sanasida Özbekiston Davlat Konservatoriyasining Nukus filiali oçildi. Uşbu nufuzli taʼlim maskanining oçilişi Abbosbek Yöldoşev va unga öxşagan qoraqalpoğistonlik sanʼatsevar yoşlarning öz iqtidorlarini amalda namoyon etişlari, tanlagan yönalişlari böyiça çuqur bilim olişlari uçun katta imkoniyat yaratdi.
Abbosbek Yöldoşev 2021-2022 öquv yilida mazkur oliy sanʼat taʼlim dargohining ilk talabalari safidan joy oldi. U 1-2-bosqiçlarda öqib yurgan kezlaridanoq turli nufuzli festivallar, Qoraqalpoğiston va mamlakat miqyosidagi körik-tanlovlarda muvaffaqiyatli iştirok etib, har safar ğoliblar safidan munosib joy oldi. Xususan, 2021-yilda bölib ötgan “Xalq çolğulari” ansambllarining Respublika miqyosidagi festivalida Özbekiston Davlat Konservatoriyasi Nukus filialining “Xalq çolğulari” ansambli aʼzosi sifatida iştirok etib, ansamblning muvaffaqiyatiga munosib hissa qöşgani uçun filial maʼmuriyati tomonidan munosib rağbatlantirilib, unga minnatdorçilik xati taqdim etildi. 2022-yilda bölib ötgan “Poeziya gulşani” onlayn körik-tanlovida maxsus diplom bilan taqdirlandi. Bundan taşqari, 2022-yilda Germaniyada ötkazilgan xalqaro “GRAND PRIX” onlayn tanlovidagi faol iştiroki uçun u Özbekiston Davlat Konservatoriyasining organ zalida bir martalik bepul kontsert beriş imkoniyatini taqdim qiluvçi vauçer sohibi böldi va tengdoşlariga, konservatoriya professor-öqituvçilariga öz sanʼatini namoyiş etdi.
Abbosbekning yutuqlari 2022-2023 öquv yilida yanada samarali böldi. U 2022-yilda “Öz mutaxassisligi böyiça yilning eng bilimli talabasi”, 2023-yilda esa 15-aprel – Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni munosabati bilan Konservatoriya maʼmuriyatining Faxriy yorliği, talaba-yoşlar örtasida ötkazilgan “Kitobxon talaba” tanlovida 2-darajali Diplom, Tölepbergen Qaipbergenov nomidagi davlat stipendiyasi tanlovidagi faol iştiroki uçun sertifikat, şuningdek, “Madaniyat va sanʼat” ilmiy-amaliy jurnalida yoritilgan ilmiy maqolasi uçun maxsus sertifikat va 2024-yilda yoş ijroçilar örtasida bölib ötgan “Yangi yil yulduzlari” 2-Respublika körik-tanlovida 1-darajali Diplom bilan taqdirlandi.

Abbosbek Yöldoşev joriy öquv yilini ham muvaffaqiyatli yakunladi. Konsevatoriya filialining 3-bosqiçini faqat aʼlo baholarga yakunlab, 4-bosqiçga ötgan iqtidorli talaba uçun 30-iyun — Yoşlar kuni qöşa-qöşa quvonçlar ato etdi. Yoşlar kuni bayrami arafasida, alohida iqtidorli, taşabbuskor va bilimdon, vatanparvar yoşlardan bir guruhini davlat mukofotlari bilan taqdirlaş töğrisidagi Prezident Qaroriga muvofiq Abbosbek Yöldoşev “Mard öğlon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Yoşlar kuni munosabati bilan 2024-yil 28-iyun kuni bölib ötgan tantanali anjumanda uning kökragiga Prezidentning şaxsan özi mukofot nişonini taqib qöydi.
“... – Heç qaçon unutmang, sizlar yoşlikning har bir daqiqasini ğanimat bilib, doimo bunyodkorlik va ijodkorlik hissi bilan, Vatanga çeksiz sadoqat tuyğusi bilan yaşasangiz, albatta kam bölmaysiz”, – degan Prezidentimizning davʼatkor sözlari, ayniqsa, biz yoşlarni “... yigit-qizlar bizning bebaho boyligimiz, oltin fondimizdir”, – deya mamnuniyat bilan eʼtirof etganlari har birimizning zimmamizga yuksak masʼuliyat yuklaydi. Ayniqsa, men Yurtboşimizning bu eʼtirofidan nafaqat ruhlandim, juda katta maʼnaviy kuç oldim, – deydi Abbosbek quvonçlarini yaşirolmay.
Abbosbekning hayotida şu kuni yana bir quvonçli voqea yuz berdi. Uning öqişda, jamoat işlarida, ijodda erişayotgan muvaffaqiyatlari alohida eʼtirof etilib, ”Millat umidi” kökrak nişoni bilan ham taqdirlandi.
Köksida qöşa nişonlar bilan özi tuğilib-ösgan qadrdon qişloğiga yanada ezgu orzular oğuşida qaytgan “Mard öğlon”ini Uşoq ovulliklar, uning qöllariga ilk qalam tutqazgan, sanʼat olamiga qöygan birinçi qadamiga oq yöl tilab, orzuning oydin yöllariga olib çiqqan birinçi ustozlari quvonç va samimiyat bilan kutib oldilar.

Şogirdining kamolini körişdan ham uluğroq baxt bormi ustoz uçun! Şu kuni u özi tahsil olgan 26-sonli umumtaʼlim maktabiga borib, quvonçlarini aziz ustozlari bilan bölişdi, yanada yaxşi öqişga, kelajakda aziz xalqiga munosib xizmat qilişga, unga işongan ustozlarining işonçlarini oqlaşga söz berdi. Ustozlari Abbosbekning orzulariga yanada porloq va oydin yöllar tilaşdi. Zero, ezgu tilaklar har bir lahzada insonni qöllab, yangi marralar sari ruhlantirib turadi, kelajak sari dadil qadam taşlaşga undaydi. Özbekiston Davlat Konservatoriyasining Nukus filiali 4-bosqiç talabasi, Amu elining “Mard öğlon”i, ”Millat umidi” kökrak nişoni sohibi Abbosbek Yöldoşevga:
– Orzu yöllaring hamişa oydin, Qoraqalpoğiston va Özbekiston sanʼatini dunyoga tanitişdek ezgu niyatlaring doimiy yöldoşing bölsin, sanʼating hayotingga va jonajon Vataningga körk, ziynat bağişlasin, – deymiz.
Robiya Yöldoşeva

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶